Bir qatordan ikki qatorga saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga»
sanab chiqilgandan keyin, «Ikki qatorga saflan!» buyrug‗i beriladi, bu buyruqqa
ko‗ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo‗yadilar (hisob -
«bir), o‗ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o‗ngga qo‗yadilar (hisob - «ikki»)
va birinchi turganning orqasiga o‗tgan holda chap
oyoqni juftlaydilar (hisob -
«uch»).
Bir qatordan uch qatorga saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan keyin
quyidagi buymq beriladi: «Uch qatorga- saflan!». Bu buyraqqa ko‗ra
ikkinchi
raqamdagilar joyida turadilar birinchi raqamdagilar o‗ng oyoq bilan bir qadam
orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo‗yadilar va o‗ng
oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilami orqasiga o‗tadilar. Uchinchi
raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‗ng oyoqni juftlamasdan
yonga qadamlaydilar
va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilaming oldiga
o‗tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyraq beriladi: «Bir
qatorga saflan!». Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda bajariladi.
Qatordan qirra bo‘lib qayta saflanish.
Guruhda dastlabki («6-3 joyda, 6—4-2- joyda» va hokazo) sanoq
o‗tkazilgandan so‗ng quyidagi buyraq beriladi: «Sanoq bo‗yicha - qadam bos!»
shug‗ullanuvchilar sanoq bo‗yicha zarur bo‗lgan
odimni tashlab, so‗ng
oyoqlarini juftlaydilar. O‗qituvchi birinchi qator to‗xtaguncha sanab turadi.
Sanoq «6-3 joyda» - deb sanalganda 7 gacha; «9-6-3 joyida» deb sanalganda 10
gacha olib boriladi.
Qayta saflash uchun quyidagi buyruq beriladi: « O‗z joyingga qadam
bos!», safdan chiqqanlaming hammasi orqaga burilib, o‗z joylariga qaytadilar,
joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.
O‗qituvchi
safga oxirgi qator turib, orqaga burilgunga qadar («bir»,
«ikki» deb) sanab turadi.
Qatordan bo‗linmalarning qanotini ilgarilab, ketma-ket qatorga saflash.
Dastlab uchtadan, to‗rttadan va hokazo
sanoqqa sanalgandan keyin, quyidagi
buyraq beriladi: «Bo‗linmalar 3-4 va hokazo qator boiib, chap (o‗ng)
yelkani
ilgarib yuring!».
Bu buyruqqa ko‗ra sanab chiqilgan boiinmalar tekislikni saqlagan holda
ketma-ket qator hosil boiganga qadar belgilangan qanot bilan ilgarilab
yuradilar. Ikkinchi buyruq: «Guruh - to ‗xta!»
Yana qayta saflanish uchun quyidagi buyruqlar beriladi:
1. «Ort-ga!»
2. «Bo ‘linmalar bir qatorga o ‘ng (chap) yelkani ilgarilab qadambos!»
3. «Guruh to ‘xta!»
So‗nggi buyraq shug‗ullanuvchilar
qatordagi o‗z
joylariga
yetganda.
Bir ketma- ket qatordan «qirra boiib» uch ketma- ket qatorga saflanish.
Uchtadan sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyraq beriladi. «Birinchilar ikki
(uch, to‗rt va hokazo) qadam o‗ngga, uchinchilar ikki ( uch to‗rt va ho kazo)
qadam chapga
«Qadam bos!».
Yana avvalgi holatga qayta saflanish uchun quyidagi buyruq berildi:
«O‗z joyingga qadam bos!» qayta saflanish juftlama qadam bilan bajariladi.
Yurib ketayotganda bir ketma-ket qatordan ikki,
uch vahokazo ketma-ket
qatorga burilib saflanish. Guruh chapga aylanib yurib ketayotganida quyidagicha
buyruq beriladi: «Ikki (uch, to‗rt va hokazo) qator bo‗lib, chapga ―Qadam bos‖!
Birinchi ikki (uch, to‗rt va hokazo) kishi burilgandan keyin, navbatdagilar o‗z
safining oxiridagi kishining buyrug‗i bilan birinchilar burilgan joydan buriladilar.
Keyinchalik orani yana qayta ochib o‗tirmaslik uchun shu yerning o‗zida oraliq va
masofa to‗g‗risida ko‗rsatma berish mumkin.
Yana avvalgicha saflanish uchun quyidagi buyruqlar berildi:
1 .«Bir ketma-ket qator bo ‗lib o ‗ng (chap)ga aylanib qadam bos!»
O‗rgatayotgan paytda bir necha shug‗ullanuvchini olib, taalluqli buyruqlar
beriladigan joylarda to‗xtatib, qayta saflanishni ko‗rsatish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: