22-Amaliy mashg’ulot. G’o’zaning asosiy rivojlanish fazalari.
1. Ishning maqsadi. Rivojlanish fazalari, ularning ketma-ketligini aniqlash, fazalarni morfologik belgilari bo'yicha o'rganish va fazalararo davrlar davomiyligini hisoblash.
2. Ishning mazmuni. G'o'za individual rivojlanish jarayonida chigitni ekishdan tortib to vegetatsiya davri oxirigacha beshta asosiy fazani o'taydi: 1. unib chiqish, ya'ni urug'pallalik; 2. chinbarg chiqarish; 3. shonalash; 4. gullash va meva tugish; 5. pishish.
Qulay sharoitda fazalarning davomiyligi ekishdan nihollarning unib chiq-qishigacha o'rta hisobda 5-7 kun, noqulay sharoitda esa 10-15 kun va undan ham ko'proq, nihollarning unib chiqishidan dastlabki chinbarg chiqarishgacha 8-12 kun, birinchi chinbarg chiqargandan shonalay boshlaguncha 25-30 kun, shonalashdan gullashgacha 25-30 kun va nihoyat gullashdan pishishgacha 50- 60 kunni tashkil etadi.
Mamlakatimizda ekiladigan o'rta tolali g'o'za navlarida nihol unib chiqishidan to hosili pisha boshlagunga qadar o'rta hisobda 110-130 kun (10.1-jadval), ingichka tolali g'o'za navlarida esa 130-145 kun o'tadi, lekin bu ko'rsatkich nav xususiyati hamda o'stirish sharoitiga qarab 5-10 kun atrofida o'zgarishi mumkin. O'simlikda har bir rivojlanish fazasini boshlanish oralig'ida chinbarg chiqarish fazasidan boshlab kichik fazalar kechadi, bunda o'simlik bir fazadan ikkinchisiga o'tish uchun tayyorgarlik ko'radi. Ma salan, asosiy poyada birinchi chinbarg chiqarish fazasidan boshlab, keyingi asosiy faza boshlangunga qadar, ya'ni shonalashgacha navbatdagi chinbarglarni chiqaradi. Asosiy poyada to'rtinchi-yettinchi barg qo'ltig'ida uchida shonasi bo'lgan birinchi hosil shoxining shakllanishi bilan shonalash fazasi bosh-lanadi.
Shonalash fazasi boshlangandan to navbatdagi asosiy faza – gullash bosh-lagungacha g'o'zada yana kichik faza davom etadi, ya'ni bunda asosiy poyada navbatdagi shonalar paydo bo'laveradi. u o'simlikni navbatdagi asosiy fazaga o'tish imkoniyatini yaratadi. Qulay o'sish va rivojlanish sharoitida, g'o'zada taxminan 9-11 ta hosil shoxi chiqargan vaqtda birinchi hosil shoxining birinchi bo'g'inida dastlabki gul ochiladi, bu gullash fazasi boshlanishidan nishonadir. Gullash fazasidan keyin keladigan pishish fazasi boshlangunga qadar g'o'zada gullash ketma ketligidan iborat kichik fazalar o'tadi. Bunda gullash o'simlik tupi bo'ylab yuqoriga ko'tarilib, taxminan 16-18 hosil shoxiga yetganda, birinchi hosil shoxining birinchi bo'g'imida dastlabki ko'sak ochiladi, bu o'simlikda pishish fazasi boshlanganligining belgisidir.
Pishish fazasi boshlagandan to vegetatsiya davri oxirigacha o'tadigan kichik fazalar ko'saklarning oldinma keyin ochilishidan iboratdir. Bu xildagi kichik fazalarning soni pishish fazasining boshlanish muddati, g'o'za navi, ob-havo va qo'llanilgan agrotexnologik tadbirlariga bog'liq bo'ladi.
10.1-jadval
G'o'za navlarida asosiy rivojlanish fazalarining taxminiy davomiyligi
т/р
|
Ғўзанинг Реестрга киритилган навлари
|
Экиш- униб чиқиш
|
Униб чиқиш-чинбарг чиқариш
|
Чинбарг чиқариш-шоналаш
|
Шоналаш-гуллаш
|
Гуллаш-пишиш
|
Униб чиқиш-пишиш
|
1
|
Оқдарё-6
|
10
|
10
|
28
|
27
|
60
|
125
|
2
|
Омад
|
10
|
10
|
28
|
27
|
53
|
118
|
3
|
Наманган-77
|
10
|
10
|
27
|
27
|
56
|
120
|
4
|
Гулбаҳор
|
10
|
10
|
30
|
30
|
63
|
133
|
5
|
Меҳр
|
10
|
10
|
28
|
28
|
59
|
123
|
6
|
Ан-чиллаки-1
|
10
|
9
|
26
|
27
|
48
|
110
|
7
|
Армуғон
|
10
|
10
|
27
|
28
|
60
|
125
|
8
|
С-6524
|
10
|
10
|
27
|
27
|
56
|
120
|
9
|
Юлдуз
|
10
|
10
|
26
|
26
|
48
|
110
|
Kichik va asosiy fazalar oralig'idagi davrlar ma'lum darajada uzun yoki qisqa bo'lishi mumkin. Masalan, g'o'zada dastlabki chinbarg chiqqandan keyin paydo bo'ladigan 2-3 ta bargning har biri o'rtacha 4-5 kun oralatib, bundan keyin paydo bo'ladigan bir necha barglarning har biri 3-4 kun oralatib chiqadi, g'o'zaning o'suv davomida birmuncha issiq kunlar boshlangach, unda har 2-3 kunda yangi barg paydo bo'ladi.
Yoz oxiridan boshlab to o'simlikda o'sish jarayoni to'xtagunga qadar bir barg bilan ikkinchi barg paydo bo'lishi o'rtasida o'tadigan vaqt asta- sekin cho'zila boshlaydi.
Shonalash davrida (shonalash fazasi boshlanishidan o'simlikda gul ochila boshlaguncha) kichik fazalar navbatdagi hosil shoxlarining paydo bo'lishidan iborat bo'lib, u o'rtacha har 2-3 kun oraliq bilan davom etadi. Gullash davridagi (o'simlikda gullash fazasi boshlanishidan to hosil yetila boshlagunga qadar) kichik fazalar qisqa navbatli gullashdan iborat bo'lib, bu o'rta hisobda har 2-3 kun oraliq bilan davom etadi. Bir hosil shox bilan ikkinchi hosil shox paydo bo'lishi o'rtasidagi vaqt hamda qisqa navbatli gullashning davomiyligi navbatdagi ketma-ket barg chiqarish o'rtasida o'tadigan vaqt kabi o'suv davri oxirida asta-sekin ko'payadi. Pishish davrida ko'saklar taxminan 3-5 kun oralatib ochilsa, o'suv davri oxirlariga borganda, ya'ni harorat pasayib, havoning namligi oshganligi tufayli ko'saklarning ochilishi 7-8 va undan ham ko'proq kunga cho'zilishi mumkin. Shuning uchun rivojlanish fazalarini va ularning bir maromda o'tishini, shuningdek, rivojlanishning normal borishini o'zgar-tiradigan sharoitlarni bilib olish, g'o'zaning holatini to'g'ri aniqlash va muayyan sha-roitlarni hisobga olgan holda agrotexnologik tadbirlarini to'g'ri qo'llash uchun juda muhimdir. 10.2- jadval
G'o'za navlarida asosiy rivojlanish fazalari boshlanishining taxminiy muddatlari
т/р
|
Ғўзанинг Реестрга киритилган навлари
|
Экиш муддати
|
Ривожланиш фазаларининг бошланиш муддатлари
|
Униб чиқиш
|
Биринчи чинбарг чиқариш
|
Шоналаш
|
Гуллаш
|
Пишиш (очилиш)
|
1
|
Оқдарё-6
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Омад
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Наманган-77
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Гулбаҳор
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Меҳр
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Ан-чиллаки-1
|
|
|
|
|
|
|
7
|
Армуғон
|
|
|
|
|
|
|
8
|
С-6524
|
|
|
|
|
|
|
9
|
Юлдуз
|
|
|
|
|
|
|
Eslatma: Ekish muddati navlar bo'yicha 5-15 aprellarda har xil qilib belgilansin.
3. Amaliy topshiriqlar:
• talaba mashg'ulot matnini o'qib, uning mazmunini o'rganishi va jadvallarni ko'zdan kechirishi, o'simlikning asosiy va kichik
rivojlanish fazalari to'g'risidagi ma'lumotlarni qisqa qilib yozib olishi;
• ekiladigan g'o'za navlarida asosiy rivojlanish fazalarning boshlanish muddat-larini quyidagi 10.2-jadvalga qayd qilishi kerak.
4. Bajarish uslubi. Adabiyotlar yordamida ekiladigan g'o'za navlarining biologik farqli jihatlari o'rganilib, ularning asosiy rivojlanish fazalari tahlil qilinadi.
Olingan ma'lumotlar asosida fazalararo davr davomiyligi 10.2- jadvalga to'ldiriladi.
5. Kerakli jihoz va qurollar.
1. G'o'zaning asosiy fazalarga o'tish davrini aks ettirgan osma jadval.
2. Dala jurnali.
Z. G'o'za navlari namunasi.
4. G'o'za navlari ta'rifi keltirilgan axborotnoma.
5. G'o'za atlasi.
Dostları ilə paylaş: |