3-Mavzu: Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish. Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi



Yüklə 25,05 Kb.
səhifə1/2
tarix23.03.2023
ölçüsü25,05 Kb.
#89217
  1   2
3-Mavzu maruza


3-Mavzu:Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish.
1. Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi.
2.O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy maqsad va yo`nalishlari.
3. Sog`liqni saqlash tiziminining me`yoriy – huquqiy asosini yaratish.
4.Tibbiy yordamning birlamchi bo`g`inini yaratish.

Fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq masalalar davlatimizning hal etilishi kechiktirib bo‘lmaydigan, ustuvor vazifalaridan biridir. O‘z vaqtida qator afzalliklarga ega bo‘lgan sobiq ittifoq davridagi sog‘liqni saqlash tizimi, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish bo‘g‘ini zamon talabiga javob bermay qo‘ydi. Xususan, yagona vrach-terapevt tomonidan birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatiladigan uchastka-hududiylik tamoyili asosida shakllangan birlamchi bo‘g‘inga o‘tgan asming ikkinchi yarmida tor ixtisoslik mutaxassislari kiritila boshladi. Shahar va tuman markazlarida joylashgan uchastka tibbiy xizmati tizimlarida dastavval pediatr, akusher-ginekolog, keyinchalik xirurg, nevropatolog, oftamolog va boshqa mutaxassislarga mo‘ljallangan ish o‘rinlari belgilandi. Shu bilan bir qatorda qishloq joylarid amalakali mutaxassislarga ega bo‘lmagan kamquvvat tibbiy muassasalar - feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va qishloq uchastka kasalxonalari ko‘paya boshladi. Oqibat natijada joylarda ambulator-poliklinik yordamning lozim darajada samara bermaydigan asoslanmagan tarzda ulkan tizimi vujudga keldi. Bu tizimda malakali mutaxassislaming etarli emasligi, moliyalashtirish mexanizmining to`liq shakllanmaganligiga qaramay, ish о‘rinlarining ko‘payishi o‘z navbatida sarf-harajatlaming haddan tashqari ortib ketishiga va, eng muhimi, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining pasayishiga olib keldi. Bunda aholi ehtiyojlariga mutanosib tibbiy yordam ko‘rsatishning aniq mezoni bo‘lmagan, tibbiyot xodimlari esa buning uchun kerakli malaka, manfaatdorlikka ega emas edilar. Oqibatda ambulatoriya, polikliknika sharoitida davolanishi mumkin bo‘lgan bemorlaming aksariyati kasalxonalarga yotqizilar edi. Mazkur holat aholiga ma’lum bir noqulayliklar tug‘dirishi bilan bir qatorda, asossiz tarzda zamonaviy jihozlanmagan, malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlanmagan kasalxonalarning soni va ulardagi bemorlar o‘rinlarining ko‘payishiga olib kelgan. Yuqorida keltirilganlami inobatga olgan holda mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning sifati va samaradorligini oshirish hamda bu sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lardan omilkorlik bilan foydalanishga imkon beruvchi chora-tadbirlami amalga oshirish zarurati vujudga keldi. Dastlabki yillarda onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli kasalliklarni kamaytirish va epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish, ekologik muammolami hal qilish, kasalxonalardagi bemor o‘rinlarini kamaytirish, sog‘liqni saqlashga ajratilgan mablag‘larning samaradorligini oshirish uchun maqsadli qayta taqsimlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda sog‘liqni saqlashda boshqaruv tizimining detsentralizatsiyasi, sog‘liqni saqlash tizimidagi ayrim muassasalami davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. Qishloq joylarida sog`iliqni saqlash tizimini isloh etishda O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 25 mayda qabul qilingan “Qishloq infrastrukturasini ijtimoiy rivojlantirish dasturi haqida”gi 182-son Qarori ahamiyatli dastlabki qadam bo‘ldi. Mazkur dasturga muvofiq feldsherakusherlik punktlari, qishloq-vrachlik ambulatoriyalari va qishloq uchastka kasalxonalaridan iborat bo‘lgan eski ko‘p bosqichli tibbiy muassasalar tizimi o‘miga etarli miqdorda zamonaviy jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan ta’minlangan qishloq vrachlik punktlarini qurish belgilangan. Shu bilan birga ushbu muassasalami umumiy tibbiy amaliyot tamoyillari bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan vrach va hamshiralar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Mamlakatda sog`loqni saqlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O ‘zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi” muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Ushbu dasturda 1998-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshiriladigan islohotning kontseptsiyasi berilib, uning maqsadi, tamoyillari va vazifalari ko‘rsatilgan. Dasturda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning quyidagi asosiy vazifalari belgilangan: - aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining davlat tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini ta’minlash; - aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish tizimini mustahkamlash; - davolash-profilaktika muassasalarini tashkillashtirish va joylashtirish tizimini mukammallashtirish, bosqichma-bosqich umumiy amaliyot vrachi tizimiga o‘tish; - tibbiy xizmatlar bozori va sug‘urta tibbiyotini yaratish; - davolash-profilaktika muassasalariga ko‘proq mustaqillik berish, soddalashtirish hisobiga sog‘liqni saqlash boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, sog'liqni saqlashda nodavlat sektori va xususiy vrach amaliyotini rivojlantirish; - bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishda byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, aralashish va xususiy moliyalashtirishning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog‘liqni saqlashning moliya bazasini takomillashtirish; - tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish; - tibbiy xodimlami tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish; - jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligi profilaktikasining turli shakllarini integratsiya qilish; - xalqaro hamkorlik va tarmoqqa chet el investitsiya va texnologiyalarini jalb qilishni kengaytirish. Ta’kidlash lozimki, islohotning kontseptsiyasiga binoan sog‘liqni saqlash moliya bazasini takomillashtirish vazifasi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda davlat byudjeti tomonidan qoplanadigan bepul xizmat va yuridik hamda jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobiga pullik xizmatlami farqlash orqali amalga oshiriladi. Dasturda tibbiy-sanitariya yordami doirasida quyidagi yo‘nalishlarda bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat tomonidan kafolatlanishi e’tirof qilingan: - shoshilinch, shu jumladan tez tibbiy yordam ko‘rsatish; - sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini va qator davlat / tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, awalambor ( qishloq joylarda tibbiy yordam ko‘rsatish; - aholini bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash; - ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilarga xavf tug‘diruvchi kasalliklar (sil, onkologik, psixiatrik, narkologik, endokrin va kasb kasalliklari) hollarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; - bolalami tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va davoldash (pullik kasalxonalardan tashqari); - o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha harbiy xizmat chaqiruvi yoshidagi shaxslami tekshiruvdan о ‘tkazish va davolash; - tug‘ruqqa yordam berish xizmatlarini ko‘rsatish (pullik muassasalardan tashqari); - turli imtiyozlarga ega bo‘Igan bemorlarni (nogironlar, urush faxriylari va etimlami) davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash Binobarin mamlakat aholisigadavlattomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordamining turlari, ushbu yordamni ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati SogMiqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlarida aniq keltiriladi. Ayni paytda mazkur muassasalarda ba’zi hollarda, jumladan norezidentlaiga, korxona, tashkilot va muassasa xodimlarini dispanserizatsiyadan о‘tkazish, sog‘lomlashtirish yoki dekretiv kontingentni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ma’lum bir faoliyatga yaroqlilikni aniqlash bo‘yicha shartnoma asosida pullik tibbiy xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Zero ushbu kontingent vakillariga ham shoshilinch va tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatilishi lozim. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari quyidagi holatlarda ham davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan: - davlat dasturlariga muvofiq profilaktika, tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami tashkil etish va o‘tkazish; - aralash moliyalashtirilgan dasturlar bo‘yicha davlat dotatsiyalarini ajratish; - davlat grantlari doirasida tibbiy kadrlami tayyorlash; - maqsadli milliy dasturlar bo‘yicha fundamental va ayrim amaliy ilmiy tadqiqotlami olib borish. “O ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi”da ko‘zda tutilgan barcha vazifalaming ahamiyati va muhimligini e’tirof qilgan holda, islohotning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: - yuqori samarali hammabop birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini tashkil etish; - samarali shoshilinch tibbiy yordam tizimini yaratish; - sog‘liqni saqlash muasasatarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; - sog‘liqni saqlash sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, barqaror va raqobatdosh nodavlat tarmog‘ini yaratish; - onalar va bolalaiga tibbiy yordam ко ‘rsatishni takomillashtirish; - tibbiy ta’lim va tibbiy xodimlami tayyorlash tizimini isloh qilish. Ta’kidlash lozimki, davlat dasturida belgilangan barcha vazifalar kabi ustuvor sifatida e’tirof qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha choratadbirlaming barchasi o‘zaro chambarchars bog‘liq bo‘lib, ulami birbiridan ajralgan, alohida holda hal qilib bo‘lmaydi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami barcha mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimining negizi bo‘lib, fuqarolaming sog‘liqni saqlash tizimi bilan aloqasinining birinchi bo‘g‘inidir. U tibbiy xizmatni aholi yashash va ish joylariga yaqinlashtirishni ta’minlaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini hamda Jahon oila vrachlarii tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra samarali hammabop birlamchi tibbiy yordam ко‘rsatish orqali aholining umuman tibbiy yordamga bo‘Igan ehtiyoji, murojaatlarining qariyib 90% ini qoniqtira oladi, ya’ni tashxis qo‘yilib, davolana oladi. Bu esa o‘z navbatida statsionar muassasalariga yotqizish, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam va yuqori texnologik, qimmatbaho tekshiruv usullaridan foydalanish zaruratini sezilarli darajada kamaytiradi. Pirovard natijada nisbatan kam sarf-harajatlar bilan aholining tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, tibbiy xizmatning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Ilgari sog`liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini ko‘p pog‘onali bo‘lib, feldsherlik-akusherlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq uchastka kasalxonasi, tuman kasalxonasi va, nihoyat, tuman markaziy kasalxonasidan tashkil topgan edi. Mamlakatda umumiy soni o‘n mingdan ziyod bo‘lgan ushbu muassasalami moliyalashtirish uchun sarflangan harajatlar behad katta bo‘lishigaqaramay,ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va samaradorligi talabga javob bermas edi. Shu sababli dasturga muvofiq birlamchi bo‘g‘in tibbiy muassasalari tarmoqlari va strukturasini qayta tashkillashtirib, soddalashtirib, mavjud besh pog‘onali tizim о ‘miga qishloq vrachlik punktlari va tuman markaziy kasalxonalari, shaharlarda esa oilaviy poliklinika va tuman, shahar kasalxonalaridan iborat samarali ikki pog‘onali birlamchi tibbiysanitariya yordami tizimi yaratilishi belgilangan. Shuningdek, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida umumiy vrachlik amaliyotiga bosqichma-bosqich o‘tish, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar moddiy-texnika bazasini mustakamlash, tibbiy kadrlami tayyorlash va ushbu muassasalaming boshqaruv hamda moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan o‘zgartirish ta’kidlangan. Dasturga muvofiq mahalla qo‘mitalari bilan kelishilgan holda qishloq vrachlik punktlari va oila poliklinikalari tarkibida aholiga yaqinlashtirilgan va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ ljallangan mahalla vrachlik punktlarini tashkil etish mumkinligi ham nazarda tutilgan. SogMiqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish ushbu sohaga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, xususiy va aralash moliyalashtirishning turli shakllarini rivojlantirish va tadbiq etish orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro hamkorlikni rivoilantirib, chet el investitsiyalarini jalb qilish ham ahamiyatlidir. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining mustaqilligini oshirish va boshqaruv tizimini soddalashtirish orqali samaradorligini ko‘tarish ko‘zda tutilgan. Xususan, dasturda birlamchi tibbiysanitariya yordami muassasalariga huquqiy va boshqaruv mustaqilligi berilishi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga ulami rag‘batlantiradi. Binobarin, samarali boshqaruvni ta’minlash maqsadida qishloq vrachlik punktlari shtatiga yangi - moliyaviy menejer lavozimi kiritildi. Mazkur muassasa rahbari asosan davolashprofilaktika faoliyati va uning sifatiga javob bersa, moliyaviy menejer esa zahiralami rejalashtirish va taqsimlash, hisob-kitob va moliyaviy hisobot masalalari bilan shug‘ullanadi. Awallari ambulatoriya-poliklinika muassasalariga xodimlar soni, muassasa xizmat qiladigan maydon, aholi tashriflari miqdoriga asosan moliya mablag‘lari ajratilib, bu muassasalarda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga iqtisodiy rag‘bat yo‘q edi va aksariyat hollarda vrachlar bemorlarni shifoxonaga jo'natishni ma’qul ko‘rardilar, profilaktik tadbirlarga etarli e’tibor bermas edilar. Dasturga binoan tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga asoslangan yangi moliyalashtirish tizimi joriy qilinadi. Jon boshiga moliyalashtirish birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga teng huquq asosida, ularga biriktirilgan har bir kishi uchun belgilangan yagona me’yorga ko‘ra moliya mablag‘larini taqsimlashni anglatadi. Zotan xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni, uning zichligi, jinsi va yoshi bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsientlar qo‘llaniladi. Jumladan, tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar boshqalarga nisbatan tibbiy yordamga ko‘proq murojaat qilishi sababli, mablag‘ning ko‘p qismi ular uchun ajratiladi. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish dasturida printsipial jihatdan yangi, bir butun zamonaviy shoshilinch tibbiy yordamini barpo etish ko‘zda tutilgan edi. Hozirgi kunda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, viloyat markazlarida uning filiallari va tuman, shaharlarda esa bo‘limlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu tizim barcha bo‘g‘inlarida shoshilinch yordam ko'rsatishga moijallangan statsionar klinik tuzilmalarni, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Qonunchilikda kafolatlangan fuqarolarga shoshilinch, tez tibbiy yordam asosan mazkur tizim tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladi. Dastuming yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri uzluksiz kasbiy rivojlanish va tibbiy ta’lim kontseptsiyasini yaratish orqali vrach, o‘rta tibbiy xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini isloh etishdir. Xususan, oliy tibbiy ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich - bakalavriaturada umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlansa, tegishli tibbiyot sohalari mutaxassislari ikkinchi bosqichda - magistratura orqali tayyorlanadi. Shuningdek, vrachlaming diplomdan so‘nggi uzluksiz kasbiy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali о‘rtatibbiy xodimlami tayyorlash maqsadida zamonaviy jihozlangan tibbiyot kollejlari barpo etildi, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida esa oliy ma’lumotli hamshiralami tayyorlash fakulbtetlari tashkil etildi. Uzluksiz tibbiy ta’lim kontseptsiyasini amalga oshirishda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini litsenziyalash va attestatsiyadan o‘tkazish masalasini hal qilish zarur. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida vrach va farmatsevtlami litsenziyalash va attestatsiya Markazi tashkil etildi. Dasturga binoan sog‘liqni saqlash sohasida raqobatdosh xususiy tizimni shakllantirish va rivojlantirish yangi xususiy davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etilishi, davlat tizimiga qarashli ayrim muassasalami xususiylashtirish, xususiy tibbiy amaliyotni yanada kengaytirish orqali amalga oshiriladi. Zero, bunda davlat tomonidan kafolatlangan hammabop bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi printsipi buzilmasligi lozim. Shuningdek, dasturda xususiy va aralash moliyalashtirilgan nodavlat tibbiyot muassasalari o‘z faoliyatining 20% ga qadar hajmida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha imtiyozli bemorlar guruhiga bepul xizmat ko‘rsatishlari ta’kidlangan. 2003 yil 26 fevralda chiqarilgan “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida “0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni islohotning ikkinchi bosqichining boshlanganligini belgiladi. Ushbu bosqichda ilg‘or chet el tajribasini inobatga olgan holda mamlakatda aholiga yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan, zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan klinika va tibbiy markazlarni yaratish ko‘zda tutilgan olish tizimi samaradorligini va ishonchliligini, avvalo, zararlanish manbalarini profilaktika qilish va tugatishga qaratilgan chora -tadbirlar hisobiga oshirish; -ayollar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, bo‘lg‘usi onalar sog‘lig‘i holati ustidan nazorat qilish sifatini tubdan oshirish, skrining-markazlar, bolalar va tug‘ruq muassasalarining moddiytexnika bazasini, ayniqsa qishloq joylarda, yanada rivojlantirish va mustahkamdash; -tibbiyot muassasalarining umumiy amaliyot shifokorlari va tor ixtisoslar bo‘yicha shifokorlarga nisbatan talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart- sharoitlami ta’minlash; -zamonaviy talablarga mos jihozlangan, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan va aholiga tasdiqlangan standartlarga muvofiq ravishda sifatli, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Ayni shu Farmonda yangi oltita respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining tashkil etilishi ko‘zda tutilgan edi. Unga binoan akusherlik va ginekologiya, pediatriya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulbmonologiya, endokrinologiya markazlari tashkil etildi. Albatta, aholining ixtisoslashgan tibbiy yordamga bo‘Igan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun keyinchalik yuqorida qayd etilgan markazlar tajribasiga tayangan holda sog‘liqni saqlashning boshqa sohalari bo‘yicha ham yangi ixtisoslashtirilgan markazlar tashkil etiladi. Mazkur Farmonda mamlakatda sog‘liqni saqlash muassasalari tashkiliy tizimini takomillashtirishga doir muhim o‘zgarishlar o‘z aksini topgan. Jumladan, viloyat shifoxonalari va alohida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari negizida davolashning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, terapiya, kardiologiya, urologiya va shu kabilar) bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, viloyat bolalar tibbiyot muassasalari negizida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida hamda viloyat markazlarida pullik asosda faoliyat yuritadigan tibbiy diagnostika markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari markaziy tuman (shahar) shifoxonalari, tegishli hududlardagi bolalar va kattalar poliklinikalari negizida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tashkil etilib, ularning zimmasiga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga profilaktika, sanitariya-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish hamda sog‘liqni tiklashga oid tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam berish vazifalari yuklangan. Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalari faoliyatini bosbqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq vazifalar 2007 yil 2 oktyabrdaqabul qilingan “Respublikatibbiyotmuassasalari faoliyati tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida berilgan. Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotning pirovard maqsadi aholining barcha qatlamlarining malakali tibbiy xizmatdan foydalana olish huquqini ta’minlashdir. Zero, bor imkoniyat, resurslardan samarali foydalanish, tibbiyot xodimlarining yuqori kasb tayyorgarligi, aholining tibbiy yordamga bo ‘Igan ehtiyojini о ‘z vaqtida qondirish va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatning samaradorligiga erishish ushbu vazifani lozim darajada, sifatli bajarishdagi zaruriy shartlardir.

Yüklə 25,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin