Reja: 1. Suspenziyalar dori turi sifatida.
2.Suspenziyalar ta’rifi, hosil bo’lish yo’llari.
3.Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillash sharoitlari.
4.Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
5.Suspenziyalar turg’unligiga ta’sir etuvchi sabablar.
6.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar:flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho’kish tezligi, zarrachalar o’lchamining kattalashuvi.
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo’lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm gacha, ko’pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko’pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo’lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo’lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo’lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o’zgartirishi mumkin bo’lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo’ladi.
Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so’zidan olingan bo’lib, qattiq faza zarrachalari dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo’ladi.
Dispers faza dispers muhitda erimasa
Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo’lsa.
yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)
Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo’ljallangan dori moddalar bo’lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko’p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo’lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezrok so’riladi va samarali davolash xususiyati bo’ladi.