2-Mavzu: Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja



Yüklə 20,78 Kb.
səhifə1/4
tarix27.05.2022
ölçüsü20,78 Kb.
#59760
  1   2   3   4
2-Ma'ruza


2-Mavzu: Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
Reja:
1. Marketing axborotlariing manbalari va oqimlari.
2. Korxonada marketing boshqaruvining axborot tizimlari.
3. Korxona marketing axborot tizimlarida kommunikatsion jarayonlar.
4. Marketing axborot ta’minoti.
5.Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash.
6. Axborotlarni tijoratli tarqatish sanoati va texnologiyalari.


Tayanch iboralar: Tashqi mikromuxitning jmillari. Marketing boshqarish tizimi. Kommunikatsion jarayon. Marketingning axborot ta’minoti.

Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish tamoyili sifatida tashkil qilinadi. Shuning uchun ham iste’molchilarning talablarini qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har taraflama o‘rganish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi:


• tovarlar va xizmatlar bozori;
• tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
• I shlab chiqarish va sotish bozori bilan bog‘liq tashqi makromuhit.
Tashqi mikromuhitning omillariga quyidagilar kiradi:
• demografik — aholining tarkibi bo‘yicha, shahar va qishloq aholisining nisbati, migratsiya, ma’lumot darajasi va h. k.;,
• iqtisodiy — xo‘jalikning tarkibiy tuzilishi, moliyaviy tizimning holati, infilyatsiya darajasi, pul birligini konvertatsiyalash, aholining harid qilish qobiliyati;
• tabiiy — iqlim, xom-ashyo resurslarining mavjudligi, energiya manbalari, atrof-muhitning ifloslanishi;
• ilmiy-texnik — yangi texnologiyalarni tadbiq etishga va uning zaminida mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga imkon beruvchi ilmiy-texnik taraqqiyotning darajasi, ishlab chiqarish va iste’mol sohasidagi andozalar, samarali marketing faoliyatining o‘tkazilishi;
• siyosiy — ijtimoiy-siyosiy tizim, siyosiy kuchlar va ijtimoiy harakatlarning joylashtirilishi, qonunchilik tizimining xususiyatlari va uning bajarilishi;
• madaniy — madaniy boyliklar, an’analar, odatlar, diniy qarashlar.
Korxonada marketing boshqaruvining axborot tizimlari
Marketingni boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillarini keltiramiz:
1.Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir lahzasida haqiqiy aks ettirilishini bildiradi.
2. Ma’lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi makro-muhitni ob’ektiv holati va rivojlanishini aniq qayta tiklanishiga asos-langan. Ko‘pgina aniq haqiqat ongli ravishda buzib ko‘rsatiladigan raqobat kurashi sharoitlarini hisobga olgan holda, bu tamoyil ma’lumotlar manba-larining oshirilgan ishonchliligini va soxtalashtirishlar bo‘lmasligini talab qiladi. Manbalarning ko‘pligi va olingan ma’lumotlarni ziddiyatlarga qarshi tahlil qilish soxta axborotlarga qarshi kurashning muhim vositasi bo‘ladi.
3. Ma’lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirilgan talab-larga to‘liq mosligini va keraksiz ma’lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi.
4. Tavsiflarning to‘liqliligi marketing muhitining holati va rivojla-nishiga ta’sirini shakllantiruvchi va ko‘rsatuvchi barcha omillarning ob’ektiv hisobi uchun muhimdir.
5. Ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifa-larga qaratadi.
6. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, bir-lamchi va ishlab chiqilgan ma’lumotlarda moslashtirilmaganlik imkoniyatini yo‘qotuvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.
MATning muammo sohasi o‘z ichiga ichki va tashqi axborotlar, marketing tadqiqotlari va axborotlar tahlilining natijalari tizimini oladi.
Ichki axborotlar tizimi korxona faoliyati va holatining har xil tomon-larini aks ettiruvchi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Buyurtmanomalar, buyurtma-lar, shartnomalar va hisobotlarning ma’lumotlarini shunday ma’lumotlarga kiritish mumkin.
Tashqi axborotlar tizimi yordamida tashqi muhitda vujudga keladigan hodisa va vaziyatlar haqida ma’lumotlar olinadigan manbalar va uslubiy yo‘llarga mo‘ljallangan. Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining har xil jihatlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun MATga kerakli ma’lumot-larni shakllantiradi.

Yüklə 20,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin