2-mavzu: Meva va rezavor meva o’simliklarining kelib chiqishi, botanik tarkibi va biologik xususiyatlari Reja: 1. Meva va rezavor meva o’simliklarining jinsiy (urug’dan) va jinssiz (vegetativ) yo’l bilan ko’paytirish.
2. Ko’chatzorning ahamiyati va vazifalari.
3. Ko’chatzorning tiplari va asosiy qismlari.
Таянч иборалар:мева, резавор-мева, кўпйтириш, уруғ, вегетатив, кўчат, илдиз, новда, барг,илдиз бачки, пархиш, вертикал, горизантал, она ўсимлик. 4. Meva daraxtlari uchun asosiy payvandtaglar.
1. Meva va rezavor-meva o’simliklarini jinsiy (urug’dan) va jinssiz (vegetativ) yo’l bilan ko’paytirish Yangi navlar chiqarish va payvandtaglar yetishtirish uchun jinsiy ko’paytirish, yangi bog’lar barpo qilishda esa jinssiz ko’paytirish usulidan foydalaniladi. Ko’pgina meva va rezavor- meva o’simliklari chetdan changlanib, urug’ beradi, bu urug’lar ikki individ belgilarni o’zida saqlaydi, bunday o’simliklardan o’stirilgan o’simliklar duragay bo’ladi. Amalda meva va rezavor-meva o’simliklarini vegetativ usulda ko’paytrish keng qo’llaniladi. Uning asosida o’simlikning yashash qobiliyatiga ega bo’lgan ma’lum qismi - novdasi, ildizi, bargi va hatto to’qima bo’lakchasidan butun organizmni tiklash (regeneratsiya) qobiliyati yotadi. Organlarning bu qismlari ona o’simlikda ildiz chiqaradigan ildiz boshlang’ichini tiklaydi, kurtagidan esa barg chiqaradigan novda beradi. Vegetativ usulda ko’paytirishda o’simlik nisbatan sof holda saqlanadi, unga ona o’simlikning belgilari va xususiyatlari o’tadi. Jinsiy yo’l bilan ko’paytirilganda esa ham onalik, ham otalik, ba’zan esa eng qadimgi ajdodlarining belgilariga ega bo’lgan duragay olinadi.
Vegetativ yo’l bilan ko’paytirishning juda ko’p usullari bo’lib, bulardan quyidagi gruppasini ajratish mumkin :
a) novda va ildizlarni qismlarga bo’lib(gajak) larini ildiz bachkisi, tuplarni bo’lish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parxish qilish va boshqalardan ko’paytirish ; b) payvand qilib ko’paytirish (transplantatsiya). Madaniy o’simliklarning ko’pi payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Bunda qalamcha yoki kurtak holida (payvando’st) bir o’simlikni (madaniy nav) tuproqda urug’idan chikib o’sayotgan boshqa o’simlikka (payvandtagga) payvand qilinadi. Bunday holda madaniy o’simlik boshqa o’simlik ildizi (payvandtag) da o’sadi. Novda yoki ildiz bo’lakchasidan ildiz otgan o’simliklar o’z ildiziga ega bo’ladi.
Payvand qilishning bir necha usuli bor: kurtak yoki ko’zchadan payvand qilish (meva o’simliklarini ko’paytirishning asosiy usuli hisoblanadi); qo’ndirma payvand, po’stloq ichiga egarcha shaklida o’rnatish, qalamcha payvand, yorma payvand, yarim yorma payvand, yon tomoni kesikli payvand, qo’sh payvand (ablaktirovka) va hokazo, jami 150 dan ortiq usuli bor.