6-sinf. Botanika 7-dars: gul



Yüklə 179,84 Kb.
səhifə6/53
tarix03.12.2023
ölçüsü179,84 Kb.
#172311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul

7.5. Urug‘lanish
Changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralarning qo‘shilish jarayoni urug‘lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir.
Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalari yetiladi. Chang o‘simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo‘ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko‘rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy (generativ) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va mag‘iz bo‘ladi. Urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang turli o‘simliklar, tumshuqcha yuzasining notekisligi va undan ajralib chiqib turadigan yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi. Ushlanib qolgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Ikkinchisi bo‘linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon o‘sadi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat bittasi qolganlaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakkacha borib yetadi. Hosil bo‘lgan ikkita sperma chang naychasi orqali urug‘kurtakka borib, ichiga kiradi. Shu vaqtning o‘zida urug‘kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilgan bo‘ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda urug‘lanish (qo‘sh urug‘lanish) deb ataladi.
Urug‘kurtakning urug‘langan hujayralari ko‘p marta bo‘lina boshlaydi. Urug‘langan tuxum hujayradan murtak, urug‘langan markaziy hujayradan esa endosperma rivojlanadi. Murtak bilan endosperma birgalikda urug‘ hosil qiladi. Shunday qilib, qo‘sh urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Uning po‘stidan shu urug‘ni o‘rab turadigan po‘st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.
Agar tugunchada faqat bitta urug‘kurtak bo‘lsa, u urug‘langandan keyin bir urug‘li meva rivojlanadi (masalan, o‘rik, olcha, gilos, shaftoli). Bordi-yu, tugunchada ko‘p urug‘kurtak bo‘lsa, u holda chang naychalari ularga ko‘plab o‘sib kiradi. Buning natijasida bir nechta urug‘li meva hosil bo‘ladi (masalan, lola va g‘o‘za).


Yüklə 179,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin