O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 407,26 Kb.
səhifə1/3
tarix27.02.2022
ölçüsü407,26 Kb.
#53190
  1   2   3
2 5348444532289573049



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI


MUSTAQIL ISHI

Ta’lim yo‘nalishi: Kimyo.
Guruh: 203.
Talabaning F.I.Sh: Erkinova Marjona Ulug‘bek qizi.
Mavzu: Molibden elementi xossalari


Fan nomi: Anorganik kimyo.

Molibden (yunoncha molibdos — qoʻrgʻoshin; lot. Molybdaenum), Mo — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, atom massasi 95,94. Molibdenni 1778-yil molibdat kislotasi va uning tuzlari sifatida Molibden Sheyele ochgan, 1790-yil Molibden Gyelm ajratib olgan metall holdagi Molibden namunasi tarkibida uglerod va Molibden karbidi boʻlgan. Metall holdagi sof Molibdenni 1817-yil Molibden Ya. Berselius olgan.

Molibden tabiatda kam tarqalgan, Yer poʻstidagi massasi — 3-10~4%. 20 ga yaqin minerali mavjud, bulardan muhimi grafitni eslatuvchi molibdenit MoS (molibden yaltirogʻi)dir. Povelit SaMoO4, molibdit Fe2(MoO4) 3nH2O va vulfenit RMoO4 minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi. Rudalarda Molibden sheyelit, volframit, kassiterit, mis va temir sulfidlari, baʼzan berill toshi bilan assotsiatsiyalangan holda boʻladi. AQSH, Meksika, Chili, Kanada, Norvegiya, Avstraliya va Rossiyada konlari mavjud. Molibdenning tabiatda massa soni 92, 94, 95, 96, 97, 98 va 100 boʻlgan 7 ta barkaror izotopi bor. Oksidlanish darajasi +2 dan +6 gacha.

Molibden paramagnit, 0,916 K da oʻta oʻtkazuvchanlik holatiga oʻtadi, mexanik xossalari uni ishlab chiqarish paytidagi mexanik va termik sharoitlarga bogʻliq. Oddiy sharoitda barkaror, 400° dan yukrrida oksidlanadi, 600° dan yukrrida esa Molibden (III)- oksid MoO3 ni hosil qiladi. Ftor, xlor va brom bilan qizdirilganda galogenidlar vujudga keladi. Oltingugurt va vodorod sulfid bilan qizdirib yuqori haroratlarda Molibden (P)sulfid MoS2 olinadi, kremniy bilan 1200° dan yukrrida silitsid beradi. Molibden zar suvi, nitrat kislotasi va vodorod per-oksidda eriydi, sulfat va nitrat kislotalari aralashmasi unga tez taʼsir etadi. Oddiy sharoitda ishkrrlar eritmasi taʼsiriga chidamli, ammo qizdirilganda qattiq eritmalar hosil qiladi. 1000° da 100 g Molibden 0,5 sm³ vodorodni yutishi mumkin. 1100—1200°da uglerod, uglevodorodlar va uglerod (P)-oksid Molibden bilan birikib, Mo2S ni hosil qiladi. Uning MoV2, MoV va Mo2V5 kabi boridlari maʼlum. Ular kulrang kristallar boʻlib, suv va organik erituvchilarda erimaydi. Elektron asboblarda, kermetlar va olovbardosh materiallar sifatida ishlatiladi.

Molibdenning geksakarbonili Mo(SO)() suvda erimaydi, konsentrlangan H2SO4, HNO3, HC1 taʼsirida parchalanadi. Undan metallar, keramik bu-yumlar va grafitni krplashda (molibdenlashda) foydalaniladi. Molibden diselenid MoSe2 qattiq moylagich sifatida qoʻllanadi. Molibden disilitsid MoSi2 esa elektr pechlari qizdirgichlari materi-ali sifatida va molibden buyumlarni qoplashda ishlatiladi.

Sanoatda Molibden rudalardan ajratib olinadi. Molibdenni alyumotermiya yoʻli bilan MoO3 dan olish istiqbolli usullardan hisoblanadi.

Molibden poʻlat ishlab chiqarishda legirlovchi qoʻshimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiklikka chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qoʻllanadi.






Yüklə 407,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin