Amaliy mashg`ulot № 9
Mavzu: Kompyuter shinalari.
Ishdan maqsad: Ichki xotira qurilmalari - operativ xotira va doimiy xotira qurilmalari ishini urganish. Operativ xotira qurilmalari mikrosxemalarini tadqiq etish.
NAZARIY QISM
Operativ xotira - bu Kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko`pincha ma’lumotlar va dasturlar faqat Kompyuter qo`shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O`chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma’lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o`tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o`zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manbaga ulanilganda saqlangan ma’lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin.
Operativ xotira qurilmasi ba’zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo`lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma’lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog`lik emas. Kompyuter xotirasi xaqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya’ni ishlatilayotgan protsessor, avvalombor faol dasturlar va ma’lumotlar saqlovchi xotira mikrosxyemalari yoki modullari tuo`uniladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalarga nisbatan ham ishlatiladi.
Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxyemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joylashtirish - bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo`yicha aniq xotira manzillariga o`rnatishdir.
Zamonaviy Kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko`rinishi ishlatiladi.
ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi - DXK, ma’lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas.
DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi tanlangan dinamik xotira qurilmasi.
Dostları ilə paylaş: |