4-Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
4-Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bо‘yicha tahlili.
Qarzlar dinamikasining natijaviy va samaradorlik kо‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili).
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bо‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari.
Muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili. Debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan rezervlar tahlili.
ebitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil etish tо‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasidagi tо‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida tushishini ta’minlash, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil etish orqali iqtisodiyotning turli bо‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan tо‘lov intizomi va hisob-kitoblarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq tо‘lanishi masalalari bо‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yо‘lga qо‘yish imkoni tug‘iladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati о‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni kо‘rishda subyektlarning rolini, e’tiborini oshirishni talab etadi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va о‘z vaqtida tо‘ldirilishini ta’minlash bо‘yicha ma’sulligini oshirib borish, о‘z navbatida makro iqtisodiy kо‘rsatkichlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Bu esa о‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon. Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‘langanligi doimo ham manfaatliyechimlar chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim:
Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori, asosi va uni yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim.
Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni sо‘ndirish bо‘yicha yondashuvni tanlab olish lozim. Qonunchilik meyorlari kreditorga о‘z ixtiyoriga kо‘ra sudgacha hal qilish tusidagi choralarni kо‘rishga, sud instansiyalariga sud buyrug‘ini berish tо‘g‘risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish tо‘g‘risida da’vo arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham kо‘zda tutadi.
Uchinchidan qarzni undirishning tanlangan strategiyasiga (talabnomani qarzdorga yuborish, sudga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlash, majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish va h.k.) muvofiq amalga oshiriladigan qarzni sо‘ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni hal etish yoki uni yumshatish choralarini kо‘rish lozim1.
Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun о‘tgan debitorlik qarzi muddati о‘tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi2. Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 EKIH miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi3.
Binobarin, muddati о‘tgan debitorlik qarzi korxona boshqaruvchilariga kо‘p muammolar keltirishi mumkin.
Qayd qilish lozimki, belgilangan muddatlarning о‘tishi kontragent tomonidan bajarilishi kerak bо‘lgan paytdan boshlanadi. Binobarin, muammoni hal qilish uchun taraflar shartnomaviy majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish uchun qо‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirishlari yetarli bо‘ladi. Qarzdorga nisbatan birdaniga sud muhokamasi tashabbusi bilan chiqish va unga nisbatan majburiy undiruv choralarini qо‘llash umuman shart emas.
Yuzaga kelgan majburiyatlarni uzoq vaqt va zо‘r berib undirishga harakat qilishdan yoki bu harakatlarning befoyda deb tan olgan holda qarz majburiyatlarini bekor qilishdan kо‘ra, uni vujudga kelishini oldini olgan maqbul hisoblanadi. YA’ni qarzdorlik haqida ushbu qarzdorlikning yuzaga kelgandan keyin emas, balki yuzaga kelgunga qadar qayg‘urgan maqbul hisoblanadi. Buning uchun nimalar qilish lozim. Avvalo kontragent bilan tegishli shartnomani rasmiylashtirish bosqichining о‘zidayoq taraflar majburiyatlarining aniq miqdorlari va majburiyatlarni ta’minlash choralarini kо‘zda tutgan holda amalga oshirish mumkin. Bu shartlar qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda uni sо‘ndirishning qо‘shimcha kafolati bо‘ladi.
Debitorlar va kreditorlar bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi. Ularga nisbatan muomalada qonuniy va ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda harakat qilish lozim. Hech kim о‘z hamkorlari bilan munosabatni buzishni xohlamaydi. Shu sababli debitorlik va kreditorlik majburiyatlarni tahlil etishda avvalo kontragentlarning tarkibiga va ularning doimiy faoliyat hamkorligidagi tarixiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Avvalo, kontragentlar bilan aloqada qarzdorlikning yuzaga kelish sabablarini о‘zidan va undan keyingina hamkoridan izlash lozim.
Qarzdorlik nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni ham chigallashtiradi. Korxonaning jismoniy va huquqiy shaxslar bilan bо‘ladigan munosabatlari alohida olingan subyektlarning muammosi emas,balki butun iqtisod va jamiyatning ham muammosi hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuzaga kelish, muddatlarining chо‘zilishi, oqlanishi, himoyalanishi kabi masalalargadoimo muhim e’tibor qaratish lozim. Qarzdorlikning oshib ketishi о‘z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga, barqarorligiga, tо‘lovga qobilligiga ta’sir etadi. Natijada korxonaning yashovchanligi, hayotiyligi qiyinlashadi.