4-Mavzu: MANTIQIY ELEMENTLAR
Reja:
1. Mantiqiy ifoda va haqiqiylik jadvali. HAM, YOKI, EMAS, HAM-
EMAS,
YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI, ISTISNO-YOKI-EMAS
elementlarini
grafikda belgilanishi.
2. Mantiqiy element(ME)larnig fundamental xossalari.
Tayanch so’z va iboralar:
Mantiqiy funksiyalar,
Bul algebrasi, mantiqiy
ifoda, haqiqiylik jadvali. HAM, YOKI, EMAS,
HAM-EMAS, YOKI-EMAS,
ISTISNO-YOKI, ISTISNO-YOKI-EMAS elementlari.
Mantiqiy ifoda va haqiqiylik jadvali. HAM, YOKI, EMAS, HAM-
EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI, ISTISNO-YOKI-EMAS
elementlarini grafikda belgilanishi.
Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo'ljallangan
bo'lib, barcha arifmetik va mantiqiy amallarni
ular asosidagi qurilmalar
yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmlarda hisoblash mashinalarida
qo'llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning
ishlash prinsiplari
keltirilgan.
1.«VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi. X va Y
kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z
chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi).
Kirishlardan
birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri
yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo'lsa), chiqishda «0» signali
hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi).
«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z=X&Y , hamda Z=X*Y yoki
Z=X^Y ko'rinishlardan birortasida tasvirlanishi mumkin.
Sxematik belgilanishi
Ishlash prinsipi
Chinlik jadvali
X
Y
Z
0
0
0
0
1
0
1
0
0
1
1
1