JDPU 1Kurs Amaliy psixologiya yo‘nalishi 903 -guruh talabasi Shodmonova O’g’iloyning Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti. Shodmonova O’g’iloy
Mavzu: Bosh miya katta yarim sharlari oq moddasi . Shodmonova O’g’iloy
Reja: 1.Bosh miya katta yarim sharlari. 2.Bosh miya katta yarim sharlari tuzilishi. 3.Miyaning oq moddasi. Shodmonova O’g’iloy
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Shodmonova O’g’iloy
Har bir yarim sharda miya qopqog'i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Y Shodmonova O’g’iloy
Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko'p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki yuzasi boiadi. Miya yarim sharlari katta egatchalarining: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha kabi boiaklari bor. Shodmonova O’g’iloy
Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka boiagini boshqalardan ajratadi. Roland, ya’ni markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori chetidan boshlanib, o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi, katta yarim sharlarning peshona boiimini tepa boiagidan ajratib turadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan b o iib , ensa boiagini tepa boiagidan ajratadi. Shodmonova O’g’iloy
Har qaysi boiagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimsharlarning orolcha boiagi Silviyev yorigining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka boiaklar bilan o'ralib turadi. Peshona boiimida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushta boiadi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi ko'ndalang joylashgan. Tepa boiagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang pushta bor. Chakka boiagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta, ensa boiagida uchta kichikroq pushta boiadi. Miya katta yarim sharlarning ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor Shodmonova O’g’iloy
Miya yarimsharlarida ko'rish, eshitish, teri, propriotseptiv, sezish, hid va ta ’m bilish, nutqni eshitish, nutq harakati hamda nutq ko'rish analizatorlarining oxirgi nerv markazlari joylashgan.
Shodmonova O’g’iloy
Bosh miyaning egat va burmalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola tug‘Ugandan keyin yarimsharlarning egat va burmalari kattalarninkiga o‘xshashligiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur bo‘lmaydi va miya bo‘laklarining nisbati o'zgaradi. Bolalarning ilk yoshligida miya yarim sharlarining ensa qismi kattalarn ik id an k attaro q bo'ladi. Bola tug‘ilgandan so‘ng peshona bo'lagi kattalashadi. Shodmonova O’g’iloy
Bolaning hayoti davomida miya yarimsharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o‘zgarib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi vaznining 78-80% ini tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat; Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavat qalinligi, 4-4,5 mm, yuzasi 220000 kv. mm. Bosh miya yarim sharlar po'stlog'i filogenezda eng so'nggi, demak eng yosh miya bo'laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Miya po'stlog'i mikroskopda tekshirilganda undagi nerv hujayralari olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan: 1-qavatda nerv hujayralarining kalta o'simtalari; 2-qavatda donasimon nerv hujayralari; 3-qavatda piramidasimon hujayralar; 4- qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5-qavatda yirik piram idasim on hujayralari; 6-qavatda duksimon nerv hujayralari joylashgan. Shodmonova O’g’iloy
Miya po'stlog'ining turli qismlarida, joylashgan nerv hujayralarining funksiyasiga ko'ra po'stloq sathi uchta zonaga bo'linadi; sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam tanasining barcha sezish organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko'rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezish organlarining retseptorlaridan impuPslarni qabul qiladi. Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami muskullar, paylar to'qim lar, suyaklarning retseptorlaridan impul’s qabul qilib, harakatni boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ zonalar sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta ’sirni analiz va sintez qiladi Shodmonova O’g’iloy
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning flkrlash, ong, o'zlashtirish, eslab qolish, muomalasi, madaniyati, bilim olish, hunar o'rganish murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati miya po‘stlog‘i faoliyatidir. Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. po'stloqning ensa qismida ko'rish, chakkada eshitish, peshanada, iehkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari joylashgan.
Y a’ni, shuni ta’kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining muhimligiga qarab uning markazini miya po‘stlog‘ida egallagan o‘rni har xil bo'ladi. Masalan, qo'l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko'p vazifani bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi nerv m arkazi boshqa harakat m arkazlarining miya po4stlog'idagi egallagan o'rniga nisbatan kattadir. Bundan tashqari, yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi.
Shodmonova O’g’iloy
Buning natijasida chap yarim sharlardagi nerv markazlari odam tanasining o'ng tomonidagi, o4ng yarim shardagi nerv markazlari tananing chap tomonidagi to4qima va organlar ishini boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining barcha to'qima va organlari ishini boshqaradi. Miya po4stlog'ida avval chuqur, so4ng yuza qavatlar rivojlanadi. M iyaning yarim sharlar p o 'stlo g 'id ag i harakat m arkazlarining tabaqalanishi 12 yoshda tugaydi, ayrim piramidasimon hujayralar rivojlanishi 18 yoshgacha davom etadi. H arakat analizatorining rivojlanishi bolaning muskul faoliyatiga bog'liq. Harakat analizatorining rivojlanishida bola tug'ilgandan so'ng birinchi haftalik, 4 yoshlik, 7 yoshlik va 12 yoshlik bosqichlari mavjud. Teri analizatorining miya po'stlog'idagi nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek bo'ladi. Bolaning hayoti davomida miya yarim sharlari turli qismlarining tuzilishi va funksiyasi rivojlanib boradi. Bunda funksiya asosiy rol o4ynaydi. Shu bilan birga organizm rivojlanishi jarayonida nerv tolalari miyelinlashadi. Avval harakat nervlari, aralash nerv tolalari, so'ngra markazga intiluvchi nerv tolalari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarining miyelinlashuvi 3 yoshda, bosh miya nervlarniki esa 1-1,5 yoshda tugaydi.
Shodmonova O’g’iloy
Bosh miya yarim sharlari p o 'stlo g 'id e k m urakkab organning funksiyalari quyidagi usullarda tekshiriladi: 1) shartli reflekslar usuli; 2) bosh miya biotoklarini yozib olish usuli; 3) bosh miyada qon aylanishi va moddalar almashinuvini tekshirish usuli; 4) bosh miyani bevosita kuchsiz elektr toki yoki kimyoviy moddalar bilan ta’sirlash usuli
Bu usullardan tashqari, bosh miyaning turli qismlari jarrohlik yo'li bilan (vivisektsiya) olib tashlanib, organizmda kechadigan fiziologik o4zgarishlar kuzatiladi. I.P.Pavlovning fiziologiya sohasidagi ulkan xizmati shundan iboratki, u murakkab ruhiy hodisalarni tekshirish uchun 68 www.ziyouz.com kutubxonasi ob’ektiv fiziologik usulni, ya’ni shartli reflekslar usulini yaratdi. Shartli reflekslar usulida bosh miyaning funksiyalari sog'lom hay von yoki bolada, katta odamda o'rganiladi
Tekshiriluvchi odamga shartli ta ’sirlovchi (tovush yoki yorugiik) berilib, so'ng shartsiz ta ’sirlovchi (ovqat yoki kuchsiz elektr toki, yoki terisiga og'riq hosil qiluvchi birorta narsa bilan) ta’sir qilinadi. Organizmga shartli ta’sirlovchi bilan shartsiz ta’sirlovchi bir necha marta ta’sir ettirilsa, shu odamning bosh miyasida ikkita markaz o'rtasida vaqtinchalik nerv bog'lanishi vujudga keladi.
Shodmonova O’g’iloy
Bosh miya biotoklarini yozib olish usulida tekshiriluvchi bosh miyasiga elektroentsefalograf bilan tutashtirilgan elektrodlar o'rnatiladi. Bosh miya biotoklari nihoyatda kuchsiz bo'lib (- 200 mkv gacha) o'rtacha 40-50 mkv keladigan biotoklar mahsus asboblarda 100 000, ba’zida 10 mln marta orttirib yozib olinadi. Biotoklarni yozib olishda tekshiriluvchi turli tovush, tashqi ta ’sir o'tmaydigan maxsus kameraga yotqiziladi. Olingan elektroentsefalogramma maxsus elektron asbob - analizator hisoblash mashinalarida analiz qilinadi. Bu usulga elektroentsefalografiya usuli deyiladi. Elektr bilan ta’sir etish usulida bosh miya po'stlog'ining turli nuqtalari elektr bilan ta’sirlanadi. Bu usul juda ko'p natija beradi. Kimyoviy ta ’sir etish usulida bosh miya yarim sharlari po'stlog'i funksiyasini o'rganish uchun ba’zi bir kimyoviy moddalardan (jumladan strixnin) foydalaniladi Miyaning oq moddasi miyaning kulrang moddasi yoki miya yarim korteksining ostida joylashgan. Oq materiya asab hujayralari aksonlaridan iborat bo'lib, ular kulrang moddalarning neyron hujayralari tanalaridan uzayadi. Ushbu akson tolalari asab hujayralari o'rtasida bog'lanishlarni hosil qiladi. Oq materiyaning asab tolalari miyani miya va o'murtaning turli sohalari bilan bog'lashga xizmat qiladi.