3. Jismoniy mashqlarning ta`sirini belgilovchi omillar



Yüklə 18,68 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü18,68 Kb.
#123747
3.Jismoniy mashqlarning ta`sirini belgilovchi omillar


3.Jismoniy mashqlarning ta`sirini belgilovchi omillar
Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy ta`sir ko’rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta`sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta`sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruhlanadi:
1. O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Ta`lim jarayoni ikki tomonlama – o’quvchilar wqiydi, o’qituvchi wqitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta`siri keng darajada kim wqitayotganligiga va kimlarni wqiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bog’liq.
2. İlmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini tomonidan anglanishi me`yorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bwlsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruhini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni o’qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun qwllanayotgan usuliyat (jismoniy qabiliyatni ochsin, o’zlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar hisobga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, ya`ni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki sog’lomlashtirish)ni hal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, ciklik, aciklik harakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo’lgan takrorlash usuliyatlari (bwlaklarga ajratib yoki mashqni twla bajarish bilan o’rgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oralig’ida aktiv dam olishni qwllash kerakmi yoki passiv dam olishni ta`minlay oladimi vahokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qwyilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bwlishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi hamda uning intensivligi, takrorlash chastotasi (interval va dam), takrorlashlar oralig’idagi dam olishning xarakteriga bog’liq. Yuklamani boshqarishda yuqorida kwrsatilayotgan hollarning o’zaro munosabati hisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bog’liq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qwllanganda balandroqqa chiqish imkoni bo’ladi.
Jismoniy mashq bajargandan swng organizmda maxsus funkcional o’zgarish vujudga keladi va u ma`lum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o’zgarish fonida keyingi mashqning ta`sir samarasi yanada boshqacharoq bwlishi mumkin. Dastlabki va swngi mashqda mashg’ulot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinaciya talab qiluvchi harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan swng muvozanat saqlash mashqlarini o’zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bwlishi mumkin. Ta`sirning oz yoki kuchlilik darajasi o’zining chuqurligi va davomiyligi, o’quvchi holati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va hokazolarga bog’liq. Mashqlar ta`sirining kompleksini ishlab chiqish harakat faoliyatining asosiy ta`siri samarasini hisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar ta`siri tizimini har bir yosh guruhi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.
Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin