Jins bilan birikib irsiylanish



Yüklə 169,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.12.2022
ölçüsü169,85 Kb.
#77381
  1   2   3   4   5   6   7   8
Genetikadan mustaqil ta\'lim 8-semestr



Jins bilan birikib irsiylanish — genlari jinsiy xromosomalari joylashgan 
belgilarning irsiylanish hodisasi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning 
shogirdlari tomonidan dastlab kapalaklarda kuzatilgan, keyinchalik drozofilada 
batafsil oʻrganilgan. Drozofilada geterogametali jinsning Uxromosomasi oʻzida 
boshqa belgilarning genlarini deyarli saqlamaydi, yaʼni irsiy jihatdan inert boʻladi. 
Shu sababdan X-xromosomada oʻz allel juftiga ega boʻlmaydi. Drozofilada 
koʻzning qizil rangi dominant A geni, oq rangi esa uning retsessiv alleli orqali 
boshqarilishi hamda ularning X-xromosomada joylashganligi aniqlangan. Qizil 
koʻzli erkak drozofila pashshasi oq koʻzli urgʻochi pashsha bilan chatishtirilganida 
ularning avlodi (Gʻ,)da faqat oq koʻzli erkak pashshalar va faqat qizil koʻzli 
urgʻochi pashshalar paydo boʻlgan. Bunda gomogametali ona organizmning XA-
xromosomasi ham erkak, ham urgʻochi pashshalarga, geterogametali ota 
organizmning yagona XAxromosomasi esa urgʻochi pashshalarga oʻtganligini 
koʻramiz. 
Odamda daltonizm, gemofiliya kasalliklarining belgilari jins bilan birikib 
irsiylanadi. Ikkala kasallik ham retsessiv genlar tomonidan boshqariladi, bu genlar 
X — xromosomada joylashgan.
[1]
 
Morgan va uning shogirdlari jinsga birikkan holda nasldan naslga o'tishni 
kiritdilar.Ularning qayd etishicha gen faqat autosomada emas,balki jinsiy 
xromosomalarda ham joylashgan.Shunday genlar ishtirokida rivojlangan belgilar 
jinsga bog'liq holda irsiylanadi.y-xromosomaga joylashgan genlar faqat otadan 
o'g'il bolalarga o'tadi. 
Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishiga doir masalalar. 
163-masala*. Drozofila pashshasida urg‘ochi jins gomogametali va erkak jins 
geterogametali hisoblanadi. Drozofila pashshasida ko‘zning qizil bo‘lishini 
ta’minlovchi gen (A) dominant bo‘lib, u X xromosomada joylashgan (X
A
). SHu 
genning retsessiv alleli – a geni ko‘zning oq bo‘lishini ta’minlab, u ham X 
xromosomada joylashgan (X
a
). Qizil ko‘zli urg‘ochi pashshalar qizil ko‘zli erkak 
pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 
hammasi qizil ko‘zli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning 
genotipini aniq aniqlash mumkinmi? 
Masalaning echilishi: 
Qizil ko‘zli pashshalar X
A
X
A
yoki X
A
X
a
genotipga ega bo‘lishi mumkin. 
Masalaning shartiga ko‘ra qizil ko‘zli pashshalar xuddi shunday pashshalar bilan 
chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko‘zli 
bo‘lgan. Bunday natijani faqat chatishtirish uchun olingan urg‘ochi pashshalarning 
genotipi X
A
X
A
bo‘lgan taqdirdagina olish mumkin. Agar ularning genotipi X
A
X
a
bo‘lganda, keyingi avlodda qizil ko‘zli pashshalar bilan birga oq ko‘zli pashshalar 
ham ajralib chiqishi kerak edi:
1) P ♀ qizil X
Yüklə 169,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin