2 soat Kerakli materiallar



Yüklə 1,93 Mb.
tarix11.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#111359
6-sistematika


6-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Magnoliyatoifa (Magnoliophyta, Angiospermae) - gulli yoki yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi. Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi. Magnoliyaning tuzilishi
(2 soat)
Kerakli materiallar: Turli doimiy mikropreparatlar. Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi,
rasmlar, jadvallar, fikatsiya qilingan gullar, mevalar,lupa, pintset, preporoval nina va boshqalar.


UMUMIY TUSHUNCHA:
Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi 8 ta sinf (ajdod) cha, 128 ta qabila, 429 oila, 10 000 turkum va taxminan 190 000 turni o‘z ichiga oladi.
1. Magnoliyadoshlar oilasi. Bu oila 12 turkumga mansub 240 ga yaqin turga ega bo‘lib, daraxt yoki buta barglari doimo yashil (AQSH) yoki to‘kiladi (Osiyoda o‘sadigan vakllarida). O‘zbekistonda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Gullari yirik va xushbo‘y. Magnoliyaning gul, meva va vegetativ organlarining tuzilishi o‘ziga xos.
Bu oilaning asosiy vakili sifatida yirik gulli Magnoliya (Magnolia grandiflora) bilan tanishamiz.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning o‘ziga xos belgilari urug‘chi va mevaga ega bo‘lishidir. Sporofitda sporaning hosil bo‘lishi, shakli o‘zgargan novda gulda boradi. Mikrosporalar - changchi changdonlarida shakllanadi, megasporalar esa urug‘chi tugunchasi ichidagi urug‘murtakdan hosil bo‘ladi. Erkak gametofit - chang ikki hujayradan iborat bo‘ladi. Urg‘ochi gametofit murtak xaltachasi sakkizta (8) xujayraga ega. Jinsiy jarayon natijasida urug‘murtakdan endospermli urug‘ vujudga keladi. Urug‘chi tugunchasidan va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.
Yopiq urug‘li o‘simliklar daraxt, buta, chalabuta va o‘t o‘simliklari bo‘lib, xilma-xil ekologik muhitda keng tarqalgan. Ular tabiatda va inson hayotida muxim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligidagi o‘simliklarning deyarli hammasi shu bo‘limga mansub. Bo‘lim 250.000 dan 300.000 gacha turga ega bo‘lib ikkita sinfga bo‘linadi (ikki urug‘pallalillar va bir urug‘pallalilar).
Ikki urug‘pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfi. (Dicotyledones yoki Magnoliopsida). Bu sinfning o‘ziga xos belgilari - ularning murtagi ikki urug‘pallali bo‘lishi; asosiy ildizning yaxshi rivojlanganligi; po‘stloqda kambiy qatlamini bo‘lishi; nay bog‘lamlarining ochiqligi; gullari 5-doirali tipda bo‘lishi va gulqo‘rg‘onlarining ko‘pincha qo‘sh qo‘rg‘onli bo‘lishidir. Sinf 8 ta sinfchaga bo‘linadi.
Kerakli materiallar: Magnoliyaning gerbariy namunalari. Spirtda fiksirlangan gullari, mevalar.
TOPSHIRIQLAR:
1. Yirik gulli magnoliya gerbariysidan foydalanib vegetativ va generativ organlar o‘rganiladi.
2. Barg, gul va uning qismlari, meva, urug‘lar rasmi chizib olinadi.
3. Tekshirilgan turlar aniqlaniladi.
ISH TARTIBI:
Tirik materiallar etarli bo‘lmasa gerbariy materiallaridan foydalanib, so‘ngida jadval va rasmlardan ko‘rib magnoliya haqida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘lamiz. Magnoliya o‘simligiga to‘liq tavsif beramiz.
Yirik gulli magnoliya balandligi 30 metrgacha bo‘ladigan daraxt. Barglari yirik, ustki tomoni och yashil, ostki tomoni qo‘ng‘ir tukli. Barg va po‘stloqlarida efir moyli ichki bezlar bor. Gullari ikki jinsli, 10-25 sm keladi, gulqo‘rg‘oni yirik, 3 qator bo‘lib joylashgan, gultoji 6-12 ta. Ular odatda oq yoki pushti rangli. CHangchi va urug‘chilari ko‘p sonda. Maxsus qo‘ng‘izlar yordamida changlanadi. Mevasi-quruq, 5-7 sm. Barg va yosh novdalaridan, gullaridan efir moyi olinadi. Hushbuy hidli.
Bu oilaga Lola daraxti (Liliodendron tulipifera) ham kiradi. Uning bo‘yi 30-40 m keladi. Guli lolaning guliga o‘xshaydi, shuning uchun lola daraxti deb nom berilgan. O‘zbekistonda har ikkala tur manzarali daraxtlar sifatida ekib o‘stiriladi.
Yirik gulli magnoliya bilan lola daraxti o‘simliklarini qiyosiy solishtiring.


MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Magnoliyadoshlar oilasiga kiruvchi qaysi o‘simliklarni bilasiz?
2. Magnoliyaning gul tuzilishi qanday?
3. O‘zbekistonda magnoliyadoshlar oilasi vakillaridan qaysilari manzarali daraxtlar sifatida ekib o‘stiriladi?
Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin