3- ma’ruza Mavzu: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja: Operatsion tizimlar, ularning turlari. Kompyuter qurilmalari operatsion tizimlari



Yüklə 1,95 Mb.
tarix18.09.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#145117
3-mavzu


3- ma’ruza
Mavzu: Operasion tizimlar, ularning turlari.
Reja:
1. Operatsion tizimlar, ularning turlari.
2. Kompyuter qurilmalari operatsion tizimlari.
Operatsion sistema kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqat qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardan axborotlarni o‘qish va axborotlarni disklarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga extiyoj borligining asosiy sababi, yuqoridagi ishlarni bajarish uchun kompyuterning quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, disk yurituvchi yoki vinchestr qurilmalari diskni aylantiruvchi dvigatellarini ishga tushirish yoki to‘xtatish, o‘qish qurilmalarini diskning biror silindiriga o‘tkazish, o‘qish qurilmalaridan birini tanlash, axborotni disk yulidan kompyuterga o‘qish kabi elementar amallarnigina “tushinadi”. Shuning uchun biror faylni bir diskdan boshka diskka yozib qo’yish kabi sodda jarayon ham, disk yurituvchi ishlari bilan bog‘lik minglab amallarni, ularni nazorati bilan bog‘lik amallarni,diskdagi fayllarning joylashish jadvalidan axborotni izlash va qayta ishlash amallarini va yana bir qancha amallarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi paytda operatsion sistemaning bir necha turlari mavjud. Mac OS X operatsion tizimi, Linux-operatsion tizimi, Unix operatsion tizimi, Windows oilalari keng tarkalgan bo‘lib bular o‘znavbatida bir necha turlarga bo‘linib ketadi.
Mac OS X operatsion tizimi Macintosh firmasi kompyuterlar ishlab chiqarishni boshlagandan keyin, 1984 yildan boshlab Apple firmasining Mac OS X operatsion tizimini ishlab chiqish boshlandi. Bu Mac OS X dan foydalanishda meyoriy qulayliklar yaratish uchun yangi GUI (grafik interfeys)lar model sifatida foydalanildi. Mac OS X operatsion tizimining eng oxirgi versiyasi , ko‘p funksiyali operatsion tizim bo‘lib, Apple ning kompyuterlari uchun mo‘ljallangan.
UNIX 1970 yilning boshlarida Bell Laboratoriyasi olimlari tomonidan yaratildi. Tijorat bozorida UNIX federal qoidalari normalari sababli faol targ‘ibot qilish man qilindi. UNIX ko‘p sonli kolledj va universitetlar uchun litsenziya oldi. UNIX turli xildagi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan edi. 1980 yilda telefon kompaniyalari sinishidan keyin (deregulirovaniye) UNIX texnik va dasturiy kompaniyalar tomonidan ko‘plab litsenziyalarga ega bo‘ldi. Bu operatsion tizimning ba’zilari mavjud bo‘lib, bir-biridan ozgina farq qiladi. Dasturchilar UNIXning bir versiyasidan boshqasiga amaliy dasturiy ta’minotni ko‘chirayotgan paytda dasturni qayta yozishga to‘g‘ri keladi.
LINUX-operatsion tizimi. LINUX-tez o‘sib borayotgan operatsion tizimlardan biridir. Linux 1991 yilda yaratilgan bo‘lib, ko‘p vazifali, mashhur , UNIX operatsion toifasiga kiruvchi operatsion tizimdir. Asosiy operatsionga qo‘shimcha ravishda Linux o‘z ichiga ko‘plab dasturlash tillarini va xizmatchi vosita(utilita)larni o‘z ichiga oladi. Linux operatsion tizimlar kabi dasturlar mulkiy dasturiy mahsulot emas. Linux ochiq kodli dasturiy ta’minot bo‘lib, Bu kodni o‘zgartirish va qayta taqsimlash uchun taqdim etiladi.
Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin