mavzu soat juftlik Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü27,32 Kb.
#211994
  1   2   3
Muloqot 5-mavzu






5-mavzu 4 soat 2 juftlik
Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar.



Reja:

  1. Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar.

2. Muloqot samaradorligiga ta‘sir etuvchi shaxs sifatlari
3. Empatiya, identifikatsiya, refleksiya.
4. Muloqot samaradorligida noverbal kommunikatsiyani o‘rni
Mashgulot maqsadi:Talabalarga Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar haqida ma’lumot berish.
Mavzuni organish natijasida talaba:Talabalar mavzu bo‘yicha yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. G‘oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 20018.


Asosiy adabiyotlar:
1. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent, 2017.
2. F.I. Xaydarov, N.I. Xalilova. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2019
3. Maqsudova M. Muloqot psixologiyasi. Toshkent, 2006.
4. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya.Toshkent, 2018
Internet saytlari:


Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar: Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakillangan sifatlari, fazilatlari yaxshi shakillangan bo‘lsa (xushmuomalalilik,kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri, so‘zlilik,vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi.
Insonlar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o‘z oldiga boshqalarga t’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo‘yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatida aks etadi. Demak, muloqot samaradorligi kishilarning birgalikdagi faoliyatlarida kuzatilishi tabiiy hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan sifatlar muloqot samaradorligiga sabab bo‘ladi.
Psixologiyada “rol” deganda ijtimoiy mavqeyni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilardan kutadigan, normativ tomonidan ma’qullangan hulq-atvor na’munasi tushuniladi(yosh,mansab,jins va oiladagi rollarda namoyon bo‘lishi mumkin). O‘z navbatida har bir rol o‘ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqotvazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin.
Masalan xizmat joyida direktor, agar kasal bo‘lsa bemor rollarini bajaruvchi bo‘lishi mumkin. Bu jarayonlarda atrofdagilar undan ma’lum na’munaga mos keluvchi xulq-atvorni kutadilar. Insonnning boshqalar undan nimani kutayotganini nimani eshitishga va va unda nimani ko‘rishga tayyor ekanligini to‘g‘ri,aniq,xatosiz ko‘chira olish qobiliyati “takt” deb ataladi. Muloqot samaradorligiga ta’sir e’tuvchi shaxs sifatlari.
Muloqot jarayonida insonlar muloqotni samarali bo‘lishi uchun ta’sir etuvchi omillardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umumiy faoliytda ishtirok etar ekan odamlar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ta’sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etishning sifatida tushuniladi. Muloqotni samarali bo‘lishida shaxsning shakillangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakillangan bo‘lsa (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri so‘zlilik, vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o‘tadi. Chunki, shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlarti uchun, muloqot samarali bo‘lishi uchun ular bir-birlarini tushunishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo‘lib, voqea, hodisalarga oqilona munosabatda bo‘lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin