Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabi ___-“__” -sinf rahbari _____________________________ning Mustaqillik dars ishlanmasi
Mavzu: Yangi Oʻzbekiston –Vatanim manim! (1-4-sinflar uchun dars ishlanmasi)
Sinf taxtasi uchun shior: Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!.
Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: oʻquvchilarga mustaqillikka erishish tarixi, istiqlol davrida bunyodkorlik hamda erishilgan yutuqlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda ularning ahamiyati haqida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: oʻquvchilarni zamonaviy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz kelajagining munosib vorislari qilib kamol toptirish, ularning ongi va tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, oʻzi yashab turgan maskandagi tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlash;
Rivojlantiruvchi maqsad: oʻquvchilar qalbiga bilimli, maʻnaviyatli, maʻrifatli, komil insonlar boʻlib yetishish hissini singdirish, ularda mustaqil fikrlay olish va fikrlarini erkin bayon etish, olgan bilimlarini nutqiy vaziyatlarda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish.
Dars turi: Guruhlarda ishlash, bahs-munozara.
Dars usuli va metodi: Ma’lumot berish, savol-javob, “Aqliy hujum”, “Klaster” metodidan foydalaniladi.
Kerakli jihozlar: Televizor, multimedia va koʻrgazmali vositalar, Mustaqillik in’om etgan ne’matlar aks etgan fotosuratlar, bukletlar, Vatanni madh etuvchi qoʻshiq va musiqalar, kinolavhalar, slaydlar.