Aerozollar tasnifi, turlari va ishlatilish sohalari
Gellar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Dispers sistemalarning tasnifi Dispers sistemalar - ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi. Dispers sistemalar murakkab tuzilishga ega boʻli-shi ham mumkin, uzluksiz dispersion muhit hosil qila oladigan, bir-birining hajmiga singib ketgan ikki fazadan iborat sistema bunga misol boʻla oladi. Dispers sistemalar zarralarning katta-kichikligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: 1) dispers faza zarralari 1 mkm va undan katta boʻlgan dagʻal dispers sistemalar . (suspenziya, tutun, tuman, emulsiya va b,); 2) dispers faza zarralari 1 nm dan 1 mkm gacha boʻlgan kolloid sistemalar. Dispers faza zarralari 1 nm gacha (atomlar va kichik molekulalar oʻlcha-miga teng) boʻlgan zarralardan tuzilgan sistemalar chin eritmalarni tashkil etadi. Dispers sistema.ning fizik-kimyoviy xossalari dispers faza bilan dispersion muhit orasidagi molekulalararo bogʻlanishga hamda ular orasida hosil boʻladigan yuzaga bogʻliq
Eritmalar ikki toifaga bo’linida. Bunday sistemalardan biri chin eritmalar (ko‘p komponentli va bir jinsli) bo‘lsa, ikkinchilari esa kolloid eritmalarni tashkil etadi. Ba’zi shunday eritmalarda dispers faza (eritmada tarqalgan modda) zarrachalarini ko‘z yoki ultramikroskop yordamida ko‘rish mumkin.
Chin eritmalarni hosil qilgan zarrachalar diametri 1 nm( 1 * 10-9 metr) dan ham kichikroq bo’ladi, kolloid eritmalarda loyqa (suspenziya)lar zarrachalari diametri 100 nm dan kattaroq bo’lib, bu zarrachalar qisqa vaqt davomida eritma tagiga cho‘kishi mumkin (dag’al dispers sistemalar).
Ikkita bir-birida erimaydigan suyuq moddalar o ‘zaro maydalangan dispers holatdagi aralashma — emulsiya hosil qilishi mumkin (bunday sistemaga mayda yog‘ tomchilarining suvda tekis tarqalgan holati — sutni misol keltirish mumkin). Bunday dispers sistemalardagi zarrachalarning diametri ham 100 nm dan katta bo’lishi mumkin.
Agar dispers sistemadagi zarrachalar diametri 100 nm dan kamroq bo’lsa, ularni mayin dispers sistemalar deb ataladi. Umuman olganda, diametri 1 — 100 nm oralig’idagi mayin dispers sistemalar turg‘un bo’lib, o’lchami 100 nm dan kattaroq bo’lgan dag‘al dispers sistemalar qisqa vaqtda o‘z gomogenligini yo‘qotishi mumkin.
Dispers sistemalarda agregat holatlari uch xil (gaz, suyuq yoki qattiq) bo’lib, ular o‘zaro aralashganda 9 xil sistemalarni yuzaga keltirib chiqarishini jadvaldan ko‘rish mumkin.
Ikki komponentli dispers sistemalar
gaz moddalaming suvdagi eritmalar (ko’pincha erigan gaz molekular holatda bo’lib ,chin eritmalar hosil qiladi, muhit yopishqoqligi katta bo’lganda gaz ko’pigi hosil bo’ladi)
aktivlangan ko‘mir g’ovaklarida gaz moddalarning adsorbsiyalanishi, penoplastlar, penobeton, pemza shlak, non, patir va boshqa xamirdan pishirilgan taomlar (ikki fazali sistemalar)
qattiq
suyuq
nam tuproq, mevalnr etidagi stiyuqlik. tabiiy marvarid (kalsiy karbonaida kolloid holdagi judn mayda suv tomchilari tarqalgan holatda bo’ladi), bulardan tashqari, boshqa ikki fazali sistemalar
qattiq
qattiq
qotishmalar, sement, beton; rangli shisha, emallar, ko’pchilik nodir toshlar va boshqalar
Dispers muhit va dispers fazaning qaysi agregat holatidan qat’iy nazar dispers sistemalarni uchta guruhga: chin eritmalar, kolloid va dag ‘aI dispers sistemalarga bo’linadi. Ularning qisqacha asosiy tavsiflari quyida keltirilgan:
— chin eritmalarda dispers faza molekular yoki ion holdagi zarrachalardan iborat; o‘lchamlari (kattaliklari) bir-biriga yaqin, ular uzoq vaqt davomida turg‘un, dispers muhit va dispers faza bir-biridan ajralishi (tashqi muhit ta’siri bo’lmagan holatda) kuzatilmaydi; dispers faza zarrachalarining diametri 1 nm dan katta bo’lmaydi;
— kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalari yuzlab, ba’zan minglab molekula yoki ionlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin; sistema bir jinsli bo’lsa ham, dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasida chegara mavjud; erigan moddalar zarrachalari diametri 1 — 100 nm oralig’ida bo’lishi mumkin (polidispers xususiyat);
— dag‘al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari qisqa vaqt davomidagina turg‘un, ular tezgina ikki fazali chegara hosil qiladi (loyqa cho‘kishi, sutning qaymog’i, qatiqning ayroni ajralishi va shunga o‘xshashlar).
Kolloid va dag‘al dispers sistemalarda zarrachalar kattaligi har xil bo’lgan polidispers sistemalardir.
Yuqorida keltirilgan dispers sistemalaming birinchisidan qolgan hammasida kolloid va dispers holatlar kuzatilishi mumkin. Ular orasida ahamiyati katta bo’lgan tuman, tutun, chang, ko’pik, emulsiya, suspenziya, qotgan ko’pik sistemalar, qattiq emulsiyalar hayotda ko’plab uchrab turadi.