23-§. Inson ekologiyasi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#123493
  1   2
INSON EKOLOGIYASI

INSON EKOLOGIYASI

  • Inson hayotini tabiatsiz va tashqi muhit omillarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. 1920-yillarda inson bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi inson ekologiyasi– antropoekologiyafani paydo bo‘ldi.
  • Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
  • Antropoekologiya ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy bilim sohasi bo‘lib, insonning normal hayotiy faoliyati uchun turli ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini orttirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
  • Antropoekologik sistemalar – muhit bilan dinamik muvozanatda bo‘lgan va shu munosabat orqali o‘z ehtiyojlarini qondiradigan insonlar jamoasidir. Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan asosiy farqi uning tarkibida inson jamoasining mavjudligidir. Ma’lum hududda yashaydigan insonlar jamoasining faolligi ularning atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sir darajasi bilan aniqlanadi.

Inson ekologik omillarning ta’sir obyekti bo‘lishi bilan birga o‘zi ham muhitga ta’sir qiladi. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:

  • Inson ekologik omillarning ta’sir obyekti bo‘lishi bilan birga o‘zi ham muhitga ta’sir qiladi. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:
  • Inson tabiatga maqsadli va ongli ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi va uning ustidan hukmronlik qiladi. Natijada insonning imkoniyatlari juda kengaydi, u sayyoraning har qanday ekologik bo‘shliqlarini egallay olish qudratiga ega.
  • Har qanday biologik tur cheklangan energetik resursga ega. Shuning uchun ularning tabiatga ta’sir etish imkoniyati sezilarli emas. Inson tabiatga kuchli ta’sir qiladi. Yashil o‘simliklar quyosh energiyasidan foydalansa, boshqa organizmlar esa o‘zidan avvalgi oziq darajasining organik moddalari energiyasidan foydalanadi. Inson faoliyati jarayonida juda kuchli energiya manbalarini (yadro va termoyadro reaksiyalari) yaratadi va undan foydalanadi.
  • Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi uning faoliyati faol, ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy muhit yarata olishi ham uni boshqa ekologik omillardan ajratib turadi.
  • Antropoekologiya fani antropoekologik sistemalarning shakllanishi, yashash va rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insonning sog‘lom turmush tarzi me’yorlari, salomatligiga ta’sir etadigan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillarni keng miqyosda o‘rganadi.
  • Antropoekologik sistemalarda inson va tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
  • Inson tabiiy boylik va ne’matlardan foydalanishi orqali rivojlanadi, shuningdek, jamoaning biologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlari o‘zgaradi.
  • Inson tabiat qonunlarini o‘rganib, o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida atrof-muhitni ongli ravishda o‘zgartiradi.
  • Insonlarning ekologik muhitga moslanishlari. Adaptiv tiplar. Tabiiy va sun’iy muhit omillari insonga doimo ta’sir ko‘rsatadi. Sayyoraning turli joylarida insonga turli xil tabiiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Inson rivojlanishi davomida Yer kurrasi aholisining ekologik moslashuvi natijasida insonlarning adaptiv (moslashgan) tiplari kelib chiqqan.
  • Arktik adaptiv tip. Sovuq iqlim va ko‘proq hayvon mahsulotlari bilan oziqlanish sharoitida shakllanadi. Arktika xalqlari orasida ham o‘simliklar tarkibidagi C vitaminini kam iste’mol qilishga moslanish xususiyati rivojlangan.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin