4-Mavzu: Umum ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limda o’q’itishni takomillashtirishda fizika o’q’itish metodikasining vazifalari
Fizika o’q’itish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoq’arashlari. Umumiy o’rta ta’lim tizimida fizika o’q’itish metodikasi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika o’q’itishning asosiy maq’sadlari.
Reja:
O’rta umumiy ta’lim tizimida fizika o’qitsh.
Mutaxassislashtirilgan maktablarda fizika o’qitishnirng asosiy maqsadlari.
Umumta’lim maktablari ushun o’quv rejalarini tuzish
Fizika o’qitishda o’quv malakalari hosil qilish
Tayanch tushunchalar:
Moddiy dunyoning turli-tuman predmet va hodisalarini o'rganish jarayonida inson ulaming mohiyatiga kira borib tushunchalar hosil qilib, ishni uni ta'riflashdan boshlamaydi. U ko'plab kuzatishlami, umumlashtirishni, qo'shish va tasavvurlami abstraksiyalash orqali, muhokama va xulosalaming uzun qatori orqali tushunchaning ta'rifiga keladi.
O'qitish jarayonida ham o'quvchilami asosiy tushunchalarga shunday olib kelish kerakki, ta'rifning tuzilishi, kim tomondan ko'rilgan fikrlash amallari (hodisa va predmet haqidagi tasavvurlami umumlashtirish, muhokama va xulosalar) bilan tayyorlangan bo'lishi, boshqa tomondan esa hodisa va predmetni to'laroq va har tomonlama o'rganishga, tushunchani boyitishga yo'l ochib berishi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, tushunchaning turli tomonlarini ifodalovchi bir necha ta'rifini ham berish mumkin. Masalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va deformatsiyalovchi sabab sifatida ta'riflash mumkin. Har ikkala ta'rif ham to'g'ridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususiyatlarini ifodalaydi (dinamik va statik ro'yobga chiqishini).
Ba'zi bir tushunchalaming to'g'ri va noto'g'ri ta'riflari bo'lib, ulami o'qituvchi qo'rqmasdan aytishi va bunday qarashlar orasida tortishuvlar bo'lgani, shu asosda fanning rivojlanish tarixi ko'rsatib boriladi.
Fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish o'quvchilarga bizning bilimimiz nisbiyligi va ulaming hodisa va predmetlaming mohiyatini (tabiatini) to'laroq va aniq ochib borishdagi harakatiningabsolyutligini tushinishlariga imkon beradi. Masalan, o'qituvchi atomni "bo'linmas" ligidan boshlab yadro modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish orqali bir tomondan "atom" tushunchasini shakllantirsa, ikkinchi tomondan o'quvchilar oldida inson fikrining qudratini va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi.
Fanning rivojlanish tarixi bilan tanishib borishning yana bir ahamiyati shundaki, o'quvchilar inson amaliyoti bi-limning haqiqiy mezoni ekanini tushunib yetadilar. Ular dunyoni o'rganadilar va u haqdagi bilimlarini shaxsiy amallarida sinab ko'radilar. Nazariyachilar atom modelini o’zlarining qiziqishlarini qondirish uchun emas, balki ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, tibbiyotni, ya'ni insonlaming ko'plab amaliy faoliyatlari tomonidan qo'yilgan pasalalami hal qilish uchun o'rganadilar. Uning (g'oyaning) to’g'ri yoki noto'g'riligini yana shu amaliy faoliyatlar tasvirlab beradi.
Bulardan ko'ramizki, o'quvchilar fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish orqali to'g'ri va noto'g'ri fikrlaming tug’lishi va ularorasidagi tortishuvlar bilan tanishadilar. Buni tushunchalarmi shakllantirishda, noto'g'ri fikrlarga tanqidiy ko'z bilan qarashga o'rgatishda, fikrlash qonunlarini va inson amaliyotining bilimlaming haqiqiylik mezoni ekanini o'zlashtirishda ahamiyati kattadir. O'quvchilar bu (fan tarixi) orqali inson amaliyotining juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rib boradilar va bar bir tushuncha, g'oya amalda tasdiqlangandan keyingina to'g'ri ta'riflanishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Tekshirilgan sodda ta'riflar tushunchaning keyingi shakllanish jarayonida umumlashgan keng ta'rifga aylanadi. Unda sodda ta'rifda berilgan bitta asosiy belgi emas, balki hodisaning bir necha asosiy belgilari o'z aksini topgan bo'ladi.
Biz yuqorida kuchning tezlanish yoki deformatsiya orqali tariflanishini aytgan edik. Umumiy ta'rifni ham tezlanish, ham deformatsiyalovchi sabab sifatida beramiz.
Umumiy ta'rif tushunchaning asosiy belgilarini xarakterlabgina qolmay, uni tushunchalar sistemasiga kiritish masalasini ham hal qiladi va tushunchalar orasidagi bog'lanishlami o’rnatadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiy bog'lanishlar moddiy dunyo hodisalari va predmetlari orasidagi umumiy bog'lanishlami aks ettiradi.
Tushunchaning boshqa tushunchalar bilan asosiy bog'lanishlarini o’rnatishda tushunchani mantiqiy umumlashtirish muhim rol o'ynaydi.
Tushunchalami shakllantirishda fikr yuqoriga va pastga yana pastdan yuqoriga harakat qiladi (xususiydan umumiygie yana umumiydan xususiyga).
Umumlashtirish, ya'ni berilgan bir tushunchadan umumiyroq tushunchaga o'tish bir ko'rinishda sodda amalga o'xshaydi. Gap shundaki, tushunchani umumlashtirish turlil yo'nalishlarda borishi mumkin. Tanlangan yo'nalishdan adashmasdan borish lozim.
Umumlashtirish jarayonini pog'onalarga (bosqichlarga) o'xshatish mumkin. Ulaming soni quyidan ham, yuqorida ham chegaralangandir. Quyi chegarasida berilgan predmete hodisa haqida ayrim tushunchalar turadi. Yuqori chegarada "predmet", "obyekt", "hodisa" kabi, ya'ni eng umumiy bog'lanish va aloqalami ochib beruvchi umumiy tushun-chalarga kategoriyalarga kelamiz.
Umumlashtirishda bar bir yangi, umumiyroq tushuncha bir necha sodda tushunchalami o'z ichiga oladi. M. "Mebel" tushunchasi "stul", "shkaf, "krovat" kabi tushunchalami o'z ichiga oladi.
Bundan ko'ramizki, bir umumiy tushuncha bir necha sodda tushunchalarga bo'linib ketadi. Bunday bo'linishlar bilan o'quvchilar o’quv yurtidaida tanishib boradilar. Masalan, hamma burchaklar o'tmas, o'tkir va to'g'ri burchak-larga bo'linishini, harakat to'g'ri chiziqli va egri chiziqlilarga bo'linishini biladilar. O'quvchilar eng soddadan murakkabgacha bo'lgan tasnif bilan tanishadilar. Buning asosida tushunchalaming umumlashtirilishi va bo'linishi yotadi.
O'quvchilarga qo'yiladigan savollar shunday bo'lishi kerakki, ular tavsiflanadigan hodisa va tushunchalaming belgilarini aniqlash, tavsiflashda tushunchalami umumlashtirish va bo'linishining asosida yotuvchi belgilami aniqlash fikrini uyg'otsin.
Masalan, "qaysi elementlar metallarga kiradi?" degan savol o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam bermaydi. Savollami quyidagi mazmunda berish maqsadga muvofiqdir: "Hodisalarni bir guruhga to'plash imkonini beruvchi umumiy belgilarini aytib bering", "Bir guruhni tashkil qilgan predmetlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?"
Har qanday ilmiy tavsiflash tushunchalaming maxsus bir sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemada tushunchaning o mini aniqlash uni shakillantirishning va shu sistemadagi boshqa tushunchalar bilan birga mustahkam o'zlashtirishning
asosiy shartidir.
O'quvchilar tushunchaning ta'rifmi yaxshi o'zlashtirishlari uchun bu tushuncha tarkibiga kiruvchi va ta'riflanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi sodda tushuncha ya'ni tushunchalar sistemasidagi tayanch tushunchalarini oldindan yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari lozim.
Umumiy tushunchani hamisha sodda va xususiy tushunchalar orqali to'la ochib berish amalda mumkin emas, lekin unga yaqinlashib borilaveradi.
Shunday qilib, fan asoslarini o'zlashtirishda avval sodda tayanch tushunchalar o'rganilib, keyin ulami o'z ichiga oladigan, ya'ni tayanch tushunchalar asosida ta'riflanadiganj kengroq tushunchalarga o'tib boriladi. Yuqori va quyi darajali tushunchalaming biridan ikkinchisiga o'tish kengaytirilgan ta'riflami tuzish orqali amalga oshiriladi.
Soddadan umumiyga o'tib boruvchi tushunchalar sistemasining asosini tashkil qiluvchi tayanch (sodda) tushunchalar hodisa va predmetlami aks ettiradi. Bu hodisa va predmetlardan o'quvchilar amaliy faoliyatlarida keng foydalanib boradilar, natijada ulaming mahoratlari va malakalari ortibj boradi. O'quvchining qat'iy faoliyati bilan tushunchaning birikishi natijasida nazariya bilan amaliyotning birligi muammosi yechiladi. Bu yerda fikr ishni jonlantiradi, ish esa, fikmi boyitadi. Masalan, o'quvchi fizika kursini o'rganishj jarayonida umumiy "harakat" tushunchasini o'rganadi. Masala yechish , laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida mexanik harakatning qat'iy faktlari (tushunchalari), ya'ni "harakat"ning sodda tushunchalari bilan ish ko'rib boradi. Bu sodda I tushunchalar o'quvchi faoliyatida amaliy ishlar (tezlik, trayektoriyani hisoblash, tajriba qo'yish, ...) bilan birikadi.il Shu bilan birga real qat'iy tasavvurlar singib boradi vae o'quvchi o'z amaliyotida harakat qonunlarining asosiyl g'oyalarini tekshirib boradi. Bu yerda o'qitishning eng muhimj masalasi, ya'ni o'qitishdagi nazariya bilan amaliyotning organik birligi yechiladi. Fikr, muhokama, xulosa va tushuncha, amaliyot, mahorat va malaka ish bilan uzviy birikib ketadi.
Aytilganlardan ko'ramizki, tushunchalami shakllantirishdagi o'qituvchi ishini ko'p hollarda quyidagicha bosqichlarda olib borish maqsadga muvofiqdir:
a) Kuzatishlami to 'plash va yangi tushuncha kiritishga asos yaratish. Yangi tushunchani o'rganishda zarur bo'lgae tushunchalami avval shakliantirish lozim. Masalan, 6- sinfda massa tushunchasini kiritish uchun avval mexanik harakat, tezlik, jismlaming o'zaro ta'siri haqidagi tushunchalami kiritish lozim.
b) O'quvchilar ongida yangi tushunchani ta 'minlovchi qat 'iy sharoitni tanlash va uning ilmiy tahlili. Tasavvur tushunchaga aylanishi uchun o'quvchi to'plagan dalillar va kuzatishlami mantiqan solishtirib, undan xulosalar chiqara olsinlar.
d) O'rganilayolgan hodisaning tahlili va uning boshqa hodisalar bilan bog'lanishi. Bu bosqichda avval o'quvchilar to-monidan hodisani so'z bilan aniq tasvirlab berishlariga erish-moq lozim. Keyin hodisani tasvirlovchi kattaliklar kiritilib, ulami o'lchash usullari ko'rib o'tiladi. Kiritilgan kattalik matematik amallar bajarish orqali o'quvchilarga ma'lum bo'lgan kattaliklar bilan ifodalanadi. Uni o'lchash usuli va o'lchov asboblari bilan o'quvchilar tanishtiriladi.
g) Hodisani ta'riflash. O'rganilayotgan hodisaning xos-salarini xarakterlovchi sifat va miqdoriy tomonlari o'rganilgandan keyin u haqdagi tushuncha so'z bilan ta'riflanadi. Bunda sodda ta'riflardan (tushunchalardan) kengroq ta'riflanadigan tushunchalarga o'tib boriladi.
f)Tushunchani rivojlantirish va aniqlashtirish. Tushunchani aniqlashtirish umumlashtirishni yuqori darajada ta'minlaydi, ya'ni tushunchani boshqa tushunchalar bilan bog'lanishini va uning qo'llanish chegarasini,... aniqlab beradi. Bu vaqtda aniq fikr predmet haqidagi chuqur va mazmunli bilimga aylanadi; u abstrakt bilimdan ustun bo'ladi, chunki u hodisaning turli asosiy tomonlarini va ulaming bog'lanishini aks ettiradi, predmetni ko'p tomondan o'rganishni o'z ichiga oladi.
Fizik tushunchalami shakllantirishda o'quvchilarlaming fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish katta ahamiyatga ega. Buni amalga oshirishda mashqlarva laboratoriya ishlarini bajarish lat muhim ahamiyatga ega.
Fizik tushunchalami shakllantirishning yuqorida aytib o’tilgan bosqichlari hamma vaqt ham o'sha tartibda va hammasi to'la bajarilavermaydi. Ba'zi tushunchalami o'rganishda bosqichlar tartibi o'zgarishi ham mumkin.
Endi tushunchalami shakllantirishni umumiy holda yuqoridagi bosqichlar bo'yicha amalga oshirishga misollar ko'rib chiqaylik.
1. 8-sinfda elektr toki haqidagi tushunchani shakllantirish. Elektr tokini bevosita kuzatib bo'lmaydi, faqat uningj ta'sirlarini ko'rish mumkin. Shuning uchun uni o'xshatishe (suv, neft, gazlar trubada oqishiga) va tajriba (kondensatordagi elektr maydonida zaryadlangan sharchaning harakati) orqali zaryadlangan zarralaming yo'nalishli (tarliblj harakatidan iborat ekanini tushuntiramiz. O'quvchilami oldin elektr maydon haqidagi tushunchalariga asoslangan hole da o'tkazgichda elektr toki hosil qilish uchun unda elektij maydon hosil qilish zarurligi aytib o'tiladi.
8-sinf o'quvchilari hali potensiallar ayirmasi, elektrora gazining zichligi haqidagi tushunchalar bilan tanishj bo'lmaganlari uchun elektr maydon tokni hosil qilishda tok; manbalarining roliga to'xtalamiz. Tok manbalari turli xil bo'lishi, ulaming hammasida musbat va manfiy zaryad zarralami ajratib yuborish uchun ish bajarilishi natijasidaj qutblar orasida elektr maydon hosil bo'lishi ko'rsatib o'tiladil Shu bilan chetki kuchlar haqidagi tushunchani shakllantiJ rishga asos yaratiladi, chetki kuchlar Kulon kuchiga nisbatan chetki bo'lib, ular zaryadli zarralaming ajralib ketishida manba bajaradigan ishini ta'minlaydi.
O'qituvchi zaryadli zarralaming ajralib ketish jarayonidal mexanik, kimyoviy, ichki yoki biror boshqa tur energiya ning elektr energiyasiga aylanishini tajribada ko'rsatib o'tadi (m: termopara uchlarini galvanometrga ulab, bitta kavshanl langan uchini qizdirsak galvanometr strelkasi buriladi. Fotoelementni galvanometrga ulab, yorug'Iik bilan ta'sir qilganimizda ham galvanometr strelkasi buriladi).
Keyin elektr tokining vujudga kelishi issiqlik, kimyoviB va mexanik ta'sir ekani aytib o'tiladi. Galvanometming islfl lash prinsipigaqisqacha to'xtalib, uning yordamida tokningjj yo'nalishi tushuntiriladi.
Yuqoridagi kabi boshlang'ich ishlami olib borgandan keyin o'qituvchi elektr tokining miqdoriy xarakteristikasini berishga o'tadi (I= ) va uning birligini beradi. Tok kuchining birligi parallel toklafning o'zaro ta'siriga asosan berilib, keyin zaryad miqdorining birligi beriladi (1kl =1 A∙1 s).
Shundan keyin o'qituvchi elektr tokining miqdoriy xarakteristikasi haqidagi o'quvchilamingbilimlarini chuqur-lashtiradi. Buning uchun masalalar yechiladi, ampermetr-ning ishlash prinsipi va unda tok kuchini o'lchash o'rganila-di. Oxirida elektr zanjirini yig'ishga va uning turli qismlarida-gi tok kuchini o'lchashga oid laboratoriya ishi bajariladi.
Tok haqidagi tushunchani shakllantirishga 4-5 soat vaqt ajratilgan bo'lib, u o'quvchilaming turli mustaqil ishlarini o'z ichiga oladi: darslik va asboblar bilan ishlash, masala yechish va boshqa ishlar.
Fizika tushunchalaming shakllanganlik darajasini, kamchiliklarini, uni bartaraf qilish yo'llarini har bir fizika o'qituvchisi yaxshi bilmog'i lozim. Shulami qisqacha ko'rib chiqaylik.
O'quvchilar ongida fizik tushunchalaming qanday darajada shakllanganligini aniqlashning asosiy mezonlari quyidagilardir:
- tushunchalaming asosiy belgilarini bilish, ulaming ta'riflarini erkin shakllantirish;
- tuslumchaning boshqa tushunchalar bilan bog'lanishini vaaloqasini bilish;
- tushunchaning muhim belgilarini ikkinchi darajali belgilaridan ajrata olish qobiliyatiga ega bo'lish;
- tushunchani unga biror belgisi bilan o'xshash bo'lgan tushunchalardan ajrata olish mahoratiga ega bo'lish;
- tushunchani turli xil fikrlashga va amaliyotda qo'llashga oid masalalar yechish ga qo'llay olish mahoratiga ega bo'lish bu o'quvchi ongida tushunchani umumlashtirishni va o’zlashtirishni ma'lum darajada ifodalaydi).
Tushunchalami va ular bilan turli amallar bajarish mahoratini o'zlashtirishni to'rt darajaga ajratish mumkin.
Birinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchalami bir-biridan ajratadiyu, lekin ulaming asosiy belgilarini ko'rsatib bera olmaydi va tushunchani masala yechish ga qo'llay olmaydi.
Ikkinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchaning belgilarini ko'rsata oladi, eng sodda masalalami yechadi, lekin asosiy va ikkinchi darajali belgilarini bir-biridan ajrata olmaydi.
Uchinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchaning asosiy belgilarini biladi, ular bilan turli amallami bajara oladi (masalalar yechadi), lekin unda bilim umumlashma-gan, bilim va uning qo'llanishlarini yangi vaziyatlarda ko'ra olmaydi (tatbiq eta olmaydi).
To'rtinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchaning asosiy belgilarini biladi, bu haqdagi bilimi umumlash-gan bo'ladi, uni yangi vaziyatlarga tatbiq qila oladi.
Tushunchalami shakllantirishda o'quvchilaming bu haq-da avvaldan bo'lgan hayotiy tasavvurlarini to'g'rilab borish katta ahamiyatga ega. O'quvchilar atrof borliq haqida turli tushunchalarga ega bo'ladilar. Ulaming bir qismi ilmiy tu-shuncha bilan mos tushsa, bir qismi butunlay teskari bo'lishi mumkin. Oxirgi holda o'quvchilaming hayotiy tasavvurlarini qayta ko'rishga to'g'ri keladi.
Ilmiy va hayotiy tushunchalaming farqlanishi ko'pincha hayotda qo'llaniladigan so'zlaming tushuncha mazmuniga mos tushmasligidan kelib chiqadi. Masalan, ishni fiziologik tushuncha kabi qarab, uni odamning charchashi bilan bog'laydi. Haroratni ham fiziologik tushuncha kabi qarab, bir yerda tur-gan temimi sovuq, yog'ochni issiq deb ko'rsatadi, vaholonki ulaming har ikkisining ham harorati bir xil. Hayotiy tasavvurlar juda ko'p takrorlanib, o'quvchilar ongiga singib ketgan. Shuning uchun uni to'g'rilash muhim uslubiy masaladir.
O'quvchilaming noto'g'ri tasavvurlarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh noto'g'ri tasavvurlar shundayki, unda o'quvchi faktlarni kuzatish orqali noto'g'ri umumlashtirishlar qiladi. Masalan, suv doim 100°C da qaynaydi degan xulosaga keladi. Ikkinchi guruh noto'g'ri tasavvurlar shundayki, unda o'quvchilar ba'zi faktlarni mustaqil ravishda tushunib yetmaydilar. Masalan, ular o'zgarmas kuch ta'sirida jism tekis harakat qiladi deb ishqalanish kuchini e'tibordan chetda qoldiradilar. Noto'g'ri tasavvurlami tushuntirish uchun ulami ilmiy tasavvurlar bilan solishtirib muammoli vaziyat hosil qilish va ilmiy tasavvurlaming to'g'ri ekanini ko'rsatish eng yaxshi samarali uslubdir. Masalan, tashqi bosimni pasaytirsak, suyuqlikning qaynash haroratining pasayishini tajribada osongina ko'rsata olamiz.
Tushunchalar harakatchandir. Fanning rivojlanishi va bilimlaming chuqurlashishi natijasida ba'zi tushunchalar aniqlashadi, yuqoriroq abstrakt darajaga ko'tariladi (masalan, massa, yadro strukturasi,...), ba'zi tushunchalar esa yo'qoladi (teplorod, magnit massasi,...), lekin ularga bog'liq bo'lgan atamalar qoladi (issiqlik sig'imi, magnit qutblari,...). Bu o'qituvchidan atamalami va fizik kattaliklarning birliklari nomini tushuntirishda maxsus e'tibomi talab qiladi.
Tushunchani shakllantirishning muhim bosqichi ulami ta'riflashdir. Tushunchaning ta'rifi fanda borliqni bilishning natijasidir.
Ta'rifning maqsadi tushunchaga taaluqli bo'lgan asosiy va umumiylami yagona ta'rifga birlashtirishdir.
Mantiqda ta'rif tushunchaning eng yaqin belgisi bilan ko'rinib turgan belgilari orasidagi bog'lanishni o’rnatishdan borat deb tushuniladi. Masalan, "ko'chishni shu ko'chish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanadigan va harakat holatini ifodalovchi vektor kattalik tezlik deyiladi". Bu yerda fizik kattalik (atama) - tezlik, eng yaqin belgisi (jism)-vektor kattalik, ko'rinib turgan belgisi, o'lchash usuli -harakat holatini ifodalashi va ko'chishning shu ko'chish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanishi.
3.O'quvchilaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi ulaming fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning tarkibiy qismidir. Fizika o'quv predmeti sifatida o'quvchilaming ijodiy qobiliyatJarini rivojlantirishda keng imkoniyatlarga egadir. V.G. Razumovskiy fizikada ilmiy ijodning fizik elementlarini sikl ko'rinishida tasavvur qilish mumkinligini ko'rsatadi. Sikl asosan quyidagichadir: faktlarni umumlashtirish - abstrakt model qurish (gipotezani ta'riflash)- nazariy xulosalar chiqarish - xulosalami tajribada sinab ko'rish.
Yangi materialni o'rganishda siklning turli bo'g'inlaridan foydalanishda turlicha uslublar qo'llanilishi mumkin.
Siklik prinsipning qo'llanilishini gazlaming xossalarini o'rganish misolida ko'rib chiqaylik.
Boshlang'ich tushunchalar: gaz o'zi turgan idishni to'la egallaydi, u siqiladi, kengayadi va diffuziyalanadi (diffuziyani tajribada ko'rsatamiz).
Model gipoteza: eksperimental faktlarga asosan gaz doim tartibsiz harakatda bo'lgan mayda elastik sharchalardan, molekulalardan tashkil topgan, deb tasavvur qilishimiz mumkin. Gazning bu modeli gaz bosimining mavjudligini tushuntirish va uni gaz parametrlari orqali hisoblashga imkon beradi. Agar gaz V hajmli idishda bo'lsa, undagi molekulalar soni - N ni, bitta molekulaning massasi m ni va Uning o'rtacha tezligi “ ” ni bilgan holda gazning idish devorlariga beradigan bosimini hisoblash mumkin:
(1) yoki (2)
Mantiqiy xulosa: (2) formuladan ko'ramizki, agar gaz molekulalarining o'rtacha kinetik energiyasi o'zgarmasa, berilgan massali gaz bosimining hajmiga ko'paytmasi o'zgarmaydi, ya'ni PV= const.
Tajribada tekshirish: olingan natija Boyl-Mariott qonuni bo'lib, tajribalar asosida keltirib chiqarilgan. Darsda gazning temperaturasi va massasi o'zgarmas bo'lganda bosimi bilan hajmi orasidagi bog'lanishni aniqlovchi tajribani qidiruv rejasi asosida qo'yish mumkin.
Quyidagicha masalalami ham berish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot ko'rinishidagi masalalar:
1. Gorizontal joylashgan diskning chekkasida shayba tinch holatda turibdi. Disk burchak tezligi asta-sekin ortib boradigan qilib aylanma harakatga keltiriladi. Shunday payt keladiki, shayba diskdan sirpanib chiqib ketadi. Nima uchun shayba sirpanib chiqib ketishi tushuntirilsin.
2. Avtomobilni tortmasdan, faqat ballonlarini tekshirish bilan Uning og'irligini qanday qilib aniqlash mumkin?
Konstruktorlik ko'rinishidagi masalalar:
1. Voltmetmi qanday qilib ommetrga o'zgartirish mumkin? Sxemasi chizilsin. Hisob ishlari bajarilsin va asbob yig'ilsin. Ommetming bo'limi qiymati topilsin.
2. Erkin tushayotgan jismning yo'l graflgini avtomatik y-zish uchun asbob loyihalansin.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda:
a) O'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasidagi muomala katta rol o'ynaydi, ko'proq suhbat uslubida ish olib borish yaxshidir, tortishuvlar bo'ladi ...
b) O'qituvchi bir guruh o'quvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishi ham yaxshi natija beradi.
d) Ijodiy xarakterdagi laboratoriya ishlarini o'tkazish ham maqsadga muvofiqdir.
O'quvchilaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mashqlar, masalalar, uy vazifalari va kuzatishlari, referat 'navzulari tayyorlab ulami bajarishga tavsiya qilib borish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |