I bosqich: tovushlarni idrok etish
Maqsad: berilayotgan tovushlarga bolalarni harakat, ishora, kartochka, rasm bilan javob berishni o’rgatish.
II bosqich: tovushlarni idrok qilish va chiqarish
Maqsad: tovushlarni idrok etish va chiqarishning birgalikdagi jarayonida tovush talaffuzini shakllantirish; eshitish orqali tovushni ajratish va uni talaffuz qilish.
III bosqich: tovushlarni idrok qilish va aytish jarayonini ularni yozma nutqda mustahkamlash bilan olib borish.
Maqsad: tovush va harf aloqasini; tovushni eshitib ajratish, uni talaffuz qilish, harfda ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish;
1. Umumiy nutqiy ko’nikmalar
To’g’ri fiziologik va nutqiy nafasni shakllantirish bo’yicha ishni davom ettirish
Nutqning ravonligi ustida ishlashni davom ettirish
Ravon diksiya va ohangning ifodaliligi ustida ishllashni davom ettirish.
2. Umumiy motorika. Harakatli nutq
Nutq va harakat mutanosibligi
3. Tovushlar avtomatizatsiyasi
- Bo’ginlar materialida qo’yilgan tovushlarni talaffuz qilish ko’nikmalaini mustahkamlash (to’g’ri, teskari, undoshlar birga kelgan bo’g’inlarda)
- so’zda (tovush so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida jaoylashgan holatida)
- gap
- Qofiyali sof nutq mashqlari, tezaytishlar, erkalamalar, she’rlarda.
4. Fonematik idrok
- Idrok etish va talaffuz bosqichida fonematik jarayonlarni rivojlantirish;
- Tovushlarni drok etish va talaffuz bosqichida ularni yozma nutqda ham mustahkamlash;
5. Bo’g’in tarkibi
- Fonetik-fonematik bazani taratishga ko’maklashishni davom ettirish, bo’g’in darajasi, so’z darajasi.
- So’zning bo’g’in tarkibini so’zda, so’z birikmalarida, she’rlarda, tez aytishlarida, hikoyalarda aniq va tog’ri talaffuz qilishni mustahkamlash.
6. Lug’at
- Mavzular bo’yicha turli so’z turkumlarida lug’at boyligini boyitish va faollashtirishni davom ettirish.
7. Nutqning grammatik qurilmasi
- Otdan sifat yasashni o’rgatish
- Nutqda ko’makchilarni va kelishiklarni qo’llshni o’rgatish
Gapda so’zlarni shaxs-sonda va kelishiklarda moslashtirishni o’rgatishni davom ettirish
Dostları ilə paylaş: |