Turli jinsli sistemalarning hosil bo’lishi va ularning klassifikatsiyasi.
Ajratish usullari.
Cho’ktirish, cho’ktirish qurilmalari.
Turli jinsli sistemalarning hosil bo’lishi va ularning klassifikatsiyasi Har xil fazalardan (m: suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va hokazo) tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistema deb ataladi. Ko’pchilik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida hosil bo’ladi. Har qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko’p fazalardan tashkil topadi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o’rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi.
Fazalarning fizik holatiga ko’ra turli jinsli sistemalar quyidagi gruppalarga bo’linadi. Suspenziyalar, emulsiyalar, ko’piklar, changlar, tutunlar, tumanlar.
Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o’lchamiga ko’ra suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 100 mkm dan ortiq); mayin suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 0,5-100 mkm); loyqasimon suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 0,5-0,1 mkm ); kolloid eritmalar (zarrachalar o’lchami 100 mkm dan kichik).
Sanoatda suspenziyalar juda ko’p uchraydi. Qattiq sochiluvchan moddalarni suyuqlik bilan aralashtirish paytida suspenziyalar hosil bo’ladi.
Emulsiyalar ikki xil o’zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo’lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo’ladi. Emulsiyaga sut eng harakterli misol bo’la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog’ zarrachalaridan iborat.
O’z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar ko’piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz sistemasi o’zining xossasiga ko’ra emulsiyalarga yaqin turadi.
Changlar deb o’z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o’lchami 3-70 mkm oralig’ida bo’ladi.
Tutunlar tarkibida o’lchami 0,3-5 mkm ga teng bo’lgan qattiq modda zarrachalari bo’ladi. Tutunlar bug’ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq holatga kondensatsiyalanish jarayoni orqali o’tishda hosil bo’ladi.
Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo’ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining o’lchami 0,3- 0,5 mkm ga teng.
Chang tutun va tumanlar aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb ataladi. Quyidagi rasmda turli jinsli sistemalarning klassifikatsiyasi berilgan.