Reja:
1. Bosh miya xaqida tushuncha.
2. Bosh miya egat va pushtalari ularning vazifalari.
3. Markaziy, Sil’viy va Roland egatlari xaqida
tushuncha.
4. Bosh miya qorinchalari, joylashuvi va ularning
vazifalari.
5. Bosh miyaning kul rang va oq moddalari xaqida
tushuncha.
Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan bo’lib, uning ogirligi 1275- 1375
gramm, chaqaloklarda esa 330- 340 gramm bo’ladi. Bosh miya ikkita: o’ng va
chap yarim sharlardan iborat. Bu yarim sharlarni ustki vertikal chuqur egat
ikkiga ajratib turadi. Egatning ostki tomonida oq moddadan paydo bo’lgan
q
adoqsimon tana yotadi. Bosh miya yarim sharlarining ustki tuzilishi juda
murakkab bo’lib, yuza va chuqur egatlar bilan ajragan ko’plab pushtalar bor.
Ikki egat orasida joylashgan qism pushta deb aytiladi.
1- Rasm.
Bosh miya yarim sharlari peshona, tepa, chakka va ensa bo’laklarga
bo’linadi. Bu bo’laklarni chuqur egatlar ajratib turadi. CHakkani peshona va
tepa bo’laklardan ajratib turuvchi egat Silьviy egati deyiladi Peshona bo’lagini
tepa bo’lagidan ajratib turuvchi egat markaziy Roland egati deb aytiladi.
CHakka bo’lagining tashqi yuzasida ikkita gorizontal egat va uchta yuqori,
o’rta va pastki pushtalardan iborat. Katta miya peshona bo’lagida quyidagi
egat va pushtalar bor. Markaziy egatga parallelь holda oldingi markaziy egat
joylashgan. Bu egat ustki va pastki qismlarga bo’linadi. Bundan tashqari,
gorizontal xolda joylashgan ikki egat: ustki va pastki egatlar bor. Ular
peshona bo’lagini yuqori, urta va pastki pushtalarga ajratib turadi.