Navro‘z qadim zamonlardan buyon Sharq mamlakatlarida bahor bayrami, yosharish fasli sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Navro‘z haqida xalqimiz ko‘plab rivoyatlar bitishgan. Bahor, navro‘z mavzusi rassomlar ijodida ham muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixida O‘rol Tansiqboyev, Nikolay Karaxan, Rahim Ahmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Obidjon Bakirov, Abduvali Mo‘minov kabi rassomlarning asarlarida bahor mavzusi o‘ziga xos tarovat bilan tasvirlangan.
Siz tasvirlamoqchi bo’lgan Navro‘zning turfa elementlari – endigina sabza urgan maysalar, bodroqdek gullagan bodom, o‘rik va shaftolining shoxlari, bahor haqida atrofga xabar tarqatayotgandek
Shuningdek, Navro‘z haqida ota-onalarimiz, bobo-momolarimiz so‘zlab bergan rivoyatlarning mazmuni ham siz tasvirlagan mavzu bo‘lishi mumkin.
Albatta, Navro‘zning asosiy mavzusi – bu sumalak
Yuqorida sizga eslatilgan vaziyatlarni yaxshilab tahlil etingda, o‘zingiz uchun mavzu tanlang.
Ustozingiz bilan kelishgan holda «Navro‘z sayli», «Varrak uchirish», «Sumalak» mavzularidan birini o’tkazishingiz mumkin.
Ishni har doimgidek yengil chiziqlar yordamida qoralama eskiz ishlab olishdan boshlaysiz.
Ularni umumlashtirib, yakuniy qismiga kelib olgach, uni rangtasvirda bajarishga kirishasiz.
Avval odamlarning tasviri, birinchi plandagi asosiy elementlarini, so‘ng atrofdagi elementlarni bosqichma-bosqich rangda ishlab chiqasiz.
Bu avval odamlarni ishlab bo‘lib, so‘ng boshqasini ishlash degani emas. Faqat ma’lum ketma-ketlikda bosqichma-bosqich ishni yakuniga yetkazasiz.
Ishlash jarayonida toza ranglardan foydalanish, tasviriy san’atning perspektiva, yorug‘-soya, nisbatlar, ranglarning bir-biriga o‘zaro ta’siri kabi qonuniyatlariga amal qilishni unutmang.