23-Laboratoriya mashg’uloti. Odam va hayvonlarda orqa miya reflekslari. Qo‘zg‘alish vaqtining har-xil kuchi bilan refleks vaqtini aniqlash. Ish anjomlari
23-Laboratoriya mashg’uloti. Odam va hayvonlarda orqa miya reflekslari. Qo‘zg‘alish vaqtining har-xil kuchi bilan refleks vaqtini aniqlash.
Ish anjomlari:ilmoqli shtativ, preparovka uchun asboblar yig’indisi, jomcha, likob, qopqoq, ignasi bilan shprits, 0,1% strixnin eritmasi, baqa.
Tajriba o’tkazish tartibi. Spinal baqa tayyorlanadi. Pintset bilan orqa oyoq panjalari kuchsiz qisiladi va reaktsiya kuzatiladi. Keyin ta’sirlash kuchi asta-sekin kuchaytirib boriladi va reflektor reaktsiyalarga boshqa oldingi va orqa oyoqlarning ham qo’shilishi kuzatiladi. Bu tajriba avvaldan muzda sovutilgan baqada yaxshi namoyon bo’ladi.
O’sha spinal baqaning orqa teri ostiga 0,5 ml 0,1% strixnin eritmasi yuboriladi. Bir ozdan so’ng baqaga biror narsa bilan tegizilsa, umumiy titrash (sudorogi) kuzatiladi. Bu esa himoyalanish refleksi emas.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Tajriba sxemasini chizing. Irradiatsiyaga ifoda bering. MNSga strixninning ta’sir mexanizmini tushuntiring.
Yuqoridagi ishdan ko’rinadiki, nerv markazlarining faoliyatidagi xossalardan biri ularning inertligidir va ular neyronlaridagi qo’zg’alishlarning qo’shilish qobiliyatidir. Bu jarayonning 2 xil asosiy mexanizmi tafovut qilinadi: vaqtli va fazoviy qo’shilish.
Ishning xulosasi __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Nazorat savollari. Divergentsiya va konvergentsiya haqida tushuncha bering.
Irradiatsiya va summatsiya nima ?
Oyoqlar kafti butunlay kislotaga tushirilganda refleks vaqti nima uchun o’zgaradi?
1-ISH. Qo’zg’alishning vaqtli qo’shilishi. Ish anjomalari: stimulyator, 2 ta sim, jarrohlik stoli, preparovka uchun asboblar yig’indisi, jomcha, doka sal-fetkalar, paxta, baqa.
Tajriba o’tkazish tartibi. Ish talamik baqada olib boriladi. Buning uchun baqaning boshi ko’z orqasidan kesiladi va jarrohlik stoliga qo’yiladi. Orqa oyoqlaridan birga stimulyatorga ulangan elektrodlar mahkamlanadi. Elektrodlar sifatida stimulyatordan kelayotgan simlar xizmat qilishi mumkin. Ular tizza bo’g’imining tepa va pastiga bir-biridan 0,5 sm uzoqlikda o’raladi. Bo’sag’a (pog’ona) ta’sirot kuchi topiladi. So’ng 1 Gts va 20—50 Gts chastotadagi ta’sirot berilganda reaktsiyalar kuzatiladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Ishning natijasini yozishda e’tiboringizni ko’proq baland chastota bilan ta’sirlanganda harakat reaktsiyalarining o’zgarishiga qarating. Kuzatilayotgan hodisalarning sababini tushuntiring.
Qo’zg’alishning fazoviy qo’shilishi Ish anjomlari: preparovka uchun asboblar yig’indisi, jomcha, paxta, metronom yoki sekundomsr, ilmoqli va probkali shtativ, 0,1%, 0,3%, 0,5% sulfat kislota eritmalari, suv uchun stakan, baqa.
Tajriba o’tkazish tartibi. Talamik baqaning pastki jag’idan shtativ ilmog’iga olinib, ilmoq uchiga probka kiydiriladi (ish vaqtida baqaning ilmoqdan chiqib ketmasligi uchun) va qon to’xtaguncha kutiladi.
Fazoviy qo’shilishni bukilish refleksida kuzatish mumkin. Buning uchun baqaning orqa oyoq panjalarining uchi bo’sag’a kontsentratsiyasidagi kislotaga tushiriladi va refleks vaqti aniqlanadi. Baqa panjalarini kislotaga tushgandan to uni tortib olgungacha ketgan vaqt metronom zarbasi (yoki sekundomer) yordamida topiladi va bu refleks vaqti bo’ladi. Keyin baqaning oyog’ini stakandagi vodoprovod suvida yuvib, oyoqlar kafti butunlay kislotaga solib refleks vaqti aniqlanadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Ikkala holatda refleks vaqtini belgilang. Oyoqlar kafti butunlay kislotaga tushirilganda refleks vaqti nima uchun o’zgaradi? Ketma-ket yoki vaqtli va fazodagi qo’shilishini tushuntiruvchi sxemani ayting
Ishning xulosasi ____________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Nazorat savollari. 1. Divergentsiya va konvergentsiya xaqida tushuncha bering.
2. Irradiatsiya va summatsiya nima ?
3. Oyoqlar kafti butunlay kislotaga tushirilganda refleks vaqti nima uchun o’zgaradi?