4-amaliy mashg`ulot Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. (7-tip) Reja



Yüklə 30,36 Kb.
səhifə1/2
tarix07.09.2022
ölçüsü30,36 Kb.
#63447
  1   2
4-amaliy tipik


4-amaliy mashg`ulot
Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. (7-tip)
Reja:

  1. Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar ustida ishlash xususiyatlarini haqida.

  2. Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar ustida ishlash usullari

  3. Boshlang’ich srinf darsiliklaridagi mazkur tipga doir masalalar tahlil.

  4. Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar ustida ishlash usullari

Bu tip masalalarining bunday nomlanishiga sabab, masalada ikki yoki bir necha miqdor qatnashib ularning biri ikkinchisiga almashtirib olib yechiladi. Masalada miqdorning qaysi biri almashtirilgan bo’lsa dastlab o’sha miqdor topiladi.


Quyidagi masalani yechaylik.
1- masala. Temir yo’lning qo’shimcha izida 14 ta pasajir vagoni va 48 ta yuk vagoni qator turibdi. Ularning uzunligi 521m. Pasajir vagoni yuk vagonidan 4m uzun. Har qaysi xil vagonning uzunligini topish .(ikki xil usul bilan yeching)
Masalaning qisqa sharti.

14 p.v, 48 yuk v.


521 m
(chizma)

1 ta p.v. 1 ta yuk v. dan 4m uzun.


1 ta p.v. -? 1 ta yuk v. dan v -?
Yoki ushbu masala qisqa shartini jadval ko’rinishida ham berish mumkin.






Vagonlar soni

1 vagon uzunligi

Sostav uzunligi

Yuk
Pasajir

48 ta
14 ta

?
?, 4m uzun

? 521
? 521

Yechish
1-usul yuk vagonini passajir almashtirib olib yechamiz.


1) Barcha yuk vagonlari passajir vagonlari bilan almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr ortiq bo’lar edi.
4 * 48 =192 (m)
2) Jami vagonlar soni qancha?
14 + 48 =62 (ta passajir vagon)
3) 62 ta passajir vagon uzunligi necha metr?
521 + 192 =713 (m)
4) 1 ta passajir vagon uzunligi necha metr?
713 : 62 =11,5 (m)
5) bitta yuk vagonining uzunligi necha metr?
11,5 – 4 =7,5 (m)
Javob: 11,5 metr; 7,5 metr.
2 – usul. (Passajir vagonini yuk vagoniga almashtirib olib yechamiz.)
1) Barcha passajir vagonini yuk vagoniga almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr kam bo’lar edi?
4 * 14 =56 (m)
2) jami vagonlar soni qancha?
14 +48 =62 (ta yuk vagon)
3) 62 ta yuk vagonlar vagon uzunligi necha metr?
521 – 56 =465 (m)
4) bitta yuk vagonining uzunligi qancha?
465 : 62 =7,5 (m)
5) 1 ta passajir vagon uzunligi qancha?
7,5 + 4 =11,5 (m)
Javob: 7,5 metr; 11,5 metr.
Quyidagi masalalarni yeching.
100. Shamol ochiq cho’lda 2 minut, o’rmonzorda 35 sekund esib 980m masofani o’tadi. Bunda shamolning o’rmonzordagi tezligi sekundida 3m kamaygan. Shamolning ochiq cho’ldagi va o’rmonzordagi tezligini aniqlang?
101. Sayyohatchilar yo’lda 150 stakon (stakon 250 kub sm) mosh, 80 stakon loviya va 50 stakon guruch, ya'ni hammasi bo’lib 59 kg dan sarf qilganlar. 1 stakon mosh 1 stakon loviyadan 10 g og`ir va 1 stakon guruchdan 20g ekindir. Sayohatchilar tomonidan sarf qilingan moshning og’irligini aniqlang?
102. Zavod 288 s misdan uch xil o’lchamdagi 1350 ta mis qozon yasalgan. Katta qozonlarning soni o’rtacha qozonlarning sonidan 3 marta kam va kichik qozonlar sonidan 5 marta kam. Kichik qozon o’rtacha qozondan 6kg yengil, o’rtacha qozon esa katta qozondan 6kg yengil. Har qaysi xil qozonning massasini toping?
103. Sex po’latdan 104t ortiq temir oman, ya'ni po’lat temirdan 5 marta kam bo’lgan. Po’latdan 750 ta bosqop 3100 ta bolta va 6100 ta bolg’a ishlangan. Bitta bolta bolg’adan 1kg og’ir, lekin bosqopdan 3kg yengil. Bitta boltaning og’irligi qancha?
104.Donboss konchilari plandan tashqari 3462t ko’mir jo’natishdi. Shu ko’mir ortilgan sostavda 60 ta platforma, 28 ta ikki o’qli vagon va 36 ta to’rt o’qli vagonda 30 t kam va ikki o’qli vagondan 35 s ko’p ko’mir ortilgan. Har qaysi xil vagonda qanchadan ko’mir ortilgan?
105. 18 soat poyezdda, 6 soat avtmobilda va 72soat paraxodda yurib, 2540km yo’l bosib o’tilgan. Avtomobilning tezligi poyezd tezligidan 2 marta va paraxod tezligidan 4 marta ortiq paraxodning xarakat tezligini aniqlang.
106. 2646 kub hajmdagi hovuzni to’lg’azish uchun har xil quvvatdagi uchta nasos qo’yilgan. Uchala nasos baravariga 12 soat ishlagandan so’ng birinchi nasos to’xtatilgan. 3 soatdan keyin uchinchi nasos ham to’xtatilgan, shundan keyin ikkinchi nasos 5 soat ishlagan. Ikkinchi nasosning quvvati birinchi nasosnikidan 2 marta kam, uchinchinikidan esa 3 marta ortiq, ikkinchi nasos qancha suv tortgan?
108. 8400 kub m o’tinni toshib olish uchun prisepli traktor 240 marta, avtomoshina 840 marta va arava 600 marta qatnadi. Avtomoshinaga aravadan 5 marta ortiq, traktorga esa avtomoshinadan 3 marta ortiq o’tin qoplangan. Traktor bilan necha kub m o’tin tashilgan?
109. Uchta chorvachilik jamoa xo’jaligi 6810 bosh qo’ydan bir yo’lda 25800kg jun olgan. Birinchi jamoa xo`jaligining qo’ylari ikkinchi jamoa xo’jaligidan 930 ta va uchinchi jamoa xo’jaligidan 2 marta kam. Qo’ylarning zotiga va boshqa sabablarga ko’ra ikkinchi jamoa xo’jaligining har 16 qo’yidan oligan jun birinchi jamoa xo`jaligininig har 21 qo’yidan olgan juniga teng keladi, uchinchi jamoa xo’jaligininig har 28 qo’yidan esa ikkinchi jamoa xo`jaligininig har 25 qo’yidan olingan miqdorda jun olingan. Ikkinchi jamoa xo’jaligininig har bir qo’yidan yiliga qancha jun olingan?
110. Har bir 225kg bo’lgan 280 ta temir g`o’ladan 2400m dumaloq, 1800m kvadrat va 3000m ensiz uzun tunuka mahsulotlar tayyorlangan. Bir “pagon” metr dumaloq temir kvadrat temirdan ikki marta yengil va ensiz uzun tunukadan 3kg og’ir. Hamma dumaloq temirning og’irligi qancha?

Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin