2-3. Mavzu: Organizmning vitaminlar bilan ta`minlanganligini baholash.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: Tilmans reaktivi, reaktivlar , kolbalar, xovoncha, paxta
Mavzuni asoslash 1. Yakka tartibda ovqatlanishni baholash usullari.
Oqilona ovqatlanishga bo‘lgan asosiy talablardan biri bu ovqatlanishning kundalik energiya sarfiga mos kelishidir. Bir kunlik energiya sarfini aniqlash uchun asosan quyidagi 2-ta usul qo‘llaniladi;
1. Bevosita va bevosita bo‘lmagan kalorimetriyali usul.
2. Hisoblash usuli (jadvallar va nomogrammalar)
Birinchi usul asosan ilmiy tekshirish ishlarida, ikkinchisi amaliy ishda keng qo‘llaniladi.
Hisoblash usuli: Bir kunlik energiya sarfini hisoblash uchun shu sarflanayotgan energiyaning nimalarga sarflanayotganini bilish zarur va ular quyidagilardan iborat:
A) asosiy almashinuviga sarflanadigan energiya (E asosiy)
B) ovqatni xazm qilish uchun sarflanadigan energiya bu asosiy almashinuvidan 10-15% (E ovq)
V) turli faoliyatlar uchun sarflanadigan energiya (E ish faoliyati) E+kunlik E asosiy+E ovq_E faoliyati.
Asosiy almashinishni bilish uchun organizmning yoshi va jinsiga antropometrik ma’lumotlar (bo‘yi og‘rligi) ning bo‘lishi lozim.
Asosiy almashinish miqdorini Garris (jinsi va tana og‘irligi va Benedikt (jinsi va bo‘yi) jadvallari asosida topilgan ma’lumotlarni birgalikda qo‘shib topiladi.
Ovqatni xazm qilish uchun sarflanadigan energiyani formula yordamida topiladi:
E ovq= E asosiy + 15 100
Ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan almashinuvni aniqlash uchun bir kunlik bajariladigan ishlar xronologiyasini tuzish lozim. Har bir ishni bajarish uchun lozim bo‘lgan vaqtni shu ish bilan sarflanadigan o‘rtacha energiya miqdoriga (jadvaldan topiladi) ko‘paytiriladi, olingan energiya sarflarini yig‘indisi ish faoliyati uchun sarflangan energiyani beradi.
Odamlarning yoshiga jinsiga va bajaradigan ish xarakteriga binoan sarflanadigan energiyaning o‘rtacha miqdori 1982 yilda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Ovqatlanishning fiziologik normalari» da o‘zining aksini topdi.
Oqilona ovqatlanishga bo‘lgan talablarning ikkinchi muhim talablari organizmga tushadigan asosiy ovqatli moddalarning etarli miqdorda bo‘lishidir (oqsillar yog‘lar karbonsuvlar vitaminlar mineral tuzlar).
Har bir organizmning ovqatli moddalarga bo‘lgan fiziologik muhtojligini aniqlash uchun yana hisoblash usuli ham qo‘llaniladi.
Bir kunlik energiya miqdorini (E kunlik) 3 qismga bo‘linadi, oqsillar orqali qoplanadigan energiya (E kunlikning 11-13%) yog‘lar orqali qoplanadigan energiya (E K ning 33%) karbonsuvlar orqali qoplanadigan energiya (E kunlikning qolgan qismi). So‘ngra har bir moddaning 1 gr mi yog‘dan hosil bo‘ladigan shu moddalarga bo‘lgan fiziologik miqdorini topamiz:
Masalan:
1. E oqsil = 13 x 3000 =390 kkal
100
E yog‘lar = 33 x 300 = 990 kkal
100
E karbonsuvlar = 300 – (390 + 990) = 1620 kkal
2. Talab qilinadigan oqsil yog‘ karbonsuvlar miqdori:
Oqsil = 390 = 97 g
4
YOg‘lar = 990 = 110 g
9
Karbonsuvlar = 1620 =405
4
Taomnoma-taqsimnoma bu bitta iste’mol qilishga mo‘ljallangan ovqatning turi va uning tarkibiga kirgan ovqat mahsulotlari.
To‘g‘ri ovqatlanish asosiy ovqat mahsulotlarining gigiyenik jihatdan sifatli bo‘lishi, ularning organizmga singishi, sarflanishi hamda o‘sish davrida fiziologik talablarga to‘la javob berishidir.
Taomnomani tuzishda O‘zbekiston sharoitida ko‘p etishtiriladigan hamda milliy taomlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan oziq mahsulotlari kiritilgan.