Amaliy mashg’ulot №8-9 Mavzu: Chakka suyaklari: tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari. Chakka suyagining kanallari. Chakka suyagi



Yüklə 97,57 Kb.
tarix19.03.2022
ölçüsü97,57 Kb.
#53975
8-9-Amaliy mashg’ulot


Amaliy mashg’ulot №8-9

Mavzu: Chakka suyaklari: tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari.

Chakka suyagining kanallari.

Chakka suyagi (os temporale,) bir juft bo‘lib, murakkab tuzilgan. Unda eshitish, muvozanatni saqlash a’zolari joylashgan. Chakka suyagi to‘rt qismdan iborat: palla (tanga) – pars squamosa, nog‘ora – pars tympanica, piramida (toshsimon) – pars petrosa va so‘rg‘ichsimon – pars mastoidea qismlardir. Ana shu qismlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda alohida joylashgan bo‘lib, bola bir yoshga yetganda suyaklanib, birlashadi va bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to‘rttala qismi tashqi eshituv yo‘li – meatus acusticus externus atrofida joylashgan.

1. Chakka suyagining tangasimon qismi – pallasi (pars squamosa)ning ichki yuzasi – facies cerebralis da miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi – facies temporalis silliq bo‘lib, chakka chuqurining hosil bo‘lishida qatnashadi va undan chiqqan yonoq o‘sig‘i – processus zygmaticus yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag‘ bilan bo‘g‘im tuzadigan chuqurcha – fossa mandibuiaris joylashgan. Uning oldingi tuberculum articulare do‘mbog‘i, pasti jag‘ning bo‘g‘im o‘sig‘ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi.

2. Nog‘ora qismi (pars tympanica) unchalik katta bo‘lmagan va bir oz egilgan plastinkadan iborat bo‘lib, chakka suyagi tashqi eshituv yo‘lining oldi va orqa tomonini chegaralab turadi, processus mastoideus lateral tomondan so‘rg‘ichsimon o‘siq – processus styloideus va medial tomondan piramida qismlari bilan qo‘shilib tursa, pastki tomon bigizsimon o‘siq (processus styloideus) ning ildizini o‘raydi.

3. Toshsimon qism (pars petrosa) chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilgan, shakli jihatidan piramidaga o`xshash bo`lganligi uchun bu bo‘lak piramida – pyramis deb ataladi.

Piramida ichida eshitish va muvozanatni saqlash a’zolari bo‘lib, ular turli tashqi ta’sirotlardan saqlanib turadi.

Piramidaning oldingi yuzasida – facies anterior (piramidaning uchi yaqinida) bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi – impressio trigemini joylashgan. Chuqurchaning yon tomonida ikkita parallel joylashgan nozik egatcha bor, medial tomonda – sulcus n. retrosi majoris va lateral tomonda – sulcus n.petrosi minoris egatchalar hiatus canalis n.petrosi majoris et minoris nomli teshikchalarga davom etadi. Oldingi yuzaning orqa bag‘rida yarim doira – semicanalis kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa – eminentia arcuata bor. Nihoyat piramidaning oldingi yuzasi nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi – tegmen tympani holatida joylashgan. Piramidaning orqa yuzasi – facies posterior da joylashgan ichki eshituv teshigi – porus acusticus internus orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o‘tadi.

Piramidaning pastki yuzasi – facies inferior kallaning tubiga qaragan bo‘lib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik – foramen stylomostoideum orqali yuz nervi kalla bo‘shlig‘idan tashqariga chiqadi. Bigizsimon o‘siqning medial tomonida bo‘yinturuq chuqurcha – fossa jugularis bor. Bu chuqurcha ensa suyagidagi chuqurcha bilan qo‘shilib, bo‘yinturuq teshigi – foramen jugulare ni hosil qiladi. Bu yerdan ichki uyqu arteriyasining kalla bo‘shlig‘iga o‘tadigan tashqi teshik – foramen caroticum externum yaqqol ko‘rinib turadi. Ichki teshik – foramen coroticum internum esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi – margo anterior suyakning palla qismi bilan o‘tkir burchak hosil qilib qo‘shiladi, shu yerdan muskul-nay kanali – canalis musculotubarius ning og‘zi ko‘rinadi, bu kanalning ikkinchi teshigi esa o‘rta quloq bo‘shlig‘iga ochiladi. Kanal to‘siq orqali ikkita yarim kanalga ajralgan, yuqoridagi kichik bo‘lagidan (semicanalis m.tensoris tympani) nog`ora pardani tarang qiladigan muskul boshlanadi, pastki kattaroq bo‘lagi (semicanalis tubae auditivae) eshituv naychasining suyak bo‘lagini tashkil qiladi.

4. So‘rg‘ichsimon qismida (processus mastoideus) o‘siq bo‘lib, u tashqi eshituv yo‘li orqasida turadi. Bu o‘siqqa to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskuli – m.sternocleidomastoideus yopishadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqning medial tomonida ikkita qorinchali muskul yopishadigan chuqur o‘yma – incisura mastoidea bor. O‘ymadan parallel ravishda (ichkari tomonda) ensa arteriyasining egati – sulcus arteriae occipitalis o‘tadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqning tashqi yuzasini tekis uchburchak shaklidagi bo‘lakcha egallagan. So‘rg‘ichsimon o‘siqning ichki tuzilishi ko‘pgina kataklardan – cellulae mastoideae tuzilgan bo‘lib, o‘rta quloq bilan qo‘shilgan. So‘rg‘ichsimon o‘siqning miya yuzasida facies cerebralis sigmasimon (S) egatcha – sulcus sinus sigmoidei bor.

Chakka suyagining kanallari: uyqu arteriyasi kanali – canalis caroticus, piramidaning pastki yuzasida joylashgan foramen caroticum externum dan boshlanib, yuqoriga ko‘tariladi va to‘g‘ri burchak hosil qilib, uyqu arteriyasi kanalining ichki teshigi – foramen caroticum internum da tugaydi. Kanaldan shu nomdagi arteriya o‘tadi.

Yuz nervining kanali – canalis facialis ichki eshituv teshigining tubidan boshlanib, avval ko‘ndalangiga yo‘nalib boradi, so‘ngra orqa va pastga qayrilib, tizza – genuculum canalis facialis ni hosil qiladi, keyin pastga qarab yo‘naladi va foramen stylomastiodeum bo‘lib tugaydi.








Yüklə 97,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin