3-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport
bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni.
2. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni
yaxshilash
to‘g‘risidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni
yaxshilash” to‘g‘risidagi 13.05.2005 № 119 –sonli buyrug‘i.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish haqida”. 2002 yil 24 oktyabr PF –3154- sonli
Farmoni.
Respublikamiz Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 24
iyulda qabul
qilingan Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan “Jismoniy tarbiya va sport
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
haqida O’zbekiston Respublikasining Qonuni uch modda:
1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 14
yanvarda qabul qilingan
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi 513-XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston
Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 76-II-sonli Qonuni tahririda)
(O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 147-
modda;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil,
№ 9, 309-modda) o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin.
2-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.