3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish



Yüklə 46,89 Kb.
səhifə1/12
tarix14.12.2023
ölçüsü46,89 Kb.
#178026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org


3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish


3-MAVZU


Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish.



Ma’ruza rejasi:

1. Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi.



2. Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari.
3. Yo‘l va hisob-chipta varaqasi, ularni qayta ishlash.
1. Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi
Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportining ishini tashkil etish va boshqarish texnologiyasining so‘nggi bosqichi hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish- avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish va sozlash ma’nosida qo‘llanib kelinayapti.
Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini rasional tashkil etish ishlari ikki qisimdan iborat bo‘ladi.
1. Tashkiliy masalalar, ya’ni yo‘lovchi tashish rejasini ishlab chiqish va asoslash.
2. Boshqaruv masalalari. Bu masalalar o‘z ichiga yo‘nalishlarda transport harakatini nazorat qilish va boshqarish hamda tashish bo‘yicha tasdiqlangan rejani bajarilishini ta’minlash.
Birinchi masala bilan avtokorxonalarninig tasarruf xizmati bo‘limi shug‘ullanadi. Boshqaruv masalalri bilan esa nozimlik xizmatchilari shug‘illanadilar.
Dispetcherlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- avtobuslarni harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan chiqishini ta’minlash va nazorat qilish;
- avtobuslar harakatini yo‘ nalish jadvalida belgilangan tartibda kelishini kuzatish va nazorat qilish.
- avtobuslarning harakati yo‘nalish jadvalida belgilangandan farq qilgan holatda harakat yo‘nalishini qayta tiklash.
- yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatini boshqarish.
- harakat muntazamligini ta’minlash va hokazo.

Yüklə 46,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin