Quritishning tezligi.
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug`lanish yuli bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug`) fazasiga o’tadi. Nam materiallarni quritish jarayonining sanoatda tashqil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida o’zatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni uch xil usulda: mexaniq, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
Mexaniq usul bilan suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv to’tgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch ta`sirida ajratib olinadi. Odatda mexaniq yul bilan namlikni ajratish-materiallari suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexaniq suvsizlantirishdan sochng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan ajratib chiqariladi.
Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish, asosan laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yuli bilan uni suvsizlantirish mumkin.
Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo’lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexaniq usul bilan, sochngra qolgan namlik esa quritish yo’li bilan ajratiladi. Bunda jarayonning samaradorligi ortadi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sunchiy) yo’l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon o’zoq vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun sunchiy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarda olib boriladi.
Quritilishi lozim bo’lgan materiallar uch turga bo’linadi:
qattiq (donali, bo’lak-bo’lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o’zaro kontakt qilish usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1) konvektiv quritish nam material bilan qurituvchi agent tochg`ridan-tochg`ri o’zaro aralashadi;
2) kontaktli quritish issiqlik tashuvchi agent va nam material o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi;
3) radiasiyali quritish issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) dielektrik quritish material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimatsiyali quritish material mo’zlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiradi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi. Sanoatda asosan quritishning konvektiv usuli keng qo’llaniladi.
am havoning asosiy xossalari Nam havo quruq havo va suv bug`larining aralashmasidan iborat. Quritish jarayonida nam havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ayrim sharoitlarda tutunli gazlar yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo’yicha farq qiladi. Nam havoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya.
Absolyut namlik.Nam havoning hajm birligiga tochg`ri kelgan suv bug`larining miqdori absolyut namlik deb ataladi va (kg/m3) bilan belgilanadi. Agar nam havo sovitilib borilsa, ma’lum haroratga etgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlik bunday holatda ajralishga tochg`ri kelgan haroratga shudring nuqtasi deb ataladi. Bunday sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug`i bo’ladi. Havoning tochyinish paytidagi absolyut namligi orqali ifodalanadi.
Nisbiy namlik.Havo absolyut namligining tochyinish paytidagi absolyut namlikka nisbati nisbiy namlik deb ataladi. Havoning namligi (tochyinish darajasi) quyidagi ifoda bo’yicha topiladi
bu yerda,P — tekshirilayotgan nam havodagi suv bug`larining parsial bosimi, Pa; P — berilgan harorat va umumiy barometrik bosimda tochyingan suv bug`larining bosimi, Pa.
Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo tarkibida namlik qancha kam bo’lsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan tochyingan havodan qurituvchi agent sifatida foydalanish mumkin emas.
Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalaniladi. Psixrometr ikkita termometrdan iborat bo’lib, bitta termometrning sharchasi doim ho’llab turiladi va u ho’l termometr deb yuritiladi. Ikkinchisi esa quruq termometr deb ataladi. Quruq va ho’l termometrlar ko’rsatishlarining ayirmasi haroratlarning psixrometrik ayirmasi deyiladi. Nisbiy namlik qancha kam bo’lsa, ho’l termometr sharchasi yuzasida suvning bug`lanishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. Shu sababli havoning nisbiy namligi kamayishi bilan haroratlarning psixrometrik ayirmasi ko’payadi. Bu ayirma asosida va psixrometrik jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning nisbiy namligi topiladi