uchraganda quyidagi buyruq beriladi: «Bir ketma-ket bo‗lib markazdan qadam-
bos!»
Buyruq:
«Doira
bo‗ylab-Qadam-bos!».
Ijro
buyrug‗i
zal
(maydoncha)ning o‗rtasidan beriladi, undan keyin doiraning hajmini belgilash
uchun shug‗ullanuvchilar orasidagi masofa aytiladi.
1.4. Harakatlar
Bu guruhga turli xil joydan - joyga ko‗chish bilan bog‗liq bo‗lgan
mashqlar
kiradi.
Shahdam qadam-oyoqni 15-20 sm balandlatib oldinga ko‗tariladi (oyoq
tagini gorizontal tutish va yerga butun yuzasini qattiq qo‗yish zarur), qo‗l
oldinga harakatlantirilganda beldan bir qarich balandga (tanadan ham bir qarich
uzoqlikka) ko‗tarib, tirsakdan bukiladi; qo‗l orqaga yo‗naltirilganda to‗ppa-
to‗g‗ri tutib, yelka boiagidan oxirigacha uzatiladi, panjalar yengil musht qilib
tutiladi.
Buyruq: «Shahdam Qadam-bos!».
Shahdam qadamning quyidagi turlari ham bor, unda qo‗l harakati katta
ko‗lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va
tanadan chetroqqa), oyoqlar bilan harakat xuddi shahdam qadamdagidek boiadi.
Shahdam qadamning bu turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilaming
tantanali o‗tishlarida keng qoilaniladi.
Oddiy qadam - saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan farq qiladi.
Buyruqlar:
a) «Yuring!». Har qanday harakat qilishda (hatto bir qadamga ham)
beriladigan buymq.
b) «Oddiy qadamlab Qadam - bos!». Yurishning, yugurishning bir
turidan boshqa turiga o‗tishda va harakat chogida bajariladigan mashq
tugagandan keyin oddiy yurishga o‗tish uchun beriladi:
Dostları ilə paylaş: