3-Amaliy
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi.
Transformagorning ishlash jarayonida uning chulg‘amlari
va magnit
o‘tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo‘lishi hisobiga qiziydi. Transformator
qismlarining qizish chegarasini izolyasiya cheklaydi, chunki uning ishlash muddati
qizish haroratiga bog‘liq. Transformator quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish tizimi
shuncha intensivroq bo‘lishi kerak.
Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar
«quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha
belgilanadi:
ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida CZ; germetik
tayyorlanganida SG.
«Quruq» transformator chulg‘ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan
yo‘l qo‘yiladigan oshish chegarasi izolyasiyaning qizishga chidamliligi sinfiga
bog‘liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60
o
S; E sinfi uchun 75
o
S;
B sinfi
uchun 80
o
C; C sinfi uchun 100
o
C; N sinfi uchun 125
o
C dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Sovitishni
ng bu tizimi
kam samarali
bo‘lganligi
sababli
kuchlanishi 15
kV gacha,
quvvati
1600 kVA
gacha
bo‘lgan
3.4-rasm. DS tizimi sovitgichning prnsipial sxemasi: 1–transformator
transformatorlar
baki; 2-elektr nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5-puflash ventilyatori.
uchun qo‘llaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli
transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarda chulg‘am va magnit
o‘tkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator
kuvirlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator yuklamasi nominal
bo‘lganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida yo95
o
C dan
oshmasligi kerak.
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki,
quvvatga
qarab, qovurg‘alar, sovitish kuvirlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyasiyash yo‘li bilan sovitish (D) quvvati katta
transformatorlarda qo‘llaniladi. Bu holda radiator kuvirlaridan tashkil topgan osma
sovitgichlarga ventilyator o‘rnatiladi. Ventilyator pastdan havoni so‘radi va
trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va
to‘xtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab,
avtomatik amalga oshirilishi mumkin.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyasiyalash
yo‘li bilan sovitish (DS) quvvati 63000 kVA va undan katta bo‘lgan transformatorlar
uchun qo‘llaniladi.
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar
tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning
sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyasiyasini hosil qiladi (3.4-rasm). Moy
katta tezlikda sirkulyasiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash
hisobiga sovitgichlar issiqlikni ko‘p uzatadi va ixchamdir.
Sovitishning bunday
tizimiga o‘tish transformatorlarning o‘lchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini
beradi.
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning
baki yonidagi alohida poydevorga o‘rnatilishi mumkin.
Moy majburan sirkulyasiyalanadigan moy-suvli sovitish (S) prinsipial jihatdan
DS tizimiga o‘xshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan
iborat bo‘lib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi.
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining
oldini olish uchun moy
sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2
N/sm
2
) ga ortiq bo‘lishi kerak. Sovitishniig bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi
jihatidan ancha murakkab bo‘lib, gidrostansiya va yopiq xonalarga o‘rnatiladigan
(100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
DS va S sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyasiyalash
qurilmasi traisformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va
transformatorning yuklanishidan qat’iy nazar uzluksiz ishlashi kerak. Shu bilan
birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning yuklanishisiga qarab
aniqlanadi.
Bunday
transformatorlar
moyning
va
sovituvchi
suvning
sirkulyasiyalanishini to‘xtatish, ventilyatorni to‘xtatish kerakligi haqidagi
signalizatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, hozir chulg‘amlari juda ham past haroratgacha
sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilmoqda.
Metall past haroratda o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lib, chulg‘am
kesimini
keskin kamaytirish imkonini beradi. O‘ta o‘tkazuvchanlik prinsipidagi
transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va undan yuqori
bo‘lishiga qaramay kichik og‘irlikka ega.
Har bir transformator qo‘yida ko‘rsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga
eta:
1) fazalar soni (bir fazali uchun-0, uch fazali uchun-T);
2) sovitish turi - yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;
Z) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan chulg‘amlar soni (agarda u
ikkitadan ortiq bo‘lsa); uch chulg‘amli transformatorlar uchun T,
ajratilgan
chulg‘amli transformator uchun P (fazalar sonidan keyin ko‘rsatiladi);
4)
chulg‘amlardan biri RPN qurilmasi bilan tayyorlangan bo‘lsa,
qo‘shimcha N harfi bilan belgilanadi;
5)
avtotransformatorlarni belgilash uchun birinchi o‘rinda A harfi
qo‘iiladi.
Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi ko‘rsatiladi. Bir xil
parametrli, bir xil konstruksiyali turli korxonalarda ishlab chiqariladigan
transformatorlar uchun, shu konstruksiyadagi transformatorlar qaysi yildan boshlab
ishlab chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Masalan: TMN-10000/110 - 67 - uch fazali, ikki chulg‘amli, moy bilan tabiiy
sovitiluvchi, RPN li nominal quvvati 10000 kVA, 110 kV klassli, 1967
yilda
yaratilgan konstruksiyali transformator.