302 bir g‘azal sharhi shokirova Hilola



Yüklə 341,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.02.2023
ölçüsü341,32 Kb.
#86011
  1   2   3   4
402-Article Text-1666-1-10-20201130



Proceedings of Ingenious Global Thoughts
An International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from San Jose, California 
https://conferencepublication.com 
November 29
th
, 2020 
302 
BIR G‘AZAL SHARHI 
 
Shokirova Hilola 
TDSHU Matnshunoslik va adabiy 
manbashunoslik yo„nalishi magistranti 
 
Alisher Navoiy nomini eshitgnimizda, buyuk davlat arbobi, shoir, mutafakkir, ilohiy va irfoniy 
g„azallar muallifi hayolimizda gavdalanadi. Navoiy qoldirgan adabiy merosni hikmat marjonlari to‟la 
dengizga o‟xshatish mumkin.
1
Alisher Navoiy asarlarini o„granish uchun eng avvalo, falsafiy dunyoqarshga 
bundan tashqari diniy, tasavuffiy bilimlarga ega bo‟lish kerak. Fikrimni isboti sifatida adabiyotshunos olim, 
filologiya fanlari doktori, tasavvuf ilmining bilimdoni Najmiddin Komilovning fikrlarini havola qilaman: 
“Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta‟limotini yaxshi bilmay turib, Alisher Navoiy 
dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to„liq holda to„g„ri, 
haqqoniy yoritib berish mushkul…”
2
Davlatshoh Samarqandiy ham Alisher Navoiyni “Mir Nizomiddin”, ya‟ni “dinning nizomi - qonuni” 
deb bejiz ulug‟lamagan. Hazrat Navoiyning deyarli barcha asarlarida, xususan, “Xamsa” dostonlarining 
muqaddimalarida Allohga hamd, payg„ambarga na‟t, munojot va rasululloh (s.a.v.)madhining mavjudligiyoq 
bu fikrni tasdiqlaydi.
3
Alisher Navoiyning “Hazoyin ul-maoniy” sidan o„rin olgan “Iloho, podshoho, kirdigoro…” deb 
boshlanuvchi g„azali fikrimizning isboti desak xato qilmagan bo‟lamiz. 
G„azalning birinchi misrasidanoq Alloh taoloning go„zal ismlari va sifatlari bilan boshlanayotganini 
ko„rishimiz mumkin: 
Iloho, podshoho, kirdigaro, 
Sanga ochig‟ nihon-u oshkoro 
Baytdagi kirdigaro so„zi, “yaratuvchi, Xudo, tangri taolo” degan ma‟noni anglatadi. Ya‟ni birinchi 
baytni quyidagicha tahlil qilish mumkin, Yakka-yu yagona, olamlar podshohi va butun borliqning 
yaratuvchisi Alloh taolo ekanligi ta‟kidlanib, Allohning ulug„ ismlari ya‟ni Ismi A‟zamga ishora qilinyapti.
“Ismi A‟zam” birikmasi “eng ulug„ ism” ma‟nosini anglatadi. Alloh taolo ismlarining eng ulug„i 
Ismi A‟zam, deyiladi. Kimda-kim Ismi A‟zam bilan Allohga iltijo qilsa, duosi mustajob bo„ladi.
4
Shuningdek barcha yashirin va oshkora qilingan gunoh ishlari-yu xayrli va savobli amallarning barchasi 
Allohga a‟yondir. U ko„ruvchi va biluvchi Zotdir. 
Sabur ismi bila qilsang tajalliy, 
Qilib Namrudg„a yuz ming mudoro. 
Baytdagi sabur so‟zi, “sabrli, toqatli, chidamli, bardoshli” ma‟nosida, tajalliy so‟zi esa, “ko„rinish, 
jilvalanish” ma‟nosida qo‟llanilgan bo‟lib, jannatga kirish eshiklari sabr orqali ekanligiga ishora desak ham 
bo„ladi. Ikkinchi baytning birinchi misrasini quyidagicha tushinish mumkin, sabr ila jiddu jahd qilsa, ya‟ni 
Alloh taolo bandasiga kuchli sabr nurlarini sochsa Ibrohim alayhissalom kabi Namrudning yuz ming 
fitnasiga chidaganidek sabr qilsa, Alloh Ibrohim alayhissalomni qutqarganidek, boshqa bandalarga ham O„zi 
yordam beradi. Zero, Alloh barcha narsaga qodir. 
Qachonkim zohir etsang “tanzi‟-ul-mulk” 
Sikandarning bo„lub mag„lubi Doro. 
1
“Қашқадарё”газетасидан Одилжон Бегимов мақоласи. 
2
http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/najmiddin-komilov-timsollar-timsoli-alisher-navoiy-
gazaliga-sharh.html
3
Д.Юсупова Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври). – Т.: “Академнашр”, 2013. Б. - 
193 
4
Зиёвуддин Раҳим Қуръон-қалблар шифоси. – Т.: Имом Бухорий халқаро маркази нашриёти, 2017. Б. 
- 407 



Yüklə 341,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin