8-Mavzu: Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi Reja



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#191368
  1   2   3
8-Ma`ruza matni


8-Mavzu: Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi
Reja:
1. Inson psixikasi haqida umumiy tushuncha
2. Inson ongi
3. Ontogenez haqida tushuncha
4. Psixikaning ontogenezda rivojlanishi
Psixikaning rivojlanishi Haqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta’rif berish kerak. Rivojlanish bu harakatlanish, o’zgarishdir. Rivojlanish ilgarilab boradigan oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradigan o’zgarishlar. Rivojlanish qonuni umumiy harakterga egadir. Tabiat rivojlanadi, ishlab chiqarish usullari kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika ham rivojlanadi. Psixika rivojlanishini, umuman tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki planda o‘rganish mumkin: filogenez planida va ontogenez planida.
Filogenez – organizmning oddiy shakllaridan tortib hozirgi zamon kishisiga qadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan o’zgarishlardir.
Ontogenez – har bir individning hayoti davomida uning tug’ilishidan tortib to umrining so’nggiga qadar sodir bo‘lgan o’zgarishlar yig’indisidir.
Psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin