ROM tipidagi xotira. ROM tipidagi xotira (Read Only Memory), yoki DXK (Doimiy xotira qurilmasi) da, ma’lumotarni saqlash mumkin bo`lib, o`zgartirish mumkin emas. Bu ko`rinishdagi xotiralar faqat ma’lumotlarni o`qish uchun ishlatiladi. ROM ba’zan energiyaga bog`lik bo`lmagan xotira deyiladi, chunki unga saklangan barcha ma’lumotlar manba uzilgani bilan o`zgarmaydi. Shuning uchun ROMda shaxsiy Kompyuterlarni yuklash buyruqlari, ya’ni tizimni yuklaydigan dasturiy ta’minot joylashgan. Eslatib o`tish lozimki, ROM va operativ xotira bir birini inkor etuvchi tushunchalar emas. Boshkacha so`z bilan aytganda, operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu operatssion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni saklash uchun zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxyemalarida joylashgan bo`lib, adapter platalarida shunga o`xshash mikrosxyemalar mavjud. Ular aniq platalar uchun, ayniqsa boshlang`ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar uchun kerak bo`lgan kiritish-chikarish va drayverlar bazaviy tizimlari yordamchi qism dasturlarni o`zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. Boshlang`ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROMga ega bo`lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang`ich yuklash jarayonidan keyin yuklanishi mumkin.
Doimiy xotira mikrosxyemasining quyidagi turlari mavjud:
1. Bir marta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxyemasi – (PROM –Programmable Read Only Memory) PPZU 2. Ko`p marta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxyemasi – (EEPROM – Electrically Erasable Programmable Read Only Memory) RPZU SRAM kesh-xotira. Xotiraning boshqalaridan farq qiluvchi turi - statik operativ xotira mavjud (Static RAM — SRAM). Bu nomlanishni qo`yilishi shundaki, dinamik operativ xotira (DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy regeneratsiya kilish talab etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM dinamik operativ xotiraga nisbatan tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar ishlovchi chastotada ishlay oladi.
SRAM ga kirish vakti 2 ns. dan ortik emas; bu shuni bildiradiki bu kabi xotira bilan 500MGts va undan yuqori chastotali protsessorlar bilan sinxron ishlash mumkin. Xar qaysi bitni saqlash uchun SRAM qurilmasi olti tranzistorli klasterdan foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish regeneratsiya zarur emasligini bildiradi. (Demak, hech qanaka kondensatorlar mavjud bo`lmasa, u xolda zaryadlar yo`qotilmaydi.) Qachon elektr ta’minot tusha borsa, SRAM xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima uchun SRAM mikrosxyemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAMni dinamik operativ xotira bilan taqqoslanilganda tezkorligi yuqori, zichligi esa past, narxi esa yuqori. Zichligi pastligi shundaki, SRAM mikrosxyemalari katta o`lchamga ega bo`lib, ularning axborot sig`imi past bo`ladi. Ko`p sondagi tranzistorlar va ularning klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxyemalari gabaritini oshiradi, balki DRAM mikrosxyemalariga o`xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda uning texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi.
Masalan, DRAM moduli xajmi 128 Mbayt yoki undan ko`p bo`lsa, shu vaqtda o`lchami taxminan unga teng SRAM moduli xajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi va ularning narxi bir xil bo`ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ xotira o`lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida xam shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy Kompyuterlarda operativ xotira sifatida ishlatishga qarshilik qiladi.
Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK effektivligini oshirish uchun ishlatiladi. Ammo sezilarli darajada narxni oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo`lmagan tezkor SRAM xotirasi o`rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor takt chastotasiga yaqin va unga teng bo`lib, bu xotira o`qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi. Ma’lumotlarni o`qish jarayonida tezkor kesh-xotira operativ xotiradan past tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAMdan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns dan kichik bo`lmasligi kerak (16 MGts takt chastotaga mos keluvchi). Agarda shaxsiy Kompyuter 16 MGts takt chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak bo`lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan bo`lishi kerak. Protsessor takt chastotasi 16 MGtsga ko`tarilsa, DRAMni protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo`lmay qoladi, shu sababli ishlab chiquvchilar shaxsiy Kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va 1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo bo`lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy Kompyuterlarda dastlabki kesh-xotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi SRAM mikrosxyemalariga o`rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga ma’lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma’lumotlarni yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari operativ xotiradan emas, balki tezkorligi birmuncha past bo`lgan tezkor keshdan yuboriladi.
Kesh -xotira “soddalik” mikdorini qisqartirishga va Kompyuter tezkorligini oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy Kompyuterlarda odatda ikki tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2). Birinchi darajali kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxyemalari qismi bo`lib, u protsessorga quriladi. Yuqoridagi birinchi darajadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor mikrosxyemalariga qo`shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxyemalariga tashqi tomondan o`rnatiladi. Dastlab u tizimli plataga o`rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha Kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o`rnatilgan bo`lsa, u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessor tegishli ulanish joyiga o`rnatiladi.
Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon protsessorlariga asoslangan keyingi Kompyuterlarda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessorni qismi bo`ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga nisbatan u tashqi deyilib, u alohida mikrosxyema sifatida protsessor qobig`i ichiga (kartrijga) o`rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech qanaqa kesh yo`q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlonda ikkinchi darajadagi kesh-xotiralar protsessor mikrosxyemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi kesh-xotiraga o`xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri).
TOPShIRIQ VA IShNING BAJARILISh TARTIBI:
Topshiriq: Quyidagi 1 – jadvalni to`ldiring.