Saf mashqlari
Reja:
1. Saflarning asosiy nomlari va uning
joylanishi
2. Saf usullari
3. Saflanish va qayta saflanishlar
4. Harakatlar
5. Orani ochish va yaqinlashtirish
1.1. Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi
Saf mashqlari - bu shug‗ullanuvchilarning ma‘lum
bir safda birgalikda
yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‗ulotni tashkil
etish marom va sur‘at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal
qilinadi, jamoa bo‗lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to‗g‗ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf
mashqlari aniq ijro etilishiga bo‗lgan
talabchanlik, intizomlilik va
uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to‗rtta guruhga bo‗linadi:
1. Saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanish.
3. Joydan - joyga ko‗chish.
4. Orani ochish va yaqinlashtirish.
Saf
-
shug‗ullanuvchilaming birgalikda
harakatlanishi
uchun belgilangan
qoidaga ko‗ra joylanishidir.
Mashg‗ulotda safni
o‗qituvchi va talabalar gumh xalfasi,
o‗quv
bo‗linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan
signal
bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi
Zich saf - shug‗ullanuvchilaming qatorda
bir-biridan kaft kengligida
(tirsaklar o‗rtasi) oralig‗ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga
uzatilgan qo‗l uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf -
shug‗ullanuvchilaming qatorda bir qadam yoki o‗qituvchi
belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir.