Mannonova Dilshodaxonning Mediasavodxonligi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 2,9 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü2,9 Mb.
#160253
operatsion tizim

Mannonova Dilshodaxonning Mediasavodxonligi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

Operatsion tizim - kompyuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirishchiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin. Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir.


Operatsion tizim haqida tushuncha

30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi. Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan. 30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi.

1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. "Oyna") nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b. 1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi.

Windows xaqida.


WINDOWS Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.

Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi. Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti

Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.

Android (yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“ „odamsimon robot“) smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, pristafkalar, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari, televizorlar, proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.


Android xaqida.

Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.

Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %da Android tizimi oʻrnatilganligi hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi. Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga c va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin