310 O’zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat strategiyasi maxammadaliyev Murodxon Muzaffarxon o’g’li



Yüklə 51,4 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü51,4 Kb.
#207283
Maxammadaliyev Murodxon Muzaffarxon o’g’li



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
310 
O’ZBEKISTONDA KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT STRATEGIYASI 
Maxammadaliyev Murodxon Muzaffarxon o’g’li 
O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekistondagi ijtimoiy siyosat strategiyasi tahlil 
qilindi va amalga oshirilgan ijtimoiy islohotlar davriy ketma-ketlikda, tarixiy qiyoslash 
asnosida yoritib berildi. 
Kalit so’zlar

Inson huquqlari, Ijtimoiy himoya, Ijtimoy islohotlar strategiyasi, 
ijtimoiy totuvlik, ijtimoiy ta’minot, faol fuqoro, real daromad

Kirish 
Ijtimoiy siyosat bu- har bir davlat o‟z fuqorolarinining yashash sharoitini 
yaxshilashga, ularni hayotiy resurslar bilan ta‟mirlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan
islohotlarning kompleks tizimi hisoblanadi. Ta‟mirlanganlik darajasi iqtisodiy 
imkoniyatlarga bevosita bog‟liq va iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurlar 
sharoitida aholini ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi. 
Ijtimoiy himoya esa aholi farovonligini taminlash,aholi qatlamlarining ta‟lim, 
madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatdan keskin tafovutlariga barham berish
demakdir. Bular quyidagilarni o‟z ichiga oladi: ijtimoiy iqtisodiy erkin faoliyat 
ko‟rsatishlarini ta‟minlash, ish bilan bandlik, kasb tanlash, o‟qish va bilim olish, 
daromadlarining kafolatlanishi, iste‟molchilar himoyasi,aholiga sifatli tibbiy xizmat 
ko‟rsatish kabilardir. Demokratik mamlakatlarda ijtimoiy himoya qonun bilan kafolatlangan 
bo‟lib inson huquqlari asosiy element sifatida targ‟ib etiladi.Tarixga nazar tashlaydigan 
bo‟lsak ijtimoy yaxshilanishlarga erishish dastlab siyosiy huquqlarga, ovoz berish, 
fuqorolikka ega bo‟lish kabilarga qaratilgan. Shundan so‟ng biz iqtisodiy huquqlarga va 
nihoyat sof jtimoiy huquqlarga o‟tdik. Ijtimoiy huquqlar aholining barcha yosh qatlamlarini 
qamrab oladi va ularning moddiy va ma‟naviy imkoniyatlaridan foydalanish erkinligini 
kafolatlaydi. Ijtimoiy himoyani kuchaytirish, aholini ijtimoiy ahvolini yaxshilash orqali 
davlat fuqorolarning iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishi, amaldagi hukumatga nisbatan 
aholining xayrixohligini kuchayishiga erishishi va o‟z legitimligini mutlaq oshirishga 
erishishi mumkin. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan milliy dastur “O‟zbek modelida” kuchli 
ijtimoy siyosat yuritish va aholini kam ta‟minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish asosiy 
tamoyil sifatida ilgari surildi. Bu tamoyil, birinchidan o‟zbek xalqining mentalitetidan, 
tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo‟lsa, ikkinchidan, o‟tish davrining dastlabki 
bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush darajasi hali ancha past holda 
saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham nazarda tutadi. O‟sha davrda O‟zbekiston 
aholi jon boshiga real daromadlar, ish xaqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy 
ehtiyoj buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muasssasalar, maishiy xixmat bilan 
ta‟minlanish darajasi bo‟yicha sobiq ittifoq davlatlari ichida eng oxirgi o‟rinlarga tushib 
qolgandi va mavjud demografik vaziyat bundan tashqari aholi sonining doimiy ko‟payib 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
311 
borishi mavjud vaziyatni yanada chigallashishiga olib keldi. O‟tish davrida bozor tan 
olmaydigan korxonalar va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham 
berildi . Bu dastlabki davrda ishchi va xodimlarning ma‟lum bir qismining vaqtincha
ishsiz qolishiga olib kelgan bo‟lsada bu keyinchalik ishchi kuchining samarali faoliyat 
turlariga yo‟naltirilishiga zamin yaratdi. Dastlabki davrlarda chakana tovar aylanmasi 
bo‟yicha o‟rtacha ittifoq ko‟rsatkichidan 1,8, Rossiya va Belarussiyadan 2, Boltiqbo‟yi 
respublikalaridan 2,6 barobar past edi. Pullik xizmat ko‟rsatish bo‟yicha ham faqat 
Ozarbayjon va Tojikistondan yuqoriroq bo‟lib, qolgan ittifoq davlatlari ko‟rsatkichlariga 
qaraganda nihoyatda past edi. Agar 1979-1991 yillarda O‟zbekiston aholisi 34,7 foiz o‟sgan 
bo‟lsa , bu borada o‟rtacha ittifoq ko‟rsatkichi 10,5 foizga to‟g‟ri kelardi. Bu borada 
yurtimiz Tojikistondan pastroq ( 40,9) Turkmaniston bilan barobar turardi. Tug‟ilishning 
yuqori darajasi mamlakat aholisining yosh tarkibiga keskin ta‟sir ko‟rsatdi. 1990-yil 10-
oktyabr holatiga ko‟ra O‟zbekistonda doimiy istiqomad qiluvchi aholining 40,8 foiz 
qismini 14 yoshgacha bo‟lgan bolalar tashkil etsa, 15-39 yosh oralig‟idagi aholi qatlami esa 
40,7 foizni, 40-60 yosh oralig‟idagi qatlam 12,0 foizni, 60 yoshdan yuqori aholi vakillari 
qatlami esa 6,5 foizni tashkil etardi. 
O‟zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat asosan 2 muhim yo‟nalishda amalga 
oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta‟minot. Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi 
turmush darajasini muttasil oshirib borish, qashshoqlanishning oldini olish, kasb mahoratini 
shakllantirish, aholi turli qatlamlari orasidagi keskin farqlarni kamaytirish. Ijtimoiy himoya 
tizimining qonuniy asosi O‟zbekiston Respubublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab 
qo‟yildi. Xususan konstitutsiyaning IX bobida iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar qonuniy 
jihatdan kafolatlandi. Ammo ijtimoiy himoya faqatgina ijtimoiy himoya va ijtimoiy 
ta‟minotdan iborat emas, balki u o‟z ichiga ijtimoiy totuvlik konsepsiyasini ham qamrab 
oladi. Keksalar, yoshlar, nogiron va kamta‟minlangan qatlamlarini qo‟llab-quvvatlash bilan 
bir qatorda davlat umumiy aholining ham yashash darajasini oshirish borish siyosatini olib 
bordi. Xususan aholining bandligini ta‟minlash asosiy masala sifatida kun tartibiga 
qo‟yildi. Bunda mamlakatda mehnat bozorini rivojlantirish va uni boshqarishni 
takomillashtirishga shuningdek samarali bandlikni ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratildi. 
Chunki bozor iqtiodiyotida to‟liq bandlik emas, balki samarali bandlik muhim ahamiyatga 
ega. Aytaylik iqtisodiy faol aholi to‟liq bandlik bilan ta‟minlandi lekin ular samarali yoki 
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‟ullanmasa, bunday bandlik mehnat unumdorligini 
oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi. Samarali bandlikni ta‟minlash 
va mehnat resurslaridan foydalanishning ahamiyati, ayniqsa moderinizatsiyalash, 
innovatsion texnologiyalarga o‟tish davrida ro‟yirost ko‟zga tashlanadi. Samarali bandlik 
aholi daromadlarini oshirishga ularning xarid qobiliyatini o‟stirishga yordam beradi. Misol 
uchun aholi jon boshiga to‟g‟ri keladigan o‟rtacha daromadlar (xarid qobiliyati pariteti 
bo‟yicha) 1990-yilda 1328 AQSH dollarini tashkil etgan bo‟lsa, 2010-yilda 3271 AQSH 
dollariga teng bo‟ldi, ya‟ni 2,5 barobarga oshdi. Bundan tashqari 1990-2010 yillar 
oralig‟ida 20 yil davomida o‟rtacha oylik ish haqi miqdori (AQSH dollari ekvivalentida)
2,7 barobar, o‟rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobarga oshgan bo‟lsa, aholi jon boshiga 
to‟g‟ri keladigan pullik xizmatlar miqdori 2,2 barobarga, maishiy xizmatlar 8,3 barobarga, 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
312 
chakana tovar aylanmasi 4,3 barobarga oshdi. O‟zbekistonda ijtimoiy siyosatning keyingi 
bosqichi 2017-2021 yillarga mo‟ljallangan “Harakatlar strategiyasida” amalga oshirildi. 
Unga ko‟ra Harakatlar strategiyasining 4 –konsepsiyasi sifatida Ijtimoiy sohani 
rivojlantirish ilgari surildi. Ushbu yo‟nalish 5 ta muhim yo‟nalishni o‟z ichiga oladi: 
Birinchi yo‟nalish: aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirish. Bandlikni 
ta‟minlashda ayniqsa maktab va oliy ta‟lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini 
ta‟minlash alohida o‟rin egallaydi. Ikkinchi yo‟nalish: aholini ijtimoiy himoya qilish va 
sog‟liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish. Sog‟liqni saqlash tizimida eng avvalo tez tibbiy yordam ko‟rsatish faoliyati 
sifatini yaxshilashga, mamlakatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, tibbiyot 
muassasalarini arzon va sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta‟minlashga, 
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, onalar va bolalarning 
tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirishga alohida e‟tibor qaratildi. Uchinchi yo‟nalish: 
arzon uy-joylar barpo etish bo‟yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot 
sharoitlari yaxshilanishini ta‟minlovchi yo‟l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, hamda moderinizatsiya qilishni o‟z ichiga oladi. Aholi 
eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqorolar va uy-joy sharoitini 
yaxshilashga, muhtoj boshqa shaxslarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka 
kreditlari ajratish, hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada 
yaxshilash. Bundan tashqari ekologik toza va xavfsiz muhitni yaratish, maishiy chiqindilarni 
qayta ishlash tizimini takomillashtirish, atrof muhitga zararli moddalar chiqishini 
kamaytirish dasturlari qamrab olindi. To‟rtinchidan ta‟lim va fan sohasini rivojlantirish 
bunda sifatli ta‟lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozori zamonaviy 
talablaridan kelib chiqib, malakali kadrlar tayyorlash dasturlari belgilandi. Beshinchi 
yo‟nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bunda jismonan sog‟lom, ruhiy 
va intelektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni kamol toptirish asosiy vazifa etib 
belgilandi. Hozirgi kunda esa O‟zbekistonning ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi asosiy 
yo‟nalishlari 2022-2026 yillarga mo‟ljallangan PF-60-son 28.01.2022-yilda tasdiqlangan 
“Taraqqiyot” strategiyasida belgilab qo‟yildi. Ushbu strategiyaning to‟rtinchi yo‟nalishida 
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish konsepsiyalari ilgari 
surilgan. Bunda sifatli ta‟lim-tarbiya masalasi doimiy e‟tibor markazida bo„lishi 
ta‟kidlandi. Shu maqsadda o„qituvchilarning oylik maoshini izchil oshirib borish va 2025 
yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkazish ko„zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, 
mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari 
o„rtasida uzviylikni ta‟minlashga qaratilgan Milliy ta‟lim dasturi ishlab chiqiladi.Aholi 
salomatligini saqlash uchun barcha sharoit yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali 
shifokorlar maoshini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish mo„ljallanmoqda. Viloyat, 
tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko„lami kengaytiriladi. Davlat tibbiy 
sug„urta tizimi ishga tushirilib, mablag„ aniq bemorga bog„langan holda ajratiladi. Jismoniy 
tarbiya va sportni rivojlantirish, sog„lom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa bo„lib 
qoladi. Taraqqiyot strategiysining 100 ta maqsadining 33 tasi (37-70) maqsadlari ijtimoiy 
hayot uchun ajratilgan. Xususan kasbga o‟qish ko‟lamini 2 barovarga oshirish, 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
313 
maktabgacha ta‟limdagi qamrovni 67% dan 80% ga oshirish, maktablarda o‟quv o‟rinlarini 
2026-yil yakuniga ko‟ra 6,4 millionga yetkazish, oliy ta‟lim bilan qamrab olishni 2026-yilda 
50% ga, qabul kvotalarini esa 250 mingtagacha yetkazish, reja yakunida 72 400 o‟rinli 181 
ta talabalar yotoqxonasini barpo etish va yotoqxona bilan ta‟minlsh darajasini 60% gacha 
ko‟tarish, viloyatlarda nodavlat oliy ta‟lim tashkilaotlari sonini ko‟paytirish, chet elda 
o‟qigan yoshlar sonini 2 barobarga oshirish (asosan texnik va aniq fanlar shuningdek IT 
sohasi bo‟yicha), aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va 
reabilizatsiya vositalari bilan ta‟minlash darajasini 60% ga yetkazish, viloyatlarda tibbiyot 
klasterlarini tashkil etish, tibbbiy sug‟urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish, tumanlararo 
46 ta perinatal markazlarni tashkil etish, tibbiy xizmatlarda xususiy sektor ulushini 25% ga 
yetkazish, sport sohasida professional, oliy ma‟lumotli trenerlar ulushini hozirgi 54% dan 
2026-yil yakunigacha 85% oshirish va shu kabi asosiy rejalar “Taraqqiyot” strategiyasidan 
joy olgan. 
Muhokama va Natija 
Xulosa qilsh mumkinki, O‟zbekistonda ijtimoiy hayotni rivojlantirish dinamikasi 
barqarorlikka asoslangan bo‟lib, mustaqillikning dastlabki yillarida e‟tibor asosan eng 
muhim masalalarga qaratilgan. Masalan, Sovet tuzumi muommolarini bartaraf etish, bozor 
iqtisodiyotini barpo etish, xususiylashtirish kabilar shular jumlasidandir. Bilamizki Sovet 
tuzumida xususiy mulkka egalik qilishga, biznes yuritishga va shu kabi bozor iqtisodining 
asosiy bazisi bo‟lgan omillarga hech qachon ruxsat berilmagan. Ushbu tuzumda davlat 
xuddi bir fabrikadek tasavvur qilingan va davlat ishlab chiqqan yillik rejalar har qanday 
sharoitda bo‟lmasin amalda bajarilishi shart bo‟lgan. Bundan tashqari ishlab chiqarilinishi 
kerak bo‟lgan mahsulotlarning yillik miqdori har yili oshirib borilgan va buning natijasida 
aqlga yig‟maydigan, inson resurslari, moddiy resurslar va tabiiy sharoit yetishtirib bera 
olishi mumkin bo‟lganidan bir necha barobar ko‟proq darajada mahsulot talab etilishi 
oddiy holga aylangan. Natijada rejadagi miqdorni bajara olmagan xalq endi resurslardan 
ekstensiv foydalanishga majbur bo‟lgan. Bir necha yillardan keyin esa tabiiy resurslar 
inqirozi sodir bo‟lgan va ishlab chiqarish, qishloq xo‟jaligi kabi sohalar zavolga yuz tutgan. 
Yana shuni aytish kerakki bozor iqtisodi bo‟lmagan, fuqorolar o‟z mehnatidan bahramand
bo‟la olmaydigan davlatda hech qachon insonlarda o‟z ishini sidqidildan bajarishga rag‟bat 
bo‟lmaydi. Negaki bunday tuzumda hamma teng bo‟lishi talab etiladi va inson qanchalik 
ko‟p mehnat qilsa ham, yokida umuman mehnat qilmasa ham uning yashash sharoiti hech 
qachon o‟zgarmaydi. Bunday tuzumni boshidan kechirgan O‟zbekistonga yangi tuzum, 
ya‟ni bozor iqtisodini olib kirish va uni fuqorolar ongiga singdirish murakkab jarayon edi. 
Shunday bo‟lishiga qaramasdan O‟zbekiston o‟tish davrini (1991-2000 yillar deb yuritiladi) 
muvaffaqiyatli bosib o‟tdi. Keyingi davrlarda esa endi kichik muammolar ham kun tartibiga 
qo‟yildi. Kamta‟minlanganlar ahvolini yaxshilash, nogironlar, keksalarga e‟tibor, yoshlar 
masalalariga oid muammolar hal etila boshlandi. 2017-yildan boshlab ijtimoiy sohaga oid 
tub o‟zgarishlar amalga oshirildi. Endi nafaqat yordamga muhtoj qatlamlarga g‟amxo‟rlik 
qilish balki barcha aholi qatlamlarni ijtimoiy ahvolini yaxshilashga, ularning real 
daroamadlarini oshirishga, kambag‟allikni qisqartirishga, sifatli ta‟lim va tibbiy xizmat 
ko‟rsatishaga alohida e‟tibor berila boshlandi. Kelgusidagi asosiy reja esa ta‟lim sifatini 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
314 
oshirish orqali butun millatni rivojlantirishga qaratilgan bo‟lib 2023-yilga “Faol mahalla va 
sifatli ta‟lim” yili deb nom berilishi bunga yaqqol misol bo‟la oladi. O‟ylaymizki bu 
O‟zbekiston tanlagan eng to‟g‟ri yo‟l chunki aqliy salohiyatga ega, mustaqil fikrlay 
oladigan, o‟z ishining ustasi bo‟lgan yoshlar davlatning bundan keyingi kadrlari hisoblanadi 
va jahon tajribasi shuni yaqqol ko‟rsatadiki, sifatli ta‟lim butun millatning kelajagini 
o‟zgartira oladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I. Karimov “Taraqqiyotning O‟zbek modeli”. 
2. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-
yillarga mo‟ljallangan Harakatlar Strategiyasi” to‟grisidagi PF-5308-sonli qarori. 
3. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
yillarga mo‟ljallangan Yangi O‟zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‟g‟risida” gi PF-60-
sonli farmoni. 
4. https://lex.uz/ sayti 
 
 

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin