23-Mavzu: Temir yo‘l omborlarining vazifalari va tasnifi Temir yo‘l stansiyalarini rels yoni omborlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#164655
  1   2   3
23-Mavzu.Tovar yuk (2)


23-Mavzu: Temir yo‘l omborlarining vazifalari va tasnifi


Temir yo‘l stansiyalarini rels yoni omborlari yuklarni tashishga qabul qilish va vagonlarga ortish hamda vagonlardan tushirish va yuk oluvchilarning omborlariga tashib ketish o‘rtasidagi davrda ularni qisqa vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari yuk jo‘natuvchilardan yuklarni qabul qilib olish va yuk oluvchilarga yuklarni topshirish, yuklarni saralash, mayda jo‘natmalarni vagonlarga yo‘nalishlar bo‘yicha tanlab olish va boshqa ishlar ham rels yoni omborlari da bajariladi.
Saqlanadigan yuklarning turiga muvofiq omborlar maxsus va universal turlarga bo‘linadilar. Maxsus omborlarda alohida saqlash shartlarini talab qiluvchi bir nomdagi yuklar saqlanadi, masalan sement saqlash uchun silos omborlari. Universal omborlar bir – biriga zararli ta’sir qilmaydigan har turli nomdagi yuklarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Saqlash shart – sharoitlari va konstruksiyasi bo‘yicha omborlar: yopiq omborlar, yopiq va ochiq platformalar va maydonlarga bo‘linadilar. Qimmatbaho va atmosfera ta’siridan xavflanuvchi, yopiq vagonlarda tashiladigan idish – o‘rovli va donali yuklar bir qavatli yopiq omborlarda saqlanadi. Bir qavatli yopiq omborlada ortish - tushirish temir yo‘llari omborning tashqarisida (7.1-rasm) yoki ichida joylashgan bo‘lishi mumkin, avtoyo‘laklar esa ombor tashqarisida joylashgan bo‘ladi. Bir qavatli yopiq omborlarda ortish – tushirish ishlarni mexanizatsiyalash uchun kichik gabaritli vilkali mexanik – elektr yoki dizel yuklagichlar, yassi, sinchli yoki yashikli tagliklar bilan birgalikda foydalaniladi. Yopiq omborlar yong‘in va muhofaza signali qurilmalari, yong‘inga qarshi va yoritish vositasi bilan jihozlanishi kerak.


7.1 - rasm. Prolyoti 18 m li yopiq ombor:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ko‘ndalang kesimi. 1-kichik gabaritli mexanik yukla-gich; 2-yuk paketi; 3-ombor rampasi; 4-temir yo‘li; 5-yopiq vagon; 6-avtoyo‘lak.
Atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoya qilishni talab qiluvchi, ammo harorat o‘zgarishidan va shamoldan xavflanmaydigan arzon baholi yuklar esa yopiq yuk platformalarida saqlanadi (7.2-rasm).
Ichkarisiga ortish – tushirish temir yo‘li kiritilgan bir qavatli yopiq omborlar bir prolyotli (eni 18, 24, 30 va 36 m), ikki proletli (30 m + 30 m) va uch proletli (24 m + 30 m + 24 m) qilib quriladi. 7.3-rasmda ichkarisida ortish – tushirish temir yo‘li va tashqarisida avtoyo‘lak joylashgan bir proletli yopiq omborning ko‘ndalang kesimini chizmasi ko‘rsatilgan.
Atmosfera yog‘ingarchiliklaridan va harorat o‘zgarishidan xavflanmaydigan, platforma yoki yarim ochiq vagonlarda tashiladigan g‘ildirakli va o‘zi yurar texnikalarni ortish, tushirish va saqlash uchun ochiq yuk platformalaridan foydalaniladi. Ochiq yuk platformalarda ortish – tushirish ishlari uning yonidan yoki etak tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
7.2 - rasm. Tishsimon rampali yopiq yuk platformasi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin