1.Ishlatilishi 2.Tarixi 3.Sistematika va biologiyasi
1.Javdarning ishlatilishi. Javdar xar tomonlama ishlatishda foydalaniladigan ekin. Javdar unidan xar xil non xillari pishiriladi. Bu nonlar to‘yimlilik darajasiga ko‘ra bugdoy nonidan qolishmaydi. O‘rtacha javdar donida 13% oqsil, 65% kraxmal, 1,7%yog, 2,2 to‘qima, 5% qand, 10% kul mavjud.Endospermda kraxmal joylashgan, murtagida saxaroza bor. Javdar donida mikro elementlar ko‘p: marganes, bor, aluminiy, yod, brom, ftor, kobalt, molibden, stronsiy, seziy., mis.
Javdar yem-xashak ekini sifatida ko‘proq ishlatiladi. Buning uchun doni va ko‘kati ishlatiladi. Boshoqlanish davridan oldin ko‘kati oziq moddaga boy bo‘ladi. Boshoqlanish va gullash davrida oqsilning miqdori kamayadi, AEM ko‘payadi. Yem-xashak uchun javdar doni, un kombinatining qoldiqlari ishlatiladi. Xo‘jalikda somoni mat, korzinka, shlyapa to‘qishda va chorvachilikda keng qo‘llaniladi.
2.Tarixi: Javdar madaniy o‘simligi yovvoiy dala javdari turidan S.segetable L.kelib chiqqan. Bu turning kelib chiqishini olimlar ko‘p yillik yovvoiy turlari Secale L.-montanum, dulmaticum, analiticum bilan bogliq deydi. Bu esa biologik xususiyatlariga xam bogliq. Eng avvalo tashqi muxit sharoitiga uncha talabchan bo‘lmagan, urug unib chiqishi uchun past xarorat va unchalik tuproq tanlamaydigan xususiyatlaridir. Javdar xar doim kuzgi bugdoy va kuzgi arpa ichida o‘sgan. Boshqa ekinlarga qaraganda javdarning ildizi yaxshi rivojlangan, tuproq ishqorligiga chidamli, qishga chidamli, tuproqdan keyin eriydigan to‘zlarni o‘zlashtira olish bilan farq qiladi. Bugdoy va arpaning shimolga tog oldi mintaqalarida, garbga qarab ekilib borishi natijasida javdar ularga qaraganda tashqi muxit sharoitiga chidamli bo‘lib bordi. Yovvoiy dala javdari sekin asta bugdoy va arpani ekin maydonidan ajralib chiqdi. Xozirgi madaniy javdar-bu asirlar davomida saralash orqali olingan yovvoiy dala javdaridir. Bu to‘grisida N.I.Vavilov shunday degan edi: “Yovvoiy o‘t inson xoxishigaqaramay o‘zi madaniy ekinga aylandi”
Bizning eramizdan 1-2 ming yil ilgari madaniy javdar ekila boshlangan. Gresiyada, Xindistonda, Xitoyda qadimiy sivilizatsiya tarixida javdarni madaniy ekin ekanligini ma’lum bo‘lmagan. Bizning eramizdan oldin birinchi asrda Ovropa davlatlarida javdar ekini ekilib kelingan. Umuman olganda javdar ekinining madaniy ekin ekanligiga ming yilcha bo‘lgan. Bu xali boshqalarga qaraganda yosh ekin xisoblanadi.
11.Javdarning dunyo davlatlarida yetishtirilishi. Ekin maydoni, xosildorligi va don ishlab chiqarish(FAO, 2000 y ma’lumotlaridan)