6-sinf. Botanika 7-dars: gul



Yüklə 179,84 Kb.
səhifə1/53
tarix03.12.2023
ölçüsü179,84 Kb.
#172311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul


6-sinf. Botanika 7-dars: gul

6-SINF. BOTANIKA

7-DARS: GUL
Gul yopiq urug‘li o‘simliklarning jinsiy ko‘payish organi bo‘lib, shakli o‘zgargan novdadir. U gul o‘rni, gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan. O‘simliklar qaysi sitematik birlikka mansubligiga qarab gullari xilma-xil bo‘ladi.


7.1. Gul – o‘simliklarning generativ ko‘payish organi
O‘simliklarning guli novdasiga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy – gulo‘rni bor, unda gulning hamma qismlari joylashadi. Gulbandi shakli va o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladi.


Gul – quyidagi qismlardan tashkil topgan.

Gulqo‘rgon – gulkosacha va gultojdan tashkil topgan.

Gulo‘rni – gulning barcha a’zolari joylashgan qismi.

Gulkosacha – gulni tashqi tomondan o‘rab turadigan qavat.
U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo‘ladi.


Gultoj – guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo‘rg‘on qavati. U gultojbarglar yig‘indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo‘ladi.

Changchi – gulqo‘rg‘on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo‘rni bilan bog‘laydi. O‘simlikning turiga qarab changchilar bittadan bir nechtagacha bo‘lishi mumkin. Changchi iplarining soni va shakli gulga bog‘liq. Shunga ko‘ra, changchi iplari alohida-alohida, qo‘shilib yoki tutam hosil qilib gulo‘rniga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo‘lmaydi.

Urug‘chi – gulning o‘rtasida (markazida) joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat.

Tuguncha – urug‘chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug‘kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo‘ladi. Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra, tuguncha bir va ko‘p uyali bo‘ladi.


Yüklə 179,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin