3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish


Yo‘nalishlar tarmog‘i ko‘rsatkichlari



Yüklə 46,89 Kb.
səhifə9/12
tarix14.12.2023
ölçüsü46,89 Kb.
#178026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org

Yo‘nalishlar tarmog‘i ko‘rsatkichlari
Yo‘nalishlar tizimi deyilganda Shahar, tuman, yoki viloyat hududidagi barcha umumfoydalanish transporti yo‘nalishlari yig‘indisi tushuniladi.
Yo’lovchi tashish transporti tarmoqlarida yo’lovchilarning qulay harakatlanishi , barcha turdagi transportlarning o‘zaro muvofiq ishlashi yo‘nalishlar tiziminining takomillashganligiga bog‘liq.
Shahardagi ko‘cha va yo‘laklardan o‘tadigan avtobus yo‘nalishlari Shahar avtobus tarmog‘ini tashkil etadi.
Barcha turdagi transport (avtobus va tramvay) yo‘nalishlari birgalikda Shahar transport tarmog‘ini tashkil etadi.
Shahar transport tarmog‘iga qo‘yilgan talablardan eng asosiylariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- iloji boricha ko‘zlangan manzilga bitta transportda etib olish;
- manzilga kam vaqt sarf qilib tez yetib borish;
- transport vositasidagi yo’lovchilar soni uning me’yoriy sig‘imidan katta bo‘lmasligi;
- yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash.
Yo‘nalish tarmog‘ini tanlash va asoslash yo’lovchi oqimining taqsimlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlash yo’lovchilarni manzillariga etib borishi uchun sarflaydigan vaqtini kamaytiradi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshishiga olib keladi.
Yo‘nalishlar tizimining tarmoqlanishini tavfsiflash uchun yo‘nalish koeffitsientidan foydalaniladi.
Yo‘nalish koeffitsienti (Ky) barcha avtobus yo‘nalishi uzunligini (∑Ly) avtobus yo‘nalishlari o‘tgan ko‘cha va yo‘llarning uzunligiga (Lm) ya’ni avtobus tarmog‘i uzunligiga nisbati bilan aniqlanadi:
Ky =
Yo‘nalish koeffitsienti qancha katta bo‘lsa, yo’lovchilarga shunchalik qulay sharoit yaratiladi. Misol. Shahardagi barcha avtobus yo‘nalishlarining uzunligi 2000 km va bu yo‘nalishlardagi yo‘llarning uzunligi 1000 km bo‘lsin. U holda yo‘nalish koeffitsienti:
Ky = bo‘ladi
Transporti tarmog‘i yaxshi rivojlangan Shaharlar uchun bu ko‘rsatkich 2-3,5, transport tarmog‘i kam rivojlangan Shaharlarda esa 1,2 – 1,3 ga teng bo‘ladi.
Avtobus yo‘nalishining uzunligini shahar maydonining yuza birligiga
(G)to‘g‘ri kelishi transport tarmog‘ining zichligi deb ataladi:

Transport tarmog‘ining zichligi qancha yuqori bo‘lsa, yo’lovchilarni bekatga borish uchun sarflaydigan vaqti shunchalik kam bo‘ladi.


Transport tarmog‘ining zichligi yirik Shaharlarda 2- 2,5 km/km2 dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Shaharning markaziy tumanlarida esa bu ko‘rsatkich 5-7 km/km2 bo‘ladi.
Yo’lovchilarni bir yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tish masofasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, km
Misol: = 2,5 km/km2 , bo‘lsa,
ga teng bo‘ladi.



Yüklə 46,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin