1.Psixologiya haqida
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan,
u o‟zining
bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‟ritosh,
jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi.
Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‟ladi. Ana shu holatlarning
barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy
borliqdagi narsa va hodisalarni jonli yaratuvchi murakkab jarayon bo‟lib, u
insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‟unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo‟sh, psixika nima? Psixika - yuqori darajada tashkil
topgan materiyaning tizimli
xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur
borliq manzaralarini subyekt o‟zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‟z
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir.
Psixikada o‟tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning
hodisalari ifodalangan,
tartibga solingan faoliyat va xattiharakatlarni boshqarishdir. Uning namoyon
bo‟lish shakllari va ularning o‟zaro bog‟liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok,
xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot,
emotsiya,
e‟tiqodlilik, bardamlik, tetiklik,
qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik,
ijodiy
ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‟nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat,
iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi,
ish uslubi, mas‟uliyat) da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek,
insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining hilma-hil ko‟rinishlarini o‟rganuvchi
fan.