Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/7
tarix11.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#96229
  1   2   3   4   5   6   7
Daryolarning geologik ishi-kurs


Daryolarning geologik ishi
Reja:


KIRISH…………………………………………………….3

  1. Asosiy qisim:

  1. Daryoning geologik ishi………………………………….5

  2. Daryo vodiysi va uning elementlari………..…………….8

  3. Daryo qismlari………………………………..…………12

  4. Daryo terasalari turlari……………………….………….20

Xulosa………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati………..……………..31
Ilovalar …………………………………………………….32

Kirish


Oʻzbekistondagi daryolar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik daryolari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi. Daryo, odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. Daryo yoki daryolarning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati daryo nishabligi deyiladi.
Relyefga bogʻliq ravishda togʻ daryosi va tekislik daryosiga boʻlinadi. Togʻ daryosi nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo daryolari asosan togʻ daryolaridir. Tekislik daryolari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik daryolari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan daryo dan ajralgan tarmoqlar boshqa daryo bilan qoʻshilishib ketadi (qarang Daryoning ikkiga ayrilishi).
Yer shari yuzasida daryolar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shimoliy Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada daryolar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli rayonlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda daryolar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).
Daryoda oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik daryosila) 6-7 m/sek gacha (togʻ daryosida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. Daryoda suv temperaturasi issiq mavsumda havo temperaturasi bilan deyarli bir xil, daryo muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.
Daryolarda muzlash hodisalari quruklik hududining taxminan 1/4 qismida, asosan Shimoliy yarim sharda kuzatiladi. Daryolar Rossiya Federatsiyasida dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sentabr oxirida), kechroq Yevropa qismining janubi-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dekabr oxiri — yanvar boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir daryolarida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5-2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ daryolarida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina daryolarda qishda shovush oqadi.



  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin