3 Osiyoning “qaynoq” nuqtalari tahlili Osiyo



Yüklə 0,7 Mb.
tarix17.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#115086
3 Osiyoning qaynoq nuqtalari tahlili


3 Osiyoning “qaynoq” nuqtalari tahlili
Osiyo — Yer sharidagi eng yirik va eng aholisi koʻp qitʼa boʻlib, shimoliy va sharqiy yarimsharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Malay arxipelagi qisman janubiy yarimsharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, sharqda Dejnyov burni, gʻarbda Bobo burni hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu qitʼada 4.5 milliard kishi yashaydi va bu koʻrsatkich Yer yuzidagi aholining 60 % ga teng.
Osiyo shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Tinch okean, janubdan Hind okeani, janubiy-gʻarbdan Atlantika okeani va bir nechta dengizlar (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov) hamda Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Bering dengizi esa Osiyoni Amerikadan ajratib turadi. Suvaysh boʻyni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mugʻojar togʻlarining sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari boʻylab oʻtadi. Osiyoning maydoni 44,5 million km², shundan 8 million km²'i yarim orollar, 2 million km² dan ortigʻi orollardir. Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar, jumladan koʻl boʻlib qolgan botiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz sathidan 392 m past boʻlgan Oʻlik dengizi), ochiq botiqlar ham (mutlaq belgisi 154 m boʻlgan Turfon soyligi) ushbu qitʼada joylashgan.
Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi togʻlar va yassitogʻlardir. Eng baland togʻlar Markaziy va Oʻrta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Pomir, Himolay, Hindukush, Qoraqurum va Oʻrta Osiyodagi bir qancha togʻ tizmalarining balandligi 7000 m dan oshadi. Kichik Oroldagi, Ar-maniston, Eron togʻliklari, Hin-dixitoy yarim orol, Yapon orollari va boshqa orollardagi togʻlar ham ancha baland. Keng Oʻrta Sibir yassi-togʻligi janubidan Oltoy, Gʻarbiy va Sharqiy Sayan togʻlari bilan oʻralgan; undan sharqda Baykal-boʻyi va Zabaykalye togʻlari, Stanovoy va Aldan togʻliklari joylashgan. Rossiya Federatsiyasining Shimoli-sharqida Yuqori Yana, Cherskiy tizmalari, Kolima togʻligi, Chukotka va Kamchatka togʻlari bor. Kamchatkada, Sha-rqiy Osiyo orollarida va Malay arxipela-gida soʻnmagan vulkanlar bor.
Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hind-Gang, Mesopotamiya. Togʻlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jungʻoriya, Gobi, Saydam va Fargʻona vodiylari.
Osiyoda Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Janubiy Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub. Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi. Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km² da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km² da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Janubiy va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning janubiy qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston yarim orolning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava orolda 1 km² ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shimoliy va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.
54 mlrd. aholi yashaydi (2022), bu Yer shari aholisining 60,6 %ni tashkil etadi.
Togʻlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp togʻ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli boʻlgan (Pomir, Tibet, Himolay togʻlari 4000 m dan koʻproq koʻtarilgan, materikning sharqiy chek-kasi 700 m gacha choʻkkan). Kopetdogʻ, Fargʻona tizmalari, Tyanshan, Hisor-Olay togʻlari ham anchagina koʻtarilgan. Eroziya taʼsirida koʻpgina qad. yassitogʻliklar juda oʻydimqir togʻli oʻlkalarga lanib qolgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin