2. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi Maydalash qonunlari



Yüklə 2,6 Mb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#193372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOYITISH FABRIKALARIDA AVTOMATLASHTIRISH

BOYITISH FABRIKALARIDA AVTOMATLASHTIRISH

Reja:


1.Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar

2.Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi

3.Maydalash qonunlari

Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar

Boyitish fabrikasiga ruda har xil o‘lchamdagi bo‘laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat quvvatiga va h.k. larga bog‘liq.


Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog‘ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko‘rsatila olishi mumkin bo‘lgan yiriklikka (o‘lchamga) keltirilishi kerak. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo‘llaniladi.
Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o‘lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi.
Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o‘lchamda tushib, maydalangan mahsulot 10-15 mm o‘lchamda bo‘ladi. Ruda o‘lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi.
Rudani boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami qo‘llaniladigan boyitish usuliga bog‘liq.
Bu ulcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Foydali mineral zarracha yuzasi qancha to‘liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o‘tib, boyitish jarayonida boyitmaga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi.
Undan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga va boyitish ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi. Ularga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig‘i sarflanadi. Shuning uchun maydalashda “hech narsa ortiqcha maydalanmasin" degan prinsipga amal qilinadi. SHu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mirni chang holida yoquvchi stansiyalarda, sement zavodlarida, qumini kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarda, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metallurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag‘al tayyorlashda va x.k. larda ham ishlatiladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi texnologiyaning talablari asosida o‘rnatiladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin