Fonetik-fonematik buzilishlarni oldini olish va korreksiyalash uchun "yuqori aqliy funktsiyalarni rivojlantirishning ontogenetik printsipi" ni hisobga olish kerak, bu rivojlanishning verbaloldi bosqichlariga tayanishni o'z ichiga oladi.
Tuzatish va rivojlantiruvchi ta'limning vazifalari quyidagilardan iborat:
Umumiy nutq ko'nikmalarini rivojlantirish;
Umumiy va mayda qo’l motorikasi ko'nikmalarini, nutq va harakatni muvofiqlashtirishni rivojlantirish;
Artikulyar vosita ko'nikmalarini rivojlantirish, til maqshlarni ishlab chiqish;
Eshitish gnozini shakllantirish, fonematik idrokni rivojlantirish;
So‘zning bo‘g‘in tuzilishini hosil qilish;
Bolalarning so'z boyligini boyitish va faollashtirish;
Tilning grammatik kategoriyalari haqida tushunchalarni shakllantirish;
Bolalarning nutq faolligini rag'batlantirish;
Og'zaki muloqotni rivojlantirish.
Profilaktika va korreksiyaning birinchi bosqichi nutq faoliyatining sensomotor darajasini optimallashtirish bo'ladi, bu quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Ikkinchi bosqich eshitish gnosisining shakllanishi
Nonutqiy
tovushlarni eshitish:
musiqiy tovushlar va ohanglar
hayvonlar va odamlarning ovozlari
ritm hissi
maishiy va tabiiy shovqinlar
Uchinchi bosqich fonematik jarayonlarning shakllanishi bo'ladi, bu esa o'z navbatida uch bosqichda rivojlanadi.
1-bosqich-tovushlarni idrok etish
2-bosqich-tovushlarni idrok etish va takrorlash
3-bosqich-tovushlarni yozma nutqda mustahkamlash bilan idrok etish va takrorlash
Bunga parallel ravishda talaffuzi buzilgan tovushlarni qo’yish va mustahkamlash bo'yicha ishlar olib boriladi.
Korreksion ishni rejalashtirish, metodik usullar mutaxassislar tomonidan aniqlangan tashxisga, bolaning buzilgan psixomotor funktsiyalarining darajasiga bog'liq. Mashg’ulotlar individual shaklda o'tkaziladi, lekin shu bilan birga mashg’ulotlarni tashkil etishning kichik guruh shaklida, ayniqsa, tayyorgarlik bosqichida foydalaniladi.
Ishning barcha bosqichlarida nutqning fonetik-fonematik tomonini rivojlantirish bo'yicha individual va kichik guruh mashg’ulotlari bitta umumiy tuzilishga ega bo'lishi mumkin, ammo ish bosqichiga qarab unga ba'zi o'zgarishlar kiritiladi.
N. V. Nisheyeva tomonidan taklif qilingan mashg’ulot tuzilishi.
Mashg’ulotning tuzilishi:
Umumiy nutq ko’nikmalari.
Umumiy motorika
Mayda qo'l motorikasi.
Artikulyatsion mashqlar
Fonematik idrokni rivojlantirish
Bo‘g’in tarkibi.
Lug’at.
Nutgqning grammatik tuzilishi.
Turli xil ish shakllari va usullaridan fotdalanish nutq buzilishlarini bartaraf etishda samaradorlikka olib keladi.
Taklif etilayotgan ish reja nutqi fonetik-fonematik tomondan rivojlanmagan va nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar bilan ishlashda qo'llanilishi mumkin. O’z vaqtida olib boriladigan korreksion ishlar maktab davrida bilimlarni o'zlashtirish uchun asos yaratishga yordam beradi va o’qish va yozishda xatolarning oldini oladi. ontogenezda nutqni shakllantirish qonuniyatlariga muvofiq, asta-sekin, tabiiy ravishda nutqni rivojlantirish bosqichlaridan o'tishga imkon beradi.
Katta yoshdagi bolalar uchun korreksion ish rejasi:
I bosqich - nutq faoliyatining sensomotor darajasini oshirish
Maqsad: nutqni sensomotor ta’minlanishining plastikligini oshirish, nutq-eshitish va nutq-motor analizatorlarini tovushlarni to'g'ri idrok etish va talaffuzga tayyorlash.
Umumiy nutq malakalari.
To'g'ri fiziologik va nutqiy nafasni shakllantirish
Nutq ravonligi ustida ishlash
Ovozning kuchini o'zgartirish qobiliyatini rivojlantirish: baland ovozda, past ovozda gapirish, shivirlash
Nutq tezligini rivojlantirish
Aniq diksiya ustida ishlash
Nutqning intonatsion ekspressivligi ustida ishlash
2. Umumiy motorika.
tanani his qilishni va nazorat qilishni o’rgatish
nutqni harakat bilan muvofiqlashtirish
umumiy motorikani rivojlantirish
3. Mayda qo’l motorikasi.
barmoqlar va mayda qo’l motorikasini rivojlantirish
qo'llar va barmoqlar harakatlarini statik va dinamik muvofiqlashtirishni rivojlantirish
4. Artikulyatsiya gimnastikasi
artikulyar apparatlar organlarining harakatchanligini rivojlantirish
tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish uchun artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash
yuz mushaklarini rivojlantirish
5. Ko’ruv va eshitish diqqati. Fonematik idrok.
Eshitish gnozini shakllantirish, ya'ni. nutqiy bo'lmagan tovushlarni (shovqinlar, musiqa tovushlari, hayvonlar, qushlarning ovozi va boshqalar) tanishga o'rgatish.
nutqiy bo'lmagan va nutq tovushlariga eshitish diqqatini rivojlantirish
6. So‘zning bo‘g‘in tuzilishi:
bolani ona tilidagi so'zlarning ritmik tuzilishini o'zlashtirishga tayyorlash.
fonetik-fonematik bazani yaratishga hissa qo'shish: tovush darajasi, bo'g'in darajasi.
7. Lug‘at
mavzular bo'yicha nutqning turli qismlari bilan so'z boyligini kengaytirish va faollashtirish.
8. Nutqning grammatik tuzilishi
Nutqda otlarni birlik va ko’plikda qo’llash.
Kichraytiruvchi-erkalatuvchi qo’shimchalardan foydalanish.
Ot va son, sifat va sonni moslashtirish;
II bosqich – eshituv gnozisini shakllantirish
Maqsad: tevarak atrofdagi nonutqiy tovushlarni taniy olish va alohida tovushni taaffuz qilish ko’nikmasini shakllantirish формирование навыка узнавания неречевых звуков окружающего мира и правильного произношения изолированного звука.
1. Umumiy nutqiy ko’nikmalar
To’g’ri fiziologik va nutqiy nafasni shakllantirish bo’yicha ishni davom ettirish
Nutqning ravonligi ustida ishlashni davom ettirish
Ovoz kuchini o’zgartirish ko’nikmalarini mustahkamlash
Ifodalilikni takomillashtirish
2. Umumiy motorika. Harakatli nutq
O’z tanasini his qilish va uni boshqarishga o’rgatishni davom ettirish.
Nutq va harakatning mutanosibligi
3. Mayda qo’l motorikasi.
Kaft va barmoqlar mushaklari harakatchanliginini rivojlantirish ishlarini davom ettirish.
4. Artikulatsion mashqlar
Artikulatsion apparatning harakatchanligini oshirish ishlarini davom ettirish
Kerakli harakatlarni to’g’ri qo’llashni o’rgatishda davom etish, ularning aniq, ravonligi ustida ishlash.
5. Fonematik idrok
Nonutqiy tovushlarga fonematik diqqatini rivojlantirish
Nutqiy tovushlarga fonematik diqqatini rivojlantirish
Tovushlarni idrok etish bosqichida fonematik jarayonlarni rivojlantirish
Tovushlarni idrok etish va talaffuz qilish bosqichida fonematik jarayonlarni rivojlantirish
6. Bo’g’in tarkibi
Fonetik-fonematik bazani yaratishga ko’maklashish: bo’g’in darajasi, so’z darajasi
7. Lug’at
Mavzular bo’yicha turli so’z turkumiga oid so’zlar bilan lug’atini boyitish va faollashtirish
8. Nutqning grammatik qurilmasi
Sonni ot bilan moslashtirishni o’rgatishni davom ettirish
Nutqda ko’makchilarni qo’llashni o’rgatish
Gapda so’zlarni shaxs-sonda va kelishiklarda moslashtirishni o’rgatish
III bosqich – fonematik jarayonlarni shakllantirish
Maqsad: jumlali nutqlarda tovushlarni to’g’ri farqlash va talaffuz qilish ko’nikmalarini shakllantirish.