4-mavzu: Saf mashqlari Reja
4-mavzu: Saf mashqlari
Reja:
1.Saf mashqlari haqida umumiy tavsif
2.Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi
3.Saflanish va qayta saflanishlar
Tayanch so`z va iboralar Saf usullari,zich saf,qator,saf usullari,masofa,front, ketma- ket qator boshlovchi,ketma-ketorani ochish, yaqinlashtirish.
Saf mashqlari - bu shug’ullanuvchilaning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg’ulotni tashkil etish marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo’lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi. Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to’g’ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo’lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi. Saf mashqlari o’quv mussasalarida saf mashqlari turli xil o’lchamlardagi(12x24, 15x30 metr va h.k.) zallarda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarni tashkil etishda o’qituvchi va murabbiylar zalning tomoni va burchaklariga tayangan holda tashkil etadi.
Saf mashqlari to’rtta guruhga bo’linadi: 1.Saf usullari. 2.Saflanish va qayta saflanish. 3.Joydan - joyga ko’chish.
4.Orani ochish va yaqinlashtirish.
Saf - shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko’ra joylanishidir. Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar guruh o’qituvchisi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali bosh- qaradilar Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft keng- ligida (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qoi uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o’qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir. Qator-shug’ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi(128a-rasm). Oraliq - shug’ullanuvchilarning yonma-yon qatordagi orasi. Masofa - shug’ullanuvchilarning ketma-ket qatordagi orasi.
Ketma-ket qator- shug’ullanuvchilarni bir-biri orqasida tizilishi(128b-rasm). Boshlovchi-ketma-ket qatordan birinchi-boshida turgan talaba(o’quvchi). Oxirgi- ketma-ket qator oxirida turgan talaba(o’quvchi). Front-shug’ullanuvchilar safining old tomoni(qatorda). Ichkari-front teskarisi, yani orqa tomoni, 2-,3-,4-qatorlar. Qanot-safning chap yoki o’ng tomoni. Saf chuqurligi-ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi talaba(o’quvchi) orasidagi masofa. Saf kengligi-o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan masofa. Masofa-yonma-yon turgan shug’ullanuvchilar orasidagi masofa(ketma-ket qatorda).
129-rasm. Uch, to’rt qatorga yoyilish. 8.2.Saf usullari Saf usullari - turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlardan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati eng avvalo shundan iboratki, ular yordamida intizomlilik va uyushqoqlik tarbiyalanadi.
1. «Saflaning!» - bu buyruqqa ko’ra shug’ullanuvchilar safga turadilar(130-rasm).
2. «Rostlan!» - bu buymqqa ko’ra saf tik turish holatini qabul qiladi. U gimnastikada asosiy tik turish holatiga to’g’ri keladi. 3. «Tekislan!», «Chapga qarab tekislan!», «O’rtaga qara!». 4. «To’xta!»- bu buyruqqa ko’ra harakat (mashq) to’xtatiladi. 5.«Erkin» - bu buyruqqa ko’ra shug’ullanuvchilar turgan joylaridan jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo’shatib, erkin turadilar. 5. «O’ng (chap) oyoqda erkin tur!»- shug’ullanuvchi o’ng (chap) oyoqni o’ngga (chapga) bir qadam jildirib, gavda og’irligini ikkala oyoqqa taqsimlaydi va qo’llarini orqada tutadi. 6. «Tarqal!» - shug’ullanuvchilar safdan chiqib, zalda (maydonchada) erkin joylashadi. 7. «Tartib bo’yicha- Sana!», «Bir-ikkiga - sanang!», «Uchtalab (to’rt, besh va hokazo)- sanang!» va boshqalar. Hisob o’ng qanotdan boshlanadi. O’z raqamini aytayotgan shug’ullanuvchi ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi shug’ullanuvchiga qarab buradi va keyin dastlabki holatga qaytadi. Safni oxirida turuvchi bir qadam oldinga odimlab, «sanash tugadi» deb o’z joyiga turadi. Turgan joyda burilishlar (buyruqlar «O’ng-ga», «Chap-ga», «Ort-ga», «Yarim o’ng-ga») Ayrim hollarda buyruqlar topshiriqlar bilan almashtirilishi mumkin, biroq qayd etilgan mashqlar turgan joyda burilishlardan tashqari buyruqqa ko’ra ijro etilishi lozim.
Saflanish va qayta saflanishlar
Saflanishlarda o’qituvchi barcha o’quvchilarni ko’ra oladigan joyda turishi kerak. Saflanish - shug’ullanuvchilaning o’qituvchi buyrug’idan so’ng biron-bir safni qabul qilish uchun bajaradigan harakatlaridir. Mashg’ulot oldidan guruh qoida bo’yicha bir qator bo’lib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi. Saflanish uchun: «Bir (ikki, uch) qatorga - Saflaning!» buyrug’i beriladi. Buyruq berilishi bilan o’qituvchi yoki navbatchi old tomonga qarab «Saf tik turish» holatida turadi. Guruh uning chap tomonida saflanadi. Mashg’ulotga hozirlik to’g’risida raport berishdan oldin o’qituvchi (navbatchi) guruhni tekislaydi, uni sanatadi, keyin: «Rost-lan!», «O’ngga (chapga, o’rtaga)(131-rasm)- qara!»- buyrug’ini beradi.
131-rasm O’qituvchi ( navbatchi) o’qituvchiga ikki-uch qadam yetmasdan ( saf yurishi bilan) to’xtaydi va raport beradi: O’rtoq o’qituvchi! ___________________ Fakultetining __bosqich ____ guruh talabalari mashg’ulot o’tish uchun saflandi. Ro’yxat bo’yicha __nafar talaba, safda ___ nafar talaba. Keyin eng qisqa yo’l bilan o’qituvchi turgan tekislikka borib, safga yuz tomoni bilan turadi. o’qituvchi salomlashib, guruh javob qaytargandan so’ng navbatchi o’qituvchining «Erkin!» buyrug’ini takrorlaydi va safning o’ng qanotiga turadi. Saflanish va raport berish marosimini tantanaviy ruhda o’tkazish lozim. Bu muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, butun mashg’ulotni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Saflanish tugamagunga qadar o’qituvchi raport qabul qilishga tayyorlanmasligi, shuning bilan birga saflanish jarayoniga aralashmasligi zarur. Yo’l qo’yilgan kamchiliklarni keyinchalik muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o’qituvchining jiddiy munosabatda bo’lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi - qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatish lozim. Bir qatorga saflanish - «Bir (ikki, uch) qatorga - Saflan!»- buyrug’iga binoan bajariladi. Guruh O’qituvchi (navbatchi) ning orqasida saflanadi. Topshiriq bo’yicha qator, ketma- ket qator, doira va hokazo bo’lib saflanish. Masalan: «Doiraga turing!», «Ikki qatorga turing!». Qayta saflanish - bir safdan ikkinchi safga o’tish. Bir qatordan ikki qatorga saflanish (132-rasm). Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan keyin, «Ikki qatorga- saflan!» buyrug’i beriladi, bu buyruqqa ko’ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo’yadilar (hisob - «bir), o’ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o’ngga qo’yadilar (hisob - «ikki») va birinchi turganning orqasiga o’tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob- «uch»).
132-rasm Bir qatordan uch qatorga saflanish (133-rasm). Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Uch qatorga- saflan!». Bu buyruqqa ko’ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar birinchi raqamdagilar o’ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo’yadilar va o’ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o’tadilar. Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o’ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilaning oldiga o’tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga saflan!». Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda bajariladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |